Katta chittak – Purus major L.
O„rta Osiyoda uchraydigan chittaklarning eng
kattasi, uning kattaligi dala chumchuqlarining
kattaligichadir.
Rangi
o„zgaruvchan.
Yelka
tomondagi patlari sariq-yashil, qorin tomoni sariq
yoki yelkasi havorang-kulrang, qorin tomoni oqish,
boshining usti va qorin tomoni o„rtasi qora, dum
patlarining chekkasi oqish. Bu qushlar O„rta
Osiyoda qariyb daraxtsimon o„simliklar bo„lgan
hamma joyda uchraydi. Eski, kovak yoriqlariga ega
bo„lgan daraxtli bog„lar bularning sevgan joyi. Yangi yosh bog„lardan qochadi,
shuning uchun bunday joylarga "skvorechniklar" qilib qo„yish kerak. Erta bahor
mart oylaridan o„z juftlarini topib, daraxt kovaklariga quruq barg, hashaklardan
uya quradi. Uyasiga o„ntagacha tuxum qo„yadi. Urg„ochilari tuxum bosadi,
tuxumdan chiqqan bolalarini 16-17 kun uyalarida boqadi, so„ngra uchirma qilib
chiqib uyalari atrofida olib yuradi. Bolalari mustaqil hayotga o„tishi bilan qayta
tuxum qo„ya boshlaydi. Kuzda uncha ko„p bo„lmagan galalar hosil qilishi mumkin.
Daraxt shoxlarida hatto daraxt barglarida chaqqonlik bilan harakat qiladi. Xilma
xil hasharotlarni, kapalak va ularinng qurtlari, qish oylarida esa o„simlik donlari
bilan ovqatlanadi. Bola boqish davrida kapalaklarni qurtini ko„plab ovlab,
o„rmonchilikka katta foyda keltiradi. Sun‟iy uyalarga oson ko„nikadigan
qushlardan.
Dostları ilə paylaş: |