2.3. Kasb – hunar kollejlarida pedagogik diagnostika darajalari va tamoyillari Tashxis deganda avvalo, ob'ektning ahvolini aniqlash va belgilash nazarda tutiladi. Biz tibbiy, psixologik va pedagogik tashxis kabi tushunchalar bilan luch kelganmiz. Lekin ijtimoiy pedagogikada ijtimoiy pedagogik tashxis jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ijtimoiy pedagogik tashxis - bu pedagogik faktorlarning samaradorligini oshirish maqsadida sotsiologik, ekologik va ijtimoiy - psixologik faktorlarning sotsiumga xamda xar bir shaxsga ta'sir ko‘rsatishi xakidagi axborotlar majmui kabi bilish jarayonining tashkiliy qismidir. Ijtimoiy pedagogning tashxis ob'ekti - ijtimoiy mikromuhit bilan munosabati tizimida bolaning shaxs sifatida rivojlanishi va ijtimoiylashuvi jarayonidir. Ijtimoiy pedagogik tashxis orqali mikromuxitning ijtimoiy psixologik tavsifi, oila tarbiyasi va pedagogik jarayonlar shaxsining individual - psixologik tavsifi o’rganiladi.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlarining Respublikamiz mustaqillligi yillarida amalga oshirilayotgan islohotlarning hosilasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi 203 sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan.
Markaz o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda ularning qobiliyati va moyilliklarini aniqlaydi. U bolani 6 yoshdan boshlab, ta’limning kollej bosqichiga psixologik, jismoniy va aqliy rivojlanganligini hisobga olgan holda tayyorligini belgilaydi. Iqtidorli bolalarni kashf qilish, o’quvchilarni har yili tibbiy-pedagogik tekshiruvdan o’tkazish, ota-onalarga bolalarni o’qitish, tarbiyalashkasb-hunarga ilmiy jihatdan to’g’ri yo’nalishlar berishga yordamlashish kabi muhim vazifalar ham markaz faoliyatiga kiradi. Shu asosda o’quvchilarning ijtimoiy moslashuvlalrini to’g’ri tashkil etish, kollej bitiruvhcilarini akademik litsey, KXK larga oqilona yo’llash kabi masalalarni pedagogik va tibbiyot nuqtai nazaridan to’g’ri hal qilib berish ishlari amalga oshiriladi. Mazkur markaz iqtidorli bolalarni izlab topish, ularning iste’dodini shakllantirish masalasida Respublika Iste’dod markazi bilan uzviy hamkorlik qiladi, salomatligi yaxshi bo’lmagan bolalarning sog’lig’ini tiklash maqsadida tibbiyot markazlariga yo’naltiradi. Bunday markazlar tuman (Shahar) xalq ta’limi bo’limlari tarkibida faoliyat ko’rsatadi.
Bir so’z bilan aytganda, tashxis markazlari hozirgacha barcha umumiy o’rta ta’lim muassasalarining dolzarb muammolarini: bolalarning kelajagini ilmiy-va tahliliy asoslarda to’g’ri tashkil etish, ularning qobiliyat va imkoniyatlariga, salomatligiga mos o’quv, kasb-hunar shaklini to’g’ri belgilashga yordam beradi, kollejgacha ta’lim yoshidagi bolalarni kollej bosqichiga psixologik, ijtimoiy va aqliy jihatdan nechogli tayyor ekanligini aniqlashtiradi. Ayni paytda iqtdorli bolalarni izlab topish, ularning iste’dod qirralarini rivojlantirishni ta’minlaydi. Aynan manashu markazlarda o’quvchilarni pedagogik jihatdan diagnostika qilish quyidagi metodlarga asoslanadi.
Pedagogik diagnostika-kuzatuv metodi- Pedagogik diagnostikada kuzatuv uslubi o`quvchining o`qishga munosabatini, mas’uliyatini, bilimga intilishini aniqlaydi. Tabiiyki, o`quvchidagi bunday xislatlarni belgilashda uning harakteri, xulqi, butun ijtimoiy jihatlariga katta ahamiyat beriladi. CHunki o`quvchining bilim va ko`nikmalarini attestatsiya qilishda shaxsiy, oilaviy, ahloqiy ko`rsatkichlari muhim rol o`ynaydi.
Pedagogik diagnostikada so`roqlash metodi- mazkur uslub pedagogik diagnostikada qadim-qadimdan qo`llanib kelinadi. U deyarli o`qish, o`qitish jarayoni boshlangandan buyon mavjud. Agar diagnostikaning kuzatish usulida bolaning axloqiy-ma’naviy tamoyillari, qiziqishi, munosabati, fikrlash doirasi o`rganilgan bo`lsa, suhbat, savol-javob ko`proq axborot to`plash imkoniyatini beradi. Bunda u yoki bu shaxs to`g`risida ob’ektiv yoki sub’ektiv ma’lumot olish imkoniyati mavjud.
Pedagogik diagnostikaning test metodi- odatda tekshiruvchi tomonidan amalga oshirilgan barcha nazorat shakl va uslublari ham testga kiradi. Test pedagogik diagnostika metodlari orasida eng qulay hisoblanib, u har jihatdan sifatli ma’lumot berishi bilan ajralib turadi. Test sinovi muntazam takomillashib boradi. Unga turli bosqichlarda turlicha ta’rif berib kelingan. Masalan, nemis olimi Linert «Test shaxsning turli holatlarini, shaxsiy xususiyat, imkoniyat va qobiliyatini aniqlovchi ilmiy metoddir» deb ta’riflaydi.
Test usuli chinakamiga pedagogik diagnostika metodi bo`lib, u o`quv jarayonining pirovard natijasini ob’ektiv aniqlab berishga qodir mezondir. U doimo tahlil asosiga ko`rilib, aynan shu xususiyatiga ko`ra, pedagogik jarayon natijalarining takomillashib borishiga yordam beradi. Ayni paytda testlar ta’limiy xulosalar bilan birga, texnologik vaziyatni, istiqbolni, harakat yo`nalishini ham belgilab beradi. SHunga ko`ra testlar quyidagilarga bo`linadi:
1. Ta’limiy muvaffaqiyatlarni aniqlaydigan test;
2. SHaxs taraqqiyoti va uning imkoniyatlarini belgilaydigan test;
3. Intellektni aniqlovchi test;
4. Umumiy natijani belgilaydigan test;
5. Muayyan hududda, kollejda u yoki bu fanni o`qitish samaradorligini ko`rsatuvchi test;
6. Professional kasbga moyillik layoqatini, shaxsning funktsional imkoniyatlarini aniqlovchi test;
7. SHaxs psixologiyasini ochib beruvchi test;
8. SHaxsning yo`naltirilganligini belgilovchi test;
9. SHaxsning qiziqishi, moyilligini aniqlab, shu sohani takomillashtirishga yordam beruvchi test;
10. Klinik test va h. k.[Nishonova]
Yuqorida bayon etilganidek, test ham baholash, ham pedagogik diagnostika hisoblanadi. O`quvchilar bilimini bu usulda baholash 1930 yilda boshlangan. Lekin keyingi paytlarda u keng joriy qilinmoqda. Istiqbolda o`quvchilar bilimini baholashda test, reyting tizimi ustuvor bo`lib qoladi. 5 ballik baholash tizimi o`quvchini har tomonlama baholashga noqulayligi uchun, undan voz kechish fikridamiz. Test imkoniyatlarini bayon etishni davom ettiramiz.
Amaliyotda o`zlashtirishga qaratilgan testlar tobora ko`proq o`rin olib bormoqda. Ular quyidagilar:
- muayyan predmetni o`zlashtirishga qaratilgan testlar;
- o`zbek tilini o`zlashtirishga qaratilgan testlar;
- chiroyli yozuvni belgilashga yo`naltirilgan testlar;
- o`qish tezligi va texnikasini baholovchi testlar;
- so`z boyligini aniqlovchi testlar;
- bolaning rivojlanishini va kollejga tayyorligini aniqlovchi testlar;
- bolaning intellektual faoliyatini aniqlashga qaratilgan testlar;
- bolaning didaktik ko`nikma va malakasini belgilovchi testlar va h. k.
Oli Kyuforker kollejda amalga oshiriladigan testni 3 ko`rinishga bo`ladi. Ular quyidagilar:
a) o`zlashtirishni muayyan bir davr ichida aniqlovchi test (masalan, turli sertifikatlar olish uchun topshirilgan test);
b) o`quv qo`llanmasining ma’lum bir qismi, bo`limi, bobda olingan axborotlarni qay darajada o`zlashtirilganligini aniqlovchi test;
v) o`quv dasturi yoki darslikdagi bir qism mashg`ulotlar o`tkazilgandan keyingi o`quvchi o`zlashtirishidagi yutuq va nuqson tamoyillarini aniqlash testi.[30.b.6]
Pedagogik diagnostikada amal qilayotgan test sinovlari hududiy diagnostikani yo`lga qo`yishda ham katta imkoniyat va qulayliklarga ega.
Pedagogik diagnostikani ta’lim sohasining istalgan sohasini tahlil qilishda ham joriy etish mumkin. Masalan, Xalq ta’limi vazirligi xalq ta’limining hududiy boshqarma va bo`limlari faoliyatini uzoq yillardan beri 15 yo`nalish bo`yicha aniq tahlil etib bormoqda. Tahlil natijalari esa har qanday baxs va munozaralardan holidir. Tarbiyachi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. SHu boisdan hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kasb tanlash motivlari, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni, balki bo‘lg’usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish mutlaqo zarur ekanligi ta’kidlanadi. Respublikamizda o‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos etnopsixologik fazilatlari, hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo‘llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Pedagogik tashxis vositasida o‘quvchining tarbiya ko‘rganligini aniqlash - bu o‘qituvchi tomonidan shaxslararo munosabatlar tizimida amalga oshiriladigan o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari va sifatlarining shakllanganlik darajasini belgilash jarayonidir. Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda tarbiya ko‘rganlikni aniqlash muammosi pedagogik tashxis etishning yangi yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, nazariy jihatdan ishlab chiqish bosqichi hisoblanadi.
Tarbiya ko‘rganlik darajasini aniqlash jarayonining asosiy xususiyatlari pedagogika va psixologiyada, shuningdek boshqa fanlarda ishlab chiqiladigan maxsus metodlar tizimini qo‘llash natijasida belgilanadi. Bir qator pedagog olimlar ularni uch guruhga birlashtiradilar: ommaviy, an’anaviy va diagnostik metodlar.
Ommaviy metod sifatida dialektikaning asosiy qonuniyatlari — miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tish, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor etish qonuniyatlaridan foydalaniladi.
Tarbiya ko‘rganlikni aniqlashning an’anaviy metodini amalga oshirish yanada aniq natijalarni olishga imkoniyat yaratadi, ularning ichida kuzatish uslubi birmuncha maqbul hisoblanadi. Ushbu metod insonning shaxsiy sohasi xususiyatlarini, ularning tabiiy (ilmiy, o‘yinli, kasbiy faoliyat va boshqalar) shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini tahlil qilish asosida o‘rganib chiqish tushuniladi.
XULOSA Hozirgi kunda pedagogik tashxis faol shakllanayotgan pedagogik fanlar tizimiga mansub. Shuning uchun undan har kim o’z qiziqishi va o’rganadigan sohasiga mos ravishda foydalanadi. Ayrim tadqiqotchilar pedagogik tashxisni pedagogikaga doir jarayon va muammolarni yoritish, ularning ta’sirchanligini aniqlash va o’quvchilarning o’zlashtirishini yaxshilash, har bir kishining ma’lumot olish imkoniyatini belgilash vositasi sifatida qarasalar, boshqalar pedagogik tashxisni o’quv-biluv jarayonini rejalashtirish va bu borada kishilarga maslahat berish tarzida ham talqin qiladilar. Pedagogik tashxisni keng ma’noda: o’quv jarayoni, o’qituvchilar va o’quvchilar faoliyatini tahlil qilish, yutuq va kamchiliklarni aniqlash hamda ma’lum o’zgartirishlar kiritish vositasi sifatida qarash o’tgan XX asrning 90 yillarida respublikamiz ta’lim tizimida keng qo’llanilgan edi.
Pedagogik tashxis – pedagogik jarayonlarni bilish instrumenti sifatida bilish nazariyasining xususiy bir ko’rinishi hisoblanadi. Shuning uchun uni gnoseologiya (bilish nazariyasi) bilan tenglashtirish ham mumkin emas.
Pedagogik tashxisga xos xususiyat – ta’lim-tarbiya jarayonining har bir bosqichi va bo’g’ini hamda o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlari, individual farqlarini aniqlashdan iborat. Bunda har bir aniq jarayon uchun xos xususiyatlar, ularning mezonlarini aniqlash alohida yoki bir guruh kishilar uchun umumiy bo’lishi ham mumkin.
O’quvchilarning o’zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
- o’quv dasturi asosida mavzu va bulimni o’rganishda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;
- har bir yakunlangan mavzu bo’yicha o’quvchilarning faoliyati to’g’risida xulosa chiqarish;
- o’rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini baholamaslik;
- o’quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha o’quv yilidagi statistik o’zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish.