Korrupsiya haqida qiziqarli malumoit



Yüklə 50 Kb.
səhifə5/7
tarix02.01.2022
ölçüsü50 Kb.
#40738
1   2   3   4   5   6   7
Korrupsiya haqida qiziqarli malumoit

Niderlandiya tajribasi

Niderlandiyada ham bu illatga qarshi kurashish uchun qator choralar ishlab chiqilgan. Pora bilan qo'lga tushgan amaldorga keyinchalik davlat tashkilotlarida ishlash taqiqlanadi, u barcha ijtimoiy imtiyoz va kafolatlardan mahrum etiladi.

Ehtimoliy poraxo'r amal kursisini egallamasligi uchun kadrlar tanlashning maxsus tizimi tashkil etilgan. Bundan tashqari, yirik muassasalarda mansabdorlar o'z vakolatlarini suiiste'mol qilishlarining oldini olish uchun ularni kuzatib turadigan alohida ichki xavfsizlik tizimi mavjud.

Mamlakatda OAVga poraxo'rlik holati bilan bog'liq voqealarni keng yoritishga va surishtiruvlar o'tkazishga ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, poraxo'rlik illati hech qachon soya solmagan mansabdorlar va o'z hamkasblarining xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilayotgani haqida xabar berganlar moddiy rag'batlantiriladi.

AQSH tajribasi

Qo'shma Shtatlarda ham korrupsiyaga qarshi kurashga alohida e'tibor qaratilgan: poraxo'rlik olingan poraning uch baravari miqdoridagi jarima, ayrim hollarda esa 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

Qonunchilikka ko'ra, banklar rahbarlarining ularning faoliyatini tekshiruvchi nazoratchilarga pul "sovg'a" qilishlari taqiqlangan bo'lib, buning uchun ularni jinoiy javobgarlik kutadi. Xuddi shunday javobgarlik tekshiruvchilar uchun ham taalluqli.

Mansabdor biror shaxsdan muammosini ijobiy hal qilib berish uchun sovg'a olsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Davlat idoralari xodimlari mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish holatlari sezilganida tegishli organlarga xabar berishlari shart. Bundan tashqari, davlat xizmatchilari topgan daromadlari haqida deklaratsiya to'ldirishga majbur.




Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin