) 1. Ko‘rsatkichlar haqida. 2. Ko‘rsatkichlarni e’lon qilish. 3. Ko‘rsatkichlar ustida amallar. 4. Ko‘rsatkichlar va massivlar. 5. Funksiyaga ko‘rsatkich.
Ko‘rsatkichlar. Ko‘rsatkich - xotira uyasining unikal adresini saqlaydigan o‘zgaruvchi. Ko‘rsatkich operativ xotiradagi biron-bir o‘zgaruvchi mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan biron-bir joyni belgilaydi. Ko‘rsatkichlarning qiymatlarini o‘zgartirish, turli variantlarda qo‘llash mumkinki, bu dasturning moslashuvchanligini oshiradi.
Ko‘rsatkich odatda tipga ega bo‘lib quyidagicha e’lon qilinadi:
*= Misol uchun:
int *pr;
char *alfa;
Bu holda ko‘rsatkichlar noaniq qiymatga ega bo‘ladi. Ko‘rsatkichlar ta’riflanganda ularning tiplari ko‘rsatilishi shart. Ko‘rsatkichlarni initsializatsiya kilish ya’ni boshlang‘ich qiymatlarini kiritish mumkin. Ma’lum turdagi biron-bir o‘zgaruvchi adresi yoki NULL qiymat dastlabki qiymat bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatkichlarga boshlang‘ich maxsus NULL qiymati berilsa bunday ko‘rsatkich bo‘sh ko‘rsatkich deb ataladi.
Biron-bir o‘zgaruvchi adresini olish hamda uni ko‘rsatkichga qiymat sifatida berish uchun «&» operatori qo‘llanadi.
Misol:
int I=100;
int*p=&I;
unsigned longint *ul=NULL;
Teskari operator - «*» bo‘lib, ko‘rsatkichda saqlanayotgan adres bo‘yicha uya qiymatiga murojaat qilish imkonini beradi.
Misol:
int I=100;
int*p=&I
int J=*p;
Ilova tushunchasi. Ilova (ssыlka) – ilova ta’rifirda ko‘rsatilgan ob’ekt nomining sinonimi.
Ilovani e’lon qilish shakli
tur & ism =ism_ob’ekt;
Misollar:
int x; // o‘zgaruvchining aniqlash
int& sx=x; //x o‘zgaruvchiga iqtibosni aniqlash
const char & CR='\n'; //konstantaga iqtibosni aniqlash
Ilovalar bilan ishlash qoidalari.
1) O‘zgaruvchi ilova, agar u funksiya parametri bo‘lmasa, extern sifatida tavsiflanmagan bo‘lsa yoki sinf maydoniga ilova qilmasa, o‘ziga tavsif berilayotganda ochiq-oydin nomlanishi kerak.
2) Nomlangandan so‘ng, ilovaga boshqa qiymat berilishi mumkin emas.
3) Ilovalarga ko‘rsatkichlar, ilovalar massivlari va ilovalarga ilovalar bo‘lishi mumkin emas.
4) Ilova ustida o‘tkazilgan operatsiya o‘zi ilova qilayotgan qiymatning o‘zgarishiga olib keladi
Ko‘rsatkichlar ustida o‘tkaziladigan operatsiyalar. Ko‘rsatkichlar ustida unar operatsiyalar bajarish mumkin: inkrement va dekrement ++ va -- operatsiyalarini bajarishda, ko‘rsatkich qiymati ko‘rsatkich murojaat qilgan tur uzunligiga ko‘payadi yoki kamayadi.
Misol:
int*ptr, a[10];
ptr=&a[5];
ptr++; */ = a[6]*/ elementining adresiga
ptr--; */ = a[5]*/ elementining adresiga
Qo‘shish va ayirish binar operatsiyalarida ko‘rsatkich va int turining qiymati ishtirok etishi mumkin. Bu operatsiya natijasida ko‘rsatkich qiymati dastlabkisidan ko‘rsatilgan elementlar soniga ko‘proq yoki kamroq bo‘ladi.
Misol:
int*ptr1, *ptr2, a[10];
int i=2;
ptr1=a+(i+4); /* = a[6]*/ elementining adresiga
ptr2=ptr1-i; /* = a[4]*/ elementining adresiga
Ayirish operatsiyasida bitta turga mansub bo‘lgan ikkita ko‘rsatkich ishtirok etishi mumkin. Operatsiya natijasi int turiga ega hamda kamayuvchi va ayiruvchi o‘rtasidagi dastlabki tur elementlarining soniga teng, bundan tashqari agar birinchi adres kichikroq bo‘lsa, u holda natija manfiy qiymatga ega bo‘ladi.
Misol:
int *ptr1, *ptr2, a[10];
int i;
ptr1=a+4;
ptr2=a+9;
i=ptr1-ptr2; /*=5 */
i=ptr1-ptr2; /*=-5 */
Bir turga taalluqli bo‘lgan ikkita ko‘rsatkich qiymatlarini ==, !=, <, <=, >, >= amallari yordamida o‘zaro qiyoslash mumkin. Bunda ko‘rsatkichlarning qiymatlari shunchaki butun sonlar sifatida olib qaraladi, qiyoslash natijasi esa 0 (yolg‘on) yoki 1 (rost) ga teng bo‘ladi.
Misol:
int *ptr1, *ptr2, a[10];
ptr1=a+5;
ptr2=a+7;
if(ptr1>ptr2) a[3]=4;
Bu misolda ptr1 ning qiymati ptr2 ning qiymatidan kamroq, shuning uchun a[3]=4 operatori bajarilmay qoladi.
Konstanta ko‘rsatkich va konstantaga ko‘rsatkichlar. Konstanta ko‘rsatkich quyidagicha ta’riflanadi:
* const= Misol uchun: char* const key_byte=(char*)0x0417.
Bu misolda konstanta ko‘rsatkich klaviatura xolatini ko‘rsatuvchi bayt bilan boglangandir.
Konstanta ko‘rsatkich qiymatini o‘zgartirish mumkin emas lekin * amali yordamida xotiradagi ma’lumot qiymatini o‘zgartirish mumkin. Misol uchun *key_byte=’YO’ amali 1047(0x0417) adres qiymati bilan birga klaviatura xolatini ham o‘zgartiradi.
Konstantaga ko‘rsatkich quyidagicha ta’riflanadi:
const*=.
Misol uchun const int zero=0; int const* p=&zero;
Bu ko‘rsatkichga * amalini qo‘llash mumkin emas, lekin ko‘rsatkichning qiymatini o‘zgartirish mumkin. Qiymati o‘zgarmaydigan konstantaga ko‘rsatkichlar quyidagicha kiritiladi:
const* const=.
Misol uchun
const float pi=3.141593; float const* const pp=π
Turlashtirilmagan ko‘rsatkich. Turlashtirilmagan (tipiklashtirilmagan) ko‘rsatkich void turga ega bo‘lib, ixtiyoriy turdagi o‘zgaruvchi adresi qiymat sifatida berilishi mumkin.
Maxsus void tipidagi ko‘rsatkichlar ajdodiy ko‘rsatkichlar deb atalib har xil tipdagi ob’ektlar bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.
Misol uchun:
int I=77;
float Euler=2.18282;
void *vp;
Vp=&I;
cout<< (*(int*)vp;
Vp=&Euler;
cout<< (*(float*)vp;
Quyidagi operatorlar ketma ketligi xatolikka olib keladi:
void *vp;int *ip; ip=vp;
Bu xatolik sababi bitta ob’ektga har xil tipdagi ko‘rsatkichlar bilan murojaat kilish mumkin emas.
Ko‘rsatkchlar funksiya parametri sifatida. Ko‘rsatkichlar yordamida parametr qiymatini o‘zgartirish mumkin.
Misol uchun turtburchak yuzi va perimetrini berilgan tomonlari bo‘yicha hisoblash funksiyasini quyidagicha tasvirlash mumkin.
void pr(float a,float b, float* s, float* p)
{
*p=2(a+b);
*s= a*b;
}
Bu funksiyaga quyidagicha murojaat kilinishi mumkin pr(a,b,&p,&s). Funksiyaga p va s o‘zgaruvchilarning adreslari uzatiladi. Funksiya tanasida shu adreslar bo‘yicha 2*(a+b) va a*b qiymatlar yoziladi.
Ko‘rsatkichlar o‘rniga ilovalardan foydalanish dasturning o‘qilishini yaxshilaydi, chunki bu o‘rinda adres bo‘yicha qiymat olish operatsiyasini qo‘llamasa ham bo‘ladi. Qiymat bo‘yicha uzatish o‘rniga ilovalardan foydalanish samaraliroq hamdir, chunki parametrlarni nusxalashni talab qilmaydi. Agar funksiya ichida parametrning o‘zgarishini taqiqlash lozim bo‘lib qolsa, bu holda const modifikatori qo‘llanadi. Bu modifikatorni funksiyada o‘zgarishi ko‘zda tutilmagan barcha parametrlar oldidan qo‘yish tafsiya qilinadi (undagi qaysi parametrlar o‘zgaradiyu, qaysilari o‘zgarmasligi sarlavhadan ko‘rinib turadi).
Ko‘rsatkich va massiv nomi. Massivlar nomi dasturda konstanta ko‘rsatkichdir. SHuning uchun ham int z[4] massiv elementiga *(z+4) shaklda murojaat kilish mumkin.
Massivlar bilan ishlanganda kavslarsiz ishlash mumkin.
Massivlarni funksiyalar parametrlari sifatida. Massivlar funksiyaga turidagi bir o‘lchamli massivlar sifatida yoki ko‘rsatkichlar sifatida uzatilishi mumkin. Masalan satrlar funksiyaga char turidagi bir o‘lchamli massivlar sifatida yoki char* turidagi ko‘rsatkichlar sifatida uzatilishi mumkin. Oddiy massivlardan farqli o‘laroq, funksiyada satr uzunligi ko‘rsatilmaydi, chunki satr oxirida satr oxiri \0 belgisi bor.
Misol: Berilgan belgini satrda qidirish funksiyasi
int find(char *s,char c)
{
for (int i=0;iif(s[i]==c) return i;
return –1
}
Massiv funksiya qiymati sifatida. Massiv qiymat qaytaruvchi funksiya ta’rifi:
float *sum_vec(int n,float a,float b)
{
float d[n];
for(int i=0;ireturn d;
}
Bu funksiyaga quyidagicha murojaat kilish mumkin:
float a[]={1,-1.5,-2},b[]={-5.2,1.3,-4};
float c[]=sum_vec(3,a,b);
Ko‘p o‘lchamli massivlar va ko‘rsatkichlar. C++ da massivning eng umumiy tushunchasi - bu ko‘rsatkichdir, bunda har xil turdagi ko‘rstakich bo‘lishi mumkin, ya’ni massiv har qanday turdagi elementlarga, shu jumladan, massiv bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlarga ham ega bo‘lishi mumkin. O‘z tarkibida boshqa massivlarga ham ega bo‘lgan massiv ko‘p o‘lchamli hisoblanadi.
Bunday massivlarni e’lon qilishda kompyuter xotirasida bir nechta turli xildagi ob’ekt yaratiladi.
Ko‘rsatkichlar massivlari. Ko‘rsatkichlar massivlari quyidagicha ta’riflanadi
*[]
Misol uchun int *pt[6] ta’rif int tipidagi ob’ektlarga olti elementli massivni kiritadi.
Ko‘rsatkichlar massivlari satrlar masssivlarini tasvirlash uchun qulaydir.
Misol uchun familiyalar ro‘yxatini kiritish uchun ikki o‘lchovli massivdan foydalani kerak.
char fam[][20]={ "Olimov","Raximov","Ergashev"}
Xotirada 60 elementdan iborat bo‘ladi, chunki har bir familiya 20 gacha 0 lar bilan to‘ldiriladi.
Ko‘rsatkichlar massivi yordamida bu massivni quyidagicha ta’riflash mumkin.
char *pf[]= { "Olimov","Raximov","Ergashev"}.
Bu holda ro‘yxat xotirada 23 elementdan iborat bo‘ladi, chunki har bir familiya oxiriga 0 belgisi kuyiladi
Har xil chegarali jadvallar bilan funksiyalardan foydalanishning bir yuli bu oldindan kiritiluvchi konstantalardan foydalanishdir. Lekin asosiy yuli ko‘rsatkichlar massivlaridan foydalanish.
Bir o‘lchovli dinamik massivlar. C++tilida o‘zgaruvchilar yo statik tarzda - kompilyasiya paytida, yoki standart kutubxonadan funksiyalarni chaqirib olish yo‘li bilan dinamik tarzda - dasturni bajarish paytida joylashtirilishi mumkin. Asosiy farq ushbu usullarni qo‘llashda ko‘rinadi - ularning samaradorligi va moslashuvchanligida. Statik joylashtirish samaraliroq, chunki bunda xotirani ajratish dastur bajarilishidan oldin sodir bo‘ladi. Biroq bu usulning moslashuvchanligi ancha past, chunki bunda biz joylashtirilayotgan ob’ektning turi va o‘lchamlarini avvaldan bilishimiz kerak bo‘ladi. Masalan, matniy faylning ichidagisini satrlarning statik massivida joylashtirish qiyin: avvaldan uning o‘lchamlarini bilish kerak bo‘ladi. Noma’lum sonli elementlarni oldindan saqlash va ishlov berish kerak bo‘lgan masalalar odatda xotiraning dinamik ajratilishini talab qiladi.
Xotirani dinamik va statik ajratish o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagicha:
Ø statik ob’ektlar nomlangan o‘zgaruvchilar bilan belgilanadi, hamda ushbu ob’ektlar o‘rtasidagi amallar to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ularning nomlaridan foydalangan holda, amalga oshiriladi. Dinamik ob’ektlar o‘z shaxsiy otlariga ega bo‘lmaydi, va ular ustidagi amallar bilvosita, ko‘rsatkichlar yordamida, amalga oshiriladi;
Ø statik ob’ektlar uchun xotirani ajratish va bo‘shatish kompilyator tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Dasturchi bu haqda o‘zi qayg‘urishi kerak emas. Statik ob’ektlar uchun xotirani ajratish va bo‘shatish to‘laligicha dasturchi zimmasiga yuklatiladi. Bu anchayin qiyin masala va uni echishda xatoga yo‘l qo‘yish oson.
Dinamik tarzda ajratilayotgan xotira ustida turli xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun new va delete operatorlari xizmat qiladi.
Ma’lum bir turdagi elementlardan tashkil topgan berilgan o‘lchamlardagi massivga xotira ajratish uchun new operatoridan foydalanish lozim:
int *pia=new int[4];
Bu misolda xotira int turidagi to‘rtta elementdan iborat massivga xotira ajratiladi. Afsuski, new operatorining bu shakli massiv elementlarini nomlantirish (initsiallashtirish) imkonini bermaydi.
Dinamik massivni bo‘shatish uchun delete operatoridan foydalanish lozim:
delete[] pia;
Agar ajratilgan xotirani bo‘shatish esdan chiqqudek bo‘lsa, bu xotira bekordan-bekorga sarflana boshlaydi, foydalanilmay qoladi, biroq, agar uning ko‘rsatkichi o‘z qiymatini o‘zgartirgan bo‘lsa, uni tizimga qaytarish mumkin emas. Bu hodisa xotiraning yo‘qotilishi (utechka pamyati) degan maxsus nom bilan ataladi. Pirovard natijada dastur xotira etishmagani tufayli avariya holatida tugallanadi (agar u ancha vaqt ishlayversa).
Ikki o‘lchovli dinamik massivlar. Matritsani shakllantirishda oldin bir o‘lchovli massivlarga ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar massivi uchun xotira ajratiladi, keyin esa parametrlissiklda bir o‘lchovli massivlarga xotira ajratiladi.
Misol:
int n;
cin>>n;
double *matr[100];
for (i=0;iXotirani bo‘shatish uchun bir o‘lchovli massivlarni bo‘shattiruvchissiklni bajarish zarur.
for(int i=0;idelete matr[i];
Funksiyalarni chaqirishda foydalanish. C++ tili sintaksisiga ko‘ra funksiyaga ko‘rsatkich funksiya adresini aks ettiruvchi o‘zgaruvchi yoki ifodadir. Funksiyaga ko‘rsatkich bajariluvchi qiymati funksiya kodining birinchi bayti adresidir. Funksiyaga ko‘rsatkichlar ustida arifmetik amallar bajarish mumkin emas. Eng keng qo‘llanuvchi funksiyaga konstanta ko‘rsatkich funksiyaning nomidir. Funksiyaga o‘zgaruvchi ko‘rsatkich funksiya ta’rifi va prototipidan aloxida kiritiladi. Funksiyaga o‘zgaruvchi ko‘rsatkich quyidagicha tasvirlanadi:
(* ko‘rsatkich nomi)(parametrlar spetsifikatsiyasi).
Misol uchun int (*point) (void).
Bu ta’rifda qavslar muxim ahamiyatga ega, chunki qavslar yozilmasa bu ta’rif parametrsiz funksiya prototipi deb karaladi. Funksiyaga o‘zgaruvchi ko‘rsatkich qiymatlari sifatida, bir xil tipga ega bo‘lgan har xil funksiyalar adreslarini berilishi mumkin.
Qiymati biror funksiya adresiga teng bo‘lgan funksiyaga o‘zgaruvchi ko‘rsatkich shu funksiyaga murojaat kilish uchun ishlatilishi mumkin.
Dasturda funksiyaga kostanta ko‘rsatkich ya’ni nomlari orqali va o‘zgaruvchi ko‘rsatkichlar yordamida murojaat qilishning hamma usullari ko‘rsatilgandir. SHuni ta’kidlash lozimki adres olish * amali qo‘llanilganda qavslar ishlatish shartdir.
Funksiyaga o‘zgaruvchi ko‘rsatkich ta’riflanganda insializatsiya qilish, ya’ni boshlang‘ich qiymat sifatida o‘zgaruvchi ko‘rsatkich bilan bir xil tipga ega bo‘lgan funksiya adresini ko‘rsatish mumkin. Misol uchun:
int fic (char);
int (*pfic) (char)=fic;
Funksiyalarga ilovalar. Funkiyaga ko‘rsatkich qanday aniqlansa funksiyaga ilova ham xuddi shunday aniqlanadi:
funksiya_turi(&ilova_nomi)(parametrlar)nomlantiruvchi_ifoda;
Misol:
int(&fret)(float,int)=f;// ilovani aniqlash
Funksiya nomini parametrlarsiz va qavslarsiz qo‘llash funksiya adresi sifatida qabul qilinadi. Funksiyaga ilova funksiya nomining sinonimi bo‘ladi. Funksiyaga ilovaning qiymatini o‘zgartirib bo‘lmaydi, shuning uchun ko‘p o‘rinda funksiyaga ilovalar emas, funksiyaga ko‘rsatkichlar qo‘llanadi.
Funksiyaga ko‘rsatkichlar parametr sifatida. Funksiyaga ko‘rsatkichlarlarni funksiyalarga parametr sifatida uzatish mumkin.
Ushbu maqolada biz havola va ko’rsatkichlar, ular qanday ishlaydi va nega kerak, C++ dasturlash tilida qiymatlar qanday qilib xotiraga yoziladi, shu va shunga o’xshash masalalar haqida gaplashamiz.
(!) Maqolaning telegra.ph da nusxasi mavjud(link)
Agar siz python tiliga qiziqsangiz, o’rganayotgan bo’lsangiz pythonda o’zgaruvchilar xotirada joylashishi haqida FutureDreams tomonidan yozilgan yaxshi bir maqolani o’qishni tavsiya qilaman: https://telegra.ph/Pythonda-dinamika-va-ozgaruvchilar-asosiy-tushunchalar-09-05 Maqola hajmini saqlash uchun kodlarda iostream kutubxonasini yuklash va std dan foydalanish qoldirib ketilgan bo’lishi mumkin, kodni sinayotganda shuni ham e’tiborga olishingizni so’rardim.
O’qish jarayonida sizdan ba’zi boshlang’ich bilimlar, xususan obyektga yo’naltirilgan dasturlash(OOP)dagi ba’zi tushunchalar talab etiladi.
Ko’pchilik C++ ni o’rganayotganlar aynan shu mavzuga kelganda hafsalalari pir bo’ladi. Yoki shunchaki bu mavzuga sayoz qarab, aylanib o’tib ketishlari mumkin. Hatto bu mavzu kimlarnidir C++ ni o’rganishlarini shunchaki to’xtatib qo’yishgacha olib kelgan.
I’m still confused with it! source: https://www.reddit.com/r/ProgrammerHumor/comments/at58sy/point_me_towards_the_exit_please/ Men ham C++ ni endi o’rganayotgan paytlarim ko’rsatkichlar bilan ishlashga tushunmaganman, tashqaridan qaraganda o’zgaruvchilarni oddiy e’lon qilish va dinamik e’lon qilishda deyarli farq yo’qdek edi, men ham yozgan kodlarimda dinamik obyektlardan foydalanmasdim. Chunki mavzu yuzasidan menda yaxshi tushuncha shakllanmagandi, o’zbek tilida yozilgan men o’qigan adabiyotlardagi ma’lumotlar ham meni qoniqtirmasdi. Ko’rsatkichlar nega kerakligi haqida bilmasdim. Keyinroq bular haqida oz-ozdan ma’lumot izlab o’rgana boshladim(hozir ham o’rganyapman), bilganlarimni sizlar bilan imkon qadar bo’lishishga harakat qilaman. Qani yaxshilab o’rnashib, IDE larni sozlab oling, xotira bilan ishlash olamiga kichik sayohat uyushtiramiz :)