1. Kiritish iteratorlar (input_iterator) tenglik, nomini o‘zgartirish va inkrementa operatsiyalarni qo‘llaydi.
==, !=, *i, ++i, i++, *i++
Kiritish iteratsiyasining maxsus xolati istream_iterator iborat.
2. Chiqarish iteratorlar (output_iterator) o‘zlashtirish operatorning chap tarafidan imkon bo‘lgan isimning o‘zgartirish va inkrementa operatsiyalar qo‘llanadi.
++i, i++, *i=t, *i++=t
Chiqarish iteratsiyasining maxsus xolati ostream_iterator.
3. Bitta yo‘nalishdagi iteratorlar (forward_iterator) kiritish/chiqarish operatsiyalarning barchasini qo‘llaydi, bundan tashqari chegarasiz o‘zlashtirishning imkonini beradi.
==, !=, =, *i, ++i, i++, *i++
4. Ikki yo‘nalishdagi iteratorlar (biderectional_iterator) forward-iteratorlarning barcha xususiyatlariga ega, bundan tashqari, konteynerni ikkita yo‘nalishi bo‘yicha o‘tish imkonini beradigan qo‘shimcha dekrementa (--i, i--, *i--) operatsiyasiga ega.
5. Ixtiyoriy ruxsatga ega bo‘lgan iteratorlar (random_access_iterator) biderectional-iteratorlarning barcha xususiyatlariga ega, bundan tashqari solishtirish va manzil arifmetikasi operatsiyalarni qo‘llaydi.
i+=n, i+n, i-=n, i-n, i1-i2, i[n], i1i2, i1>=i2
Shuningdek, STLda teskari iteratorlar (reverse iterators) qo‘llaniladi. Ketma-ketlikni teskari yo‘nalishda o‘tuvchi ikki yo‘nalishli yoki ixtiyoriy ruxsatga ega bo‘lgan iteratorlar teskari iteratoralar bo‘lishi mumkin.
Xotirani taqsimlovchilar, predikatlar va solishtirish funksiyalari Konteynerlarga, algoritmlarga va STLdagi iteratorlarga qo‘shimcha bir nechta standart komponentalar xam qo‘llaniladi. Ulardan asoslari esa xotira taqsimlovchilar, predikatlar,va solishtirish funksiyalaridir.
Xar bir konteynerda uning uchun aniqlangan va konteyner uchun xotirani belgilash jarayonini boshqaradigan xotira taqsimlovchisi (allocator) mavjud.
Ko‘rsatilmagan xolda esa xotira taqsimlovchisi allocator sinf ob’ektidir. Xususiy taqsimlovchini tavsiflash mumkin.
Ba’zi bir algoritmlar va konteynerlarda muxim tipdagi predikat ataluvchi funksiyalar ishlatiladi. Predikatlar unar va binar bo‘lishi mumkin. U yoki bu qiymatni olish aniq shartlari dasturchi orqali aniqlanadi. Unar predikatlarning tipi – UnPred, binar predikatlarning esa - BinPred. Argumentlar tipi konteynerda saqlanuvchi ob’ektlar tipiga mos.
Ikkita elementlarni solishtirish uchun binar predikatlarning maxsus tipi aniqlangan. U solishtirish funksiya (comparison function) deyiladi. Agarda birinchi element ikinchidan kichik bo‘lsa, unda funksiya rost qiymatni qaytaradi. Comp tip funksiya tipidir. STL da ob’ekt-funksiyalar o‘ziga xos axamiyatga ega.
Ob’ekt-funksiyalar – bu sinfda «kichik qavslar» () operatsiyasi aniqlangan sinf nusxalari. Ba’zi bir xollarda funksiyalarni ob’ekt-funksiyalarga almashtirish qulay deb xisoblanadi. Ob’ekt-funksiya funksiya sifatida ishlatilsa, unda uni chaqirish uchun operator () operator ishlatiladi.
Vector-vektor konteynerlari STL da vector vektor dinamik massiv sifatida aniqlanadi. Massiv elementlariga indeks orqali ruxsat beriladi.
vector sinfida quyidagi konstruktorlar aniqlangan:
Birinchi shakl bo‘sh vektor konstruktorini tavsiflaydi.
Konstruktor vektorning ikkinchi shaklida elementlar soni – bu son, xar bir elementi esa qiymat qiymatiga teng. Qiymat parametri ko‘rsatilmagan xoldagi qiymat bo‘lishi mumkin.
Konstruktor vektorning uchinchi shakli – bu nusxalash konstruktori.
To‘rtinchi shakli – bosh va oxirgi iteratorlar orqali elementlar diapazonini o‘z ichiga olgan konstruktor vektor.
Vektorda saqlanadigan ixtiyoriy ob’ekt uchun ko‘rsatilmagan xolda konstruktor aniqlash zarur. Bundan tashqari, ob’ekt uchun < va == operatorlar aniqlanishi lozim.
Vektor sinfi uchun quyidagi solishtirish operatorlari mavjud:
==, <, <=, !=, >, >=.
Bundan tashqari, vector sinf uchun [] indeks operatori aniqlangan.
Ikki yo‘nalishli tartib (Deque) deque – vektor kabi, ixtiyoriy ruxsat iteratorlarni qo‘llovchi ketma-ketlik ko‘rinishi. Bundan tashqari, u o‘zgarmas vaqtda boshida yoki oxirida kiritish va ochirish operatsiyalarni qo‘llaydi. O‘rtada kiritish va o‘chirish chiziqli vaqtni egallaydi. Xotirani boshqarishiga ishlov berish esa vektorlar kabi avtomatik ravishda bajariladi.
Ruyxat(List) Ro’yxat – ikki yo‘nalishli iteratorlarni qo‘llaydigan xamda kiritish va o‘chirish operatsiyalarni o‘zgarmas vaqtda ketma-ketlikni ixtiyoriy joyida bajaradigan, shuningdek, xotirani boshqarishiga avtomatik ravishda ishlov beruvchi ketma-ketlik ko‘rinishi. Vektorlar va ikkitarafli tartiblardan farqi shundaki elementlar ro‘yxatiga tez va ixtiyoriy ro‘xsat qo‘llanmaydi, lekin ko‘pgina algoritmlarga esa ketma-ketlik ruxsat zarur.