Lotin amerikasi mamlakatlarining mustaqillikka erishishi Reja: Lotin amerikasi mamlakatlari


kkinchi jahon urushining Lotin Amerikasi davlatlari uchun oqibatlari



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə2/4
tarix13.06.2023
ölçüsü121,5 Kb.
#129689
1   2   3   4
Lotin amerikasi mamlakatlarining mustaqillikka erishishi

kkinchi jahon urushining Lotin Amerikasi davlatlari uchun oqibatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ikkinchi jahon urushi Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiy taraqqiyotining yuksalishiga katta ta’sir koʻrsatdi. Buning sababi — urush tufayli bu mintaqa davlatlari xomashyosiga boʻlgan talabning yanada oshib ketganligida edi. Talabning oshishi, tabiiyki, xomashyo mahsulotlarining xarid narxini ham koʻtarib yubordi. Ayni paytda bu davlatlarning sanoati ham tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Bu esa, oʻz navbatida, milliy sanoat mulkdorlari kuchayishiga olib keldi. Ikkinchidan, urush G'arbiy Yevropa davlatlarining Lotin Amerikasidagi mavqeini pasaytirib yubordi. Bu esa, oʻz navbatida, mintaqada AQSH ta’sirining kuchayishiga olib keldi. Mintaqa davlatlari iqtisodiyoti AQSH monopoliyalari ta’siriga tushib qoldi. Chunonchi, AQSH bu mintaqa davlatlari iqtisodiyotiga 100 mlrd. dollar miqdorida sarmoya kiritgan. Bu — boshqa barcha davlatlar kiritgan sarmoyadan 20 baravar koʻp edi. Mintaqada AQSH ning harbiy-siyosiy mavqei ham kuchayib bordi. Urush yillarida AQSH bu mintaqada 90 dan ortiq harbiy-havo va harbiy-dengiz baza (qarorgohlar) tashkil etishga erishdi. Bundan tashqari, AQSH Lotin Amerikasi davlatlariga turli xil mazmundagi iqtisodiy, siyosiy va harbiy shartnomalarni qabul qildira oldi.

Xaritada Lotin Amerikasi
Taraqqiyot yo'llarining tanlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mintaqa davlatlarida jamiyat taraqqiyoti yoʻli xususida uch katta siyosiy guruh oʻrtasida shiddatli kurash bordi. Bu — taraqqiyotning konservatorlik, milliy islohotchilik va inqilobiy yo'llari tarafdorlari oʻrtasidagi kurash edi. Konservatorlik yoʻli mavjud holatning saqlanishidan manfaatdor kuchlar yoʻli edi. Konservatorlik latifundiyachilikning saqlanib qolishi uchun har qanday o'zgarishga qarshi jon-jahdi bilan kurashar edi. Latifundiyachilik Lotin Amerikasi asriy qoloqligining tub sababi boʻlib keldi. Biroq ikkinchi jahon urushidan soʻng latifundiyachilikning qulashi muqarrar boʻlib qoldi. Bunga, birinchidan, dehqonlar kurashi ta’sirida hukumatning agrar islohot o'tkazishga majbur boʻlganligi, ikkinchidan, milliy sanoatning gurkirab rivojlanishi, uchinchidan esa, kuchli demografik «oʻzgarish» yuz berganligi sabab boʻldi.
Demografik o'zgarish qishloq aholisini shaharga ketishga majbur etdi. Natijada ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardayoq shahar aholisining soni qishloq aholisining sonidan oshib ketdi. Ayni paytda siyosiy hayotning markazi ham shaharga koʻchdi. Lotin Amerikasi davlatlari oldida endi taraqqiyotning qolgan ikki muqobil yoʻli turar edi. Mintaqa davlatlarining aksariyati milliy islohotchilik yoʻlini tanladi.

Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin