Internet manbalari:
O‘zbekistonda ijtimoiy ish rasmiy sayti: http://socialwork.uz/
http://www.opsi.gov.uk/acts/acts2004/20040033.htm
http://www.justitie.nl/english/publications/factsheets/same-sex_marriages.asp
http://en.wikipedia.org/
http://www.kleo.ru/items/family/unisex_families.shtml
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
“IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI
“BOLALAR VA YOSHLARNI IJTIMOIY HIMOYASI VA TA’MINOTI”
fanidan
MA’RUZA MATNI
Tuzuvchi: Tangirova M.U.
1-mavzu. Bolalar va yoshlarn iijtimoiy himoyalash va farovonligini taminlash amaliyoti (4 soat)
.
Ijtimoiy himoya - keng ma`noda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta`minlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui; tor ma`noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli ta`minlanmagani tufayli yordamga, ko’makka muhtoj fuqarolar to’g’risidagi g’amxo’rligi.
Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining to’xtovsiz yaxshilanishini ta`minlash, aholi qat-lamlarining ta`lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta`minlashga yordam berishdan ibo-rat.
Ijtimoiy himoyaning asosiy yo’nalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat ko’rsatishni ta`minlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, o’qish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning o’z iqtisodiy faoliyatida daromadga ega bo’lishi; is-te`molchilar himoyasi, iste`molchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, iste`mol kafolatini ta`minlash; aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish; ijtimoiy ta`minot tizimi va aholining muhtoj, kam ta`minlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
Rivojlangan demokratik jamiyatda ijtimoiy himoya vazifalarini bajarishni davlat o’z zimmasiga oladi. "Ijtimoiy himoya" tushunchasi birinchi marta 1935 y.da AQShning "Ijtimoiy xavfsizlik bo’yicha qonun" ida qo’llanilgan, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan. AQSH, Kanada, Shveysariya kabi mamlakatlarda Ijtimoiy himoya ning ko’pgina muammolari hal etilgan, lekin yechimini topmagan muammolari ham juda ko’p. Shunga qaramay, bu mamlakatlar tajribalaridan foydalanish ahamiyatlidir.
Turli mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya tizimi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, demokratik taraqqiyot va uning aholi manfaatiga muvofikligi, ijtimoiy siyosat darajasi, ijtimoiy ta`minot tizimi kabi omillarga bog’liq holda amal qiladi.
O’zbekistonda Id. tizimi 20-asrning 20-y.laridan boshlab shakllana boshladi. 90-y.larga kelib, bozor iqtiso-diyotiga o’tish asosida amaldagi islohotlarga mos ravishda yangidan shakllandi. Ayniqsa, milliylik, o’zlikni anglash, e`tiqod va an`analarning tiklanishi Ijtimoiy himoya tizimiga muhim yangilik bo’lib qo’shildi.
O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish iqtisodiy islohotlar dasturidagi uz-luksiz ustuvor yo’nalishlardan biriga, ya`ni islohotlarning hamma bosqichlarida ustuvor hisoblanadigan va-zifalar qatoriga kiradi. Mamlakatda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo qilishda davlat tomonidan kuchli I.H- siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat O’zbekistonning o’z istikdol va taraqqiyot yo’lining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Respublikada ijtimoiy himoyaning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. Ijtimoiy himoya tamoyillari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda o’z aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Keng miqyosda yangi ish joylari yaratilishi aholini ish bilan ta`minlash ishsizlik muammosini hal qilmoqda (mamlakatda ishsizlikning statistik ko’rsatkichi — 0,5—0,6%). Bunda, ayniqsa, kichik va o’rta biznespi rivojlantirish, kasanachilik qo’l kelmoqda. Tovarlar sifati, aholiga xizmat ko’rsatish sohalarida amalga oshirilayotgan tadbir-choralar iste`molchilar himoyasini shakllantirib, aholi manfaatlarini ta`minlamoqda. Inflyasiyaning oldini olish, so’mning harid kuchini saqlash, biznes-tijorat ustidan davlatning maromiy nazoratini o’rnatish, marketing , savdo, reklama kabilarni tartiblashtirish ijtimoiy himoya ni rivojlantirmoqda. Ekologiya bilan bog’liq bir qancha katta himoyalash ishlari amalga oshirilib, suv, havo, yer va mahsulot tozaligiga erishilmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini yalpi ijtimoiy himoya qilish tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini, ayniqsa, uning nochor guruxlarini aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimi barpo etildi. Bu tizimda mahalla markaziy o’rinda turadi. 1999 y.da ushbu tizim orqali kam ta`minlangan oilalar — jami 3 mln. kishi (mamlakat aholisining 12,2%) va bolali oilalar — 6,5 mln. dan optik, kishi (27%) moddiy yordam oldi. Bir oila uchun yordam puli bolalar nafaqasi bilan birga oyiga 3,4 eng kam ish haqini tashil qiladi. Bu sohada Ijtimoiy himoya, asosan, kam ta`minlangan oilalar uchun turli nafaqalar berish, aholining ba`zi guruhlari uchun imtiyozlar yaratish, yolg’iz qariya va nogironlarni davlat hisobidan boqish va b. asosida amalga oshiriladi.
Respublika Prezidentining "Kam ta`minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida"gi farmoniga (1994 y. 23 avg .) ko’ra, voyaga yetmagan farzandlari bo’lgan ko’p bolali oilalar, kam pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini yo’qotganlarning oilalari, yolg’iz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj oilalarga moddiy yordam berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 y. 10 dek.dagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi bo’lgan kam ta`minlangan oilalar davlatning alohida otalig’iga olindi, 2002 y. 25 yanvardagi farmonga binoan ijtimoiy yordam ko’rsatiladigan farzandli oilalar do-irasi umumta`lim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida o’qiyotgan 18 yoshgacha farzandi bo’lgan oilalar hisobiga kengaytirildi.
Bulardan tashqari O’zbekistonda norasimiy ijtimoiy yordam turlari ham mavjud; ularga qarindoshlarning o’zaro yordami, milliy va diniy urf-odatlar asosida qilinadigan yordam, korxona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam ta`minlangan ko’p bolali oilalarga, beva-bechoralarga yordam puli berishi kiradi.
Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida g’amxo’rlik ko’rsatiladi. Ijtimoiy himoya doirasida 1998 y. "Oila yili", 1999 y. "Ayollar yili", 2000 y. "Sog’lom avlod yili", 2001 y. "Bolalar yili", 2002 y. "Qariyalarni qadrlash yili" deb e`lon qilingani va ularga taallukli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud ijtimoiy himoya muammolarini hal qilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda yaxshi samaralar berdi. 1995 y.da byudjet harajatlarining 21,8%, 2000 y.da 29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999 y.dan boshlab YAIM o’sishi aholi o’sishi sur`atidan ustun bo’lishiga erishildi. Bu turmush darajasi o’sishining va ijtimoiy himoya rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999 y.) tashkil etdi.
"O’zbekiston Respublikasi aholisini 2010 y.gacha bo’lgan davrga mo’ljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi" ishlab chiqilgan. Unda Respublikada mavjud bo’lgan Ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam, pensiya ta`mino-ti, bolalarga nafaqa to’lash, yolg’iz kek-salarga xizmat ko’rsatish, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan ta`minlash, shuningdek, tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yo’la (nomuntazam) yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan.
O’zbekistonda 2000 y.da Respublika davlat byudjetidan 72,4 mlrd, so’m (YAIMning 2,3%) ijtimoiy himoyaga ajratildi (yana q. Ijtimoiy ta`minot).
2. O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash.Aholini ijtimoiy himoya qilish – bu davlatning bevosita aniq maqsadli, aholining normal yashash sharoitlarini ta'minlovchi kafolatlar tizimidir.
Aholini ijtimoiy himoya qilish keksalikni, mehnatga layoqatliligini yoki boquvchisini yo’qotishni sug’urtalash (pensiya ta’minoti), kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy to’lovlar (bolalar uchun nafaqalar), vaqtinchalik ishsizlarni ijtimoiy qo'llabquvvatlash (ishsizlik nafaqalari), moddiy ta’minlanganligi va xizmatlarini hisobga olgan holda aholining ayrim toifalari uchun imtiyoz va qulayliklar (patronaj xizmatlari ko'rsatish, mahsulot, dori-darmonlarni etkazib berish va h.) berish, onalikni himoya qilish(tug’ruqgacha va tug’ruqdan keyingi mehnat ta’tillari), salomatlikni sug'urtalash (vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari), ta’lim olayotgan yoshlarni moddiy qo’llab-quvvatlash (stipendiyalar), nogironlikning oldini olish va mehnat qobiliyatini tiklash (nogironlarni reabilitatsiya qilish, protez-ortopedik markazlar) tizimi orqali ta'minlanadi.
Davlat qonunlar va qonunosti hujjatlar tizimi orqali aholini ijtimoiy himoya qilish darajasini tartibga soladi, eng kam yashash minimumini aniqlaydi va undan kelib chiqqan holda, eng kam oylik ish haqi, ijtimoiy to’lovlar, sug'urta mukofotlari va ijtimoiy yordam (imtiyozlar) turlarini belgilaydi, ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etuvchi xizmat (idora) larning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga, aholini ijtimoiy himoya qilish darajasini tartibga solish bo'yicha davlatning eng samarali roli aholini kasbiy tayyorgarlikka, qayta tayyorlash va malaka darajasini oshirishga ko’maklashish uchun aholiga, shu jumladan nogironligi bo’lgan shaxslarga qo'shimcha ish o’rinlari yaratishni rag’batlantirishdan iborat.
Aholining ijtimoiy himoyasi quyidagi ijtimoiy yordam turlari orqali ta'minlanadi:
- pensiyalar;
- ijtimoiy nafaqalar;
- imtiyozlar, afzalliklar va xizmatlar;
- bir martalik (tizimli bo'lmagan) moliyaviy yordamlar.
Ijtimoiy himoyaning asosiy tamoyili – har bir shaxs yoki oilaga faqat ularning daromadlari, turmush darajasi, jamoaviy foydali mehnat davomiyligi va sifatini baholashdan kelib chiqqan holda yordam berishdan iborat.
Tizim kam ta’minlangan oilalarga yordam berish va qo'llab-quvvatlash, shu bilan bir vaqtda fuqarolarning keksalik va mehnatga layoqatlilik qobiliyatini yo’qotganda o’zining ijtimoiy himoyasini ta'minlashga bo'lgan intilishlarini rag'batlantirishi zarur.
O'zbekistonda ijtimoiy himoyaga olinganlar asosan mehnatga layoqatsiz fuqarolar, ya’ni ikki asosiy guruh: jamoaviy foydali mehnatga layoqatlilik qobiliyatini yo'qotganlar va mehnatga layoqatli yoshga etmaganlardan iborat. Shundan kelib chiqadigan ikkita asosiy ijtimoiy yordam turi mavjud:
- pensiyalar shaklida yordam ko'rsatish;
- ijtimoiy nafaqalar shaklida yordam.
Pensiya ta’minoti bu keksalar, nogironligi bo’lgan shaxslar yoki boquvchisini yo’qotgan oilalarni ijtimoiy himoyalash tizimining asosiy elementidir. U bir nechta funktsiyalarni bajaradi, shundan eng muhimi, mehnat qobiliyatini yuqotganlik bo’yicha kompensatsiyadir.
Pensiya oluvchilar – bu pensiya yoshiga yetgan yoki nogironlik sababli mehnatga layoqatini yo'qotgan shaxslar, shuningdek, boquvchisini yo’qotgan oilalar farzandlari (etim bolalar). Ushbu shaxslarning ijtimoiy himoyasi pensiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Oliy kengashning 1993 yil 3 sentyabrdagi 938-XII-sonli qarori bilan qabul qilingan "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq quyidagi davlat pensiyalari turlari belgilanadi: yoshi bo’yicha; nogironlik bo’yicha; boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha pensiyalar.
1991 yildan 2017 yilgacha bo'lgan davrda pensiya oluvchilarning nisbatan ko’proq qismini ya’ni 60-70 foizi, ayrim hollarda undan ko’prog’ini yoshi bo’yicha va ko’p yillik xizmatlari uchun (harbiy xizmatchilar uchun) pensiya oluvchilar, keyingi 10-18 foiz va undan ko’proq qismini nogironlik bo’yicha pensiya oluvchilar, 17,1 foizdan (1991 yilda) 7,1 foizgacha (2017 yilda) qismini doimiy pasayish tendentsiyasidagi boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha pensiya oluvchi oilalar tashkil etadi. Ko’rib chiqilgan vaqt oralig’ida Ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 1995 yildagi 6,9 foizdan 2017 yilda 8,7 foizgacha tebranib turadi.
Pensiya va ijtimoiy nafaqalarning o’rtacha miqdorlari bo’yicha tahlil qilinganda pensiya va ijtimoiy nafaqa oladiganlar soni 345,7 ming kishidan iborat bo’lgan Toshkent shahrida eng ko’p, ya’ni 709,2 ming so'mni, oluvchilar soni 267,6 ming kishidan iborat bo’lgan Namangan viloyatida esa eng past ko’rsatkich, ya’ni 465,5 ming so'mni tashkil etadi. Bu esa pensiyalar miqdori, nafaqalar miqdori va ushbu turdagi pensiya va nafaqa oluvchilar soni kabi ko'plab omillarga bog'langan. Buni Navoiy viloyati misolida yaqqol ko’rish mumkin bo’ladi. Viloyat bo’yicha pensiya va nafaqalar miqdori o'rta hisobda 690,0 ming so'mni, oluvchilar soni esa 115,2 ming kishini tashkil etadi.
Mamlakatda mehnatga layoqatli aholining 70 foizi ish bilan band bo’lib, 1 nafar pensionerga o'rtacha 4 ta ishlovchi to’g’ri keladi.
Shu bilan birga, pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar umumiy sonining 3,2 foizini ishlovchi pensionerlar tashkil etadi. Toshkent shahrida ushbu ko'rsatkich 9,9 foizni, Toshkent viloyatida 4,6 foizni, Navoiy viloyatida 3,7 foizni, Sirdaryo viloyatida - 3,4 foizni, Farg'ona viloyatida eng kichik - 1,8 foizni tashkil etadi. Qolgan hududlarda bu ko'rsatkich 2,0 dan 2,6 foizgacha oralig’ida ifodalanadi.
O'zbekistonda bolalar uchun ijtimoiy nafaqalar tizimi quyidagi tartibda faoliyat yuritadi.
Bola tug’ilganligi munosabati bilan ota-onalarga bir martalik eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida moliyaviy yordam belgilanadi, bu inflyatsiyaning oshishi bilan ushbu turdagi imtiyozlarni indeksatsiyalashni sezilarli darajada ta'minlaydi.
1994 yilda aholini asoslantirilmagan holda tenglashtirilgan ijtimoiy himoya tizimidan muayyan toifalarni qamrab oladigan tizimga o'tildi. Mahallalar orqali ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar, keksalar va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam berish tizimi yo’lga qo’yildi. Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam berish, yosh bolali oilalarga farzandi 2 yoshga yetguncha nafaqalar berish, shu bilan birga 14 yoshga to'lmagan bolali oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar belgilandi. Mahallalarda Respublika va mahalliy byudjetlar mablag'lari hisobiga, shuningdek korxonalar, tashkilotlar va alohida jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda o’tkaziladigan mablag'lar hisobiga maxsus fondlar tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligining ayollardagi "homiladorlik va tug’ish (asoratsiz) bo’yicha ta’tillar" bilan bog’liq vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik hodisalari soni to’g’risidagi idoraviy ma’lumotlaridan ko’rinadiki 2013 yilda 131096 nafar ishlovchi ayolga kasallik varaqalari rasmiylashtirilgan bo'lib, ulardan 67080 nafari (51,2%) qishloq joylarda yashovchi ayollarga to’g’ri keladi. 2017 yilda ushbu ko’rsatkich 117320 nafargacha, ulardan qishloq joylarda yashovchilar 58569 nafargacha (49,9%) qisqardi.
Har bir ayolga bunday ta'til davomiyligi o'rtacha 125-126 kalendar kunini tashkil etdi.
Kam ta'minlangan oilalar farzandlari – bu jami daromadlari har bir oila a’zosiga taqsimlanganda rasmiy belgilangan eng kam miqdorga etmaydigan oilalardagi mehnatga layoqatli yoshga yetmagan bolalardir. Ushbu turdagi shaxslarning ijtimoiy himoyasi bolalarga beriladigan nafaqalar tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, O’zbekistonda parvarishga muhtoj bo’lgan yolg’iz va keksa fuqarolar mavjud. Sog'liqni saqlash vazirligining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida nogironligi bo’lgan shaxslar, keksalar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko'rsatish bo'limlari mavjud bo'lib, ular 2017 yilda 15302 kishiga xizmat ko'rsatgan.
Bir ijtimoiy xodimga to’g’ri keladigan yolg’iz nogironligi bo’lgan shaxslar va keksalar sonining viloyatlar bo’yicha taqsimotidan ko’rinadiki, hududlar bo’yicha ijtimoiy xodimlar yuklamalari turlicha taqsimlangan. Masalan, 2016 yilda 1 nafar ijtimoiy xizmatchiga Toshkent shahrida 8,9 kishi, Jizzax viloyatida esa 2,7 kishi to’g’ri kelgan
2017 yilda nisbatan ko’proq yuklama Toshkent viloyatiga 10,9 kishi, eng kam Surxondaryo viloyatiga 4,8 kishi to’g’ri keladi. Yuklamalarning turlichaligi ijtimoiy xodimlar tarkibiy soni nisbatan o’zgarmas bo’lib, xizmat ko’rsatilayotgan shaxslar soni o’zgarishi bilan izohlanadi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasida etim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar uchun muassasalar tarmog'i mavjud bo'lib, bular - bolalar uylari, "Mehribonlik" uylari, "Bolalar shaharchalari", "Oila turidagi bolalar uylari" "SOS - O'zbekiston bolalar mahallalari". "Saxovat" va "Muruvvat" uylari asosan qariyalar uchun mo’ljallangan bo’lib, "Muruvvat" uylarining bir qismida muayyan muammosi mavjud bo’lgan bolalar tarbiyalanadi.
Turli sabablarga ko'ra, O'zbekistonda 2017 yilda 9223 nafar bola ota-ona qaramog'isiz qolgan, biroq davlat bu faktni e'tiborsiz qoldirmaydi va hodisaning sabablaridan qat'iy nazar, barcha bolalar majburiy ravishda yuqorida ko'rsatilgan muassasalarga tarqatiladi yoki farzandlikka qabul qilinadi
2017 yilda aniqlangan ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarning nisbatan ko'proq soni, ya’ni 1172 kishi Samarqand viloyatiga va 979 kishi Toshkent viloyatiga to’g’ri keladi. Aniqlangan ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarning nisbatan kamroq soni esa, ya’ni 187 kishi Jizzax viloyatiga va 247 kishi Navoiy viloyatiga to’g’ri keladi.
Bolalarning ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lish sabablarini tahlil qilish natijalarida quyidagi holatlarni ko’rishimiz mumkin. 31,9 foiz "bolani tarbiyalash uchun vaqtinchalik yoki umuman imkoniyatga ega bo’lmagan ota-onalar " va 26,4 foiz "boshqa sabablar" nisbatan ko’p qismini, qolganlari ya’ni 15,8 foiz "tashlab ketish yoki ota-onaning farzandidan voz kechishi", 15,5 foiz etim bolalar va 10,4 foiz "Ota-onalik huquqidan mahrum etish" tashkil qiladi.
Umumiy o'rta ta'lim tizimidagi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktablar va sinflarda 19858 nafar bolalar ta’lim oladilar. 8259 nafar bolalar uyda alohida ta’lim oladi. Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan va etim bolalar soni 3626 nafarni, kam ta'minlangan oilalar farzandlari soni 328651 nafarni tashkil etadi. 2017/2018 o'quv yili boshida akademik litseylarda 101 nafarni, kasb-hunar kollejlarida esa 2016 nafarni yetim bolalar tashkil etgan. Bundan tashqari, akademik litseylarda 65 nafar, kasb-hunar kollejlarida 2261 nafar va oliy o'quv yurtlarida 611 nafar nogironligi bo’lgan shaxslar tahsil oladi.
Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktablar va sinflarda tahsil oladigan o’quvchilarning nisbatan ko'p soni, ya’ni 3787 kishi Toshkent shahrida va 2316 kishi Toshkent viloyatida kuzatiladi. Eng kam o’quvchilar, ya’ni 234 kishi Sirdaryo viloyatiga va 583 kishi Navoiy viloyatiga to’g’ri keladi. Ushbu ko’rsatkich jinsi bo’yicha (qizlar) taqsimlanishida 33,3 foizdan (Sirdaryo viloyatida) 42,7 foizgacha (Toshkent viloyatida) oraliqda o’zgaradi
Umumiy o'rta ta'lim tizimidagi yakka tartibda uy sharoitida ta’lim beriladigan o’quvchilarning soni va ularning respublika hududlari bo'yicha taqsimlanishida eng sezilarli ko’rsatkichlar Farg'ona (956 kishi) va Samarqand (893 kishi) viloyatlarida, eng kam soni Toshkent shahrida 252 kishi va Sirdaryo viloyatida 317 kishini tashkil etadi.
Umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan o’quvchilardan ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan va yetim bolalar soni Xorazm viloyatida 504 kishini va Toshkent shahrida 436 kishini tashkil etgan bo’lsa, Navoiy va Buxoro viloyatlarida esa mos ravishda 38 va 69 kishini tashkil etadi.
01.01.2018 yilga kelib mamlakatda 670866 kishi nogironligi bo’lgan shaxslar sifatida ro'yxatdan o'tgan bo’lib, shundan 100827 nafari (15,0%) 18 yoshgacha bo'lgan bolalardir. Nogironligi bo’lgan shaxslarning nogironlikkka olib keluvchi kasalliklar bo’yicha taqsimlanishida "ruhiyat va xulq-atvor buzilishlari" - 19,3 foiz, "asab tizimi kasalliklari" - 14,0 foiz va "qon aylanish tizimi kasalliklari" - 11,2 foizni, nisbatan kam foizni (1 foizdan kam) "terining va teri osti to'qimalarining kasalliklari" hamda "kasbiy kasalliklar va zaharlanish" 0,3 foiz, "yuqumli va parazitar kasalliklar" 0,4 foiz, OIV- 0,8 foizni tashkil etadi. Ayollarda shunga o'xshash holatlar kuzatiladi.
Turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan (jami 831 nafar) ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan va etim bolalar (shu toifaga kiruvchi shaxslar)dan 2017 yil davomida faqat 342 kishi order olgan bo’lib, yil oxirida ularning soni respublika bo’yicha 489 nafarni tashkil etdi. Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida garchi mos ravishda 73, 7, 22, 21 va 44 kishi turar joyga muhtojlar sifatida ro’yxatga olingan bo'lsada, yil davomida hech kimga uy-joylar uchun order berilmagan. Navoiy viloyatida esa yil davomida 102 nafar turar joyga muhtojlar sifatida ro’yxatga olinganlardan faqat bittasiga order berilgan.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan islohotlar ta’lim tizimining tubdan yangilanishi hamda mazmunan boyishini ta’minladi. Jamiyatda ro’y berayotgan ijtimoiy o’zgarishlarni inobatga olgan holda bir qator yangi o’quv fanlarini o’qitishning yo’lga qo’yilganligi esa shaxsni davr talablariga muvofiq tarbiyalab voyaga yetkazish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Ilm-fan, texnika va texnologiyaning tezkor rivojlanishi, maishiy turmush sharoitining yaxshilanishi, qishloq va shahar hayotining bir-biriga yaqinlashuvi, inson tomonidan tabiatga ko’rsatilayotgan salbiy ta’sir doirasining tobora kengayishi, axborot-aloqa almashuvining takomillashuvi, shuningdek, kompyuter va murakkab texnikalar xizmatining ijtimoiy hayotning turli sohalarida ustuvor o’rin tutishi kishilik munosabatlarida ham ijobiy, ham salbiy holatlarni yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Nosog’lom turmush kechirish (spirtli ichimlikka va giyohvand moddalarga ro’ju qo’yish, tartibsiz jinsiy hayot), deviant xulqqa egalik, ijtimoiy mas’uliyatsizlik kabilarni salbiy holatlar sirasida keltirish mumkin. Bolalarni hozirgi kunda rщy berayotgan bnday salbiy holatlardan asrash uchun ularni hayotga to’g’ri ijtimoiylashuvini tashkil etish lozim.
Ijtimoiylashuv” so’zi dastlab siyosiy iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumlashuvi ma’nosini anglatgan.
“Ijtimoiylashuv” atamasini birinchi bo’lib insonlarga nisbatan qo’llagan amerikalik sosiolog F.G.Keddings hisoblanadi. U “Ijtimoiylashuv nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda “ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir” degan fikrni bildiradi.
XX asr o’rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini butun umri mobaynida o’rganuvchi fanlararo bog’lanuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarining tahlili uni shartli ravishda ikki asosiy yondoshuvga ajratish imkonini beradi:
subyektiv-obyektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining passiv iste’molchisi sifatida qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons)
subyektiv-subyektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o’rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi.
Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv ko’proq mos keladi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o’zlashtirish jarayonidagi rivojlanish va o’zgarishi bilan aniqlanadi.
Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi uning bilishga bo’lgan obyektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo’ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir obyektiv ehtiyoj -o’ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro’y beradi. Shaxsning faqat o’ziga tegishli bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon bo’ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo’ladi. Shunday qilib, bolaning ijtimoiy rivojlanishi o’zaro bog’liq ikki yo’nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o’zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o’ziga xoslikni qo’lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv va individuallashuv jarayonlari bilan bog’liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni tashkil etadi. Inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi subyekt va ijtimoiy muhitning o’zaro faol yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.
Indivuallashuv insonning hali yoshligidayoq paydo bo’ladigan obyektiv ehtiyojlari bilan bog’liq jamiyatdagi o’z-o’zini egallashidir. Bu ehtiyoj:
a) o’z qarashlariga ega bo’lish;
b) o’ziga xosliklariga ega bo’lish;
v) unga tegishli bo’lgan masalalarni hal qilish, uning o’z darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo’ladi.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari o’rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro’y beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning o’zaro ta’sir etishi ham sodir bo’ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o’rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon uch asosiy sohada amalga oshadi:
1.Faoliyat turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo’lga kiritish, erkin mo’ljal olish.
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish.
3. Shaxsiy “Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o’z ijtimoiy mansubligi va o’rnini anglash, o’ziga baho berishni shakllantirish.
Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo’lgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go’dakni emizish va g’amxo’rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o’rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko’p sonli munosabatlari-muloqot, o’yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyati, sport bilan shug’ullanishi kiradi.
Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy, formal va noformal sanksiyalarni man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari: muloqot (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o’yin, o’qish, ijod, sport). Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan.
Bolaning me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri muloqot. Muloqot va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qo’llaniladi::
go’daklik davri-bevosita hissiy-ruhiy;
go’daklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat;
maktabgacha davr-rolli o’yinlar;
ilk maktab davri-o’quv faoliyati;
o’smirlik davri-kasb ta’limi faoliyati;
o’spirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati.
Insonning voyaga yetishida, uning shakllanish jarayonida, u bevosita munosabatda bo’lgan kishilar muhim o’rin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli bo’ladi. Bolalar va o’smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo’shnilar agent bo’lishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib, agentlar qatoriga turmush o’rtog’i, hamkasblari ham qo’shilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o’rinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko’rsatmaydigan.
Ijtimoiylashuv mexanizmlari. Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlari V.S.Muxina va A.V.Petrovskiylarning tadqiqotlari ijtimoiylashuv mexanizmlariga turli yondoshuvlarni keltirib chiqaradi. Mavjud ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida ajratib ko’rsatish imkonini beradi:
1. I.P.Podlasыy tasnifi bo’yicha:
Bostirish mexanizmi, uning mazmuni muayyan g’oya, fikr, xohish, istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmning tashqi va ichki turlari mavjud. Ichki mexanizm ham o’z o’rnida ixtiyoriy va g’ayri ixtiyoriyga bo’linadi. G’ayriixtiyoriy mexanizm - unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi esa iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan usulidir;
Ajratish mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson o’zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog’liq. Ajratish mexanizmi odatda nizolarni hal qilishda kuzatiladi
O’z-o’zini cheklash mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o’rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do’stlarinikidan ko’ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o’z-o’ziga hurmati pasayadi, yomon o’qiy boshlaydi. Bu o’z “Men”ini cheklab qo’yish, qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir. Ba’zi hollarda o’z-o’zini cheklash mexanizmini qo’llashni oqlasa bo’ladi. Chunki bu holatda moslashuv sodir bo’lishi mumkin. Biroq uzoq muddatli o’z-o’zini cheklash, o’z-o’ziga baho berishning pasayishiga olib keladi. Buning natijasida o’z salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk muvaffaqiyatsizlikdan so’ng boshlagan ishini tashlab qo’yadi, oqimda suza boshlaydi;
Loyihalash mexanizmining mohiyatini o’z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash tashkil qiladi. O’ziga, boshqalarga qarshi qaratilgan salbiy hissiyotlar bilan inson o’ziga bo’lgan hurmatni saqlab qoladi. Shubhali inson hammadan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin hisoblaydi;
Identifikasiyalash ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmidir. Identifikasiya jarayonida tarbiyalanuvchi hayolan o’zini o’rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikasiya obyekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo’lishi mumkin. Identifikasiyaning to’liq, qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud.
identifikasiya mexanizimi introyeksiya mexanizimi bilan juda bog’liq. Bunda boshqalarning xislatlari o’zgarmagan holda o’zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsa ham uning natijalarini anglab olish qiyin emas;
Empatiya mexanizmi, ya’ni boshqa odamning hissiy holatiga hamdard bo’lish. Shaxsning muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam berish hisiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega;
Intellektuallashuv mexanizmida katta yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo’lini o’zi uchun emas, go’yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o’tish, institutga kirish) duchor bo’lganda namoyon bo’ladi.
Harakatlarni bekor qilish mexanizmi fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun qo’llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so’raganida, uning harakatlari kechirilishi va sof vijdon bilan harakat qila boshlashiga ishonadi. Ko’p shaxslar shu tarzda komillikka erishishadi.
2. I.V.Mudrikning fikricha psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga quyidagilarni kiritsa bo’ladi:
Imprinting (xotirada saqlab qolish)-insonga ta’sir qiladigan hayotiy muhim obyektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm odatda go’daklik davrida ko’p qo’llaniladi. Biroq keyingi yosh davrlarida ham imprintingni kuzatishimiz mumkin.
Eksiztensial bosim mexanizmi-tilni o’zlashtirish va o’zaro munosabatga kirishganda kerak bo’ladigan ijtimoiy xulq-atvor normalariga anglamagan holda ega bo’lish.
Taqlid - biror-bir “namuna”ga o’xshash uchun harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba to’plashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo’llaridan biridir.
Refleksiya mexanizmi - ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli institutlari, oila, tengdoshlar jamoasi, obro’-e’tiborli shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni ko’rib chiqadi yoki inkor etadi. Refleksiya insonning turli “men” obrazlari orasidagi real va xayoliy shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi ro’y beradi.
Yordamchi maktabda o’quvchilarni kasbga yo’naltirishga o’quv dasturining asosiy tarkibiy qismidir. Ma’lumki, agar kasb to’g’ri tanlansa inson uchun mehnat quvonchi, ijodiy ilhom manbaiga aylanadi, bu esa inson uchun ham jamiyat uchun ham foydalidir. Jamiyatning intelektual, ma’naviy imkoniyatlari rivojlanishida hozirgi sharoitda mamlakatning barcha bulg’usi mutahasislarini tayyorlab beruvchi maktab oldida muhim vazifalar turadi.
Yordamchi maktablarning umumiy vazifasi o’quvchilarni mustaqil hayotga va ishlab chiqarish korxonalarida mustaqil mehnat qilishga tayyorlashdir. Aqliy zaif o’quvchilarni ijtimoiy reabilitasiya masalasini hal qilishda kasb –hunarga yo’naltirish muhim o’rin egallaydi.
Jahon pedagogik hamjamiyatidagi ishlab chiqarish va o’quvchilarni kasbga yo’naltirishni o’rta umumta’limni yaxshilashning muhim omili sifatida tan oldi. Ta’lim masalalari bo’yicha Yuniskoning halqaro Konferensiyasining tavsiyalarida asosiy sohalarida qo’llaniladigan asosiy ilmiy qoidalarni tushunishga yordam berishi o’quvchilarni jismonan va aqliy qobiliyatlarini hamohang kamol toptirishga xizmat qilishi, ishlar sharoitida stanok va boshqa jihozlar bilan ishlash, ko’nikmalar, malakalarini egallashda yordam berishini ta’kidlab o’tganlar. Yoshlarni kasbga yo’naltirishda o’quvchilarning alohida qobiliyatlari va mehnat resurslarini jamiyat manfaatlariga mos tarzda taqsimlanishini hisobga olish lozim. Kasbga yo’naltirish har bir shahsning alohida fzilatlari mamlakat halq xo’jaligining iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, mehnat bozorining to’laqonli hisobga olib yorqin v mustaqil kasb tanlashga tayyorlashga asoslangan tizimidir. Ishchi kasblarni o’rganishning imkoniyatlari mavjud, jumladan, Respublikada ishchi –kadrlar tayyorlashga jiddiy e’tibor berilmoqda. Kasb hunar kollejlarida Yoshlar turli kasblarni o’rganishmoqda. O’quvchilarni yordamchi maktabda aniq ixtisos bo’yicha kasbiy tayyorgarlik berish lozim. Maktab tizimida tugaraklar muxim o’rin tutadi.
Fan tugaraklari, elektrotexnika, radiotexnika traktor, tillachilik, o’simlikshunoslik, duradgorchilik, kosibchilik, tikuvchilik, bog’bonlik to’garaklarida bolalar bilimlarini kengaytirish bilan barcha kasb tanlashga amaliy tayyorgarlik ko’riladi. O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda ularning maktabdagi ko’zda tutilgan unumli mehnati va ijtimoiy foydali ishlaridan ham foydalanish zarur. Masalan, o’quvchilarni qishloq xo’jaligi ishlarida jalb qilish ko’rgazmali qurollar yasash, shanbalik obodonlashtirish ishlari shular jumlasidandir. Kasbga yo’naltirishda maktab jamoasining barcha a’zolari ishtirok etadi.
O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda maqsad, maktabda kasbga yo’naltirish kengashi tuziladi. Kengashning asosiy vazifasi pedagogic jamoada va ommaviy korxonalarda o’quvchilarning kasbga yo’naltirish ishini tubdan yaxshilash uchun birlashtirish va yo’llashdan iborat. Maktab kasbga yo’naltirish kengashi har bir o’quv yili uchun maktabdi direktori buyrug’I bilan tasdiqlanadi.
Kengash ishiga qo’yidagi pedagogik talablar qo’yiladi;
-kasbga yo’naltirish ishlarini rivojlannishidagi turli kasb egalari ilg’orlari bilan uchrashuvlar o’tkazish;
-maktabda kasbga yo’naltirish o’quv metodlari kabinti ashkil etish, uni jihozlash, rivojlanishini tasdiqlash;
-ota-onalar bilan aloqa o’rnatish;
-o’quvchilar uchun kasbga yo’naltirish bo’yicha konsultatsiyalar uyushtiriladi; kasbga yo’naltirishda ma’ruza va suhbatlarda kasb mazmuni istiqboli, ishning tahkil etish shakllari va metodlari, mehnat qurollari, imkoniyatlari, moddiy ahvolini o’rganish yo’llari haqida fikr yuritish lozim.
-o’quvchilar diqqatini kasb tanlash masalalarida jalb etish va ularga kasblar haqida tushuncha berish uchun maktablarda kasbga yo’naltirish kabinet burchaklari tashkil etiladi.
Tajribalar hamda ilmiy izlanishlarning ko’rsatishicha yordamchi maktab o’quvchilari mehnat faoliyatining turli jabhalarida muvoffaqiyatli ishtirok etish mumkin.
Ayniqsa nogiron kishilarni joylardagi mehnat qahramonliklari va ular bilan uchrashuv kechalari uyushtirish ular bilan mehnat mavzusida suhbatlar tashkil qilish yordamchi maktab o’quvchilari yanada samaraliroq ta’sir etadi. Umuman olganda yordamchi maktablarda 1-sinfdan 9-sinfgacha yordamchi maktab o’quvchilarini mehnat va turmushga tayorlash birinchi galdagi vazifasidir.
Hayot va turmushni mehnatsiz tasavvur etish also mumkin emas. Maxsus maktablarda mehnat tarbiyasini faqat mehnat darslarida emas balki boshqa fanlar darslarida ham hal etish ularni ya’ni kelgusi hayotga ongli mehnatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahsus ta’limda mehnat tarbiyasining hech bir turini nazardan qochirmaslik kerak.
Uy ro’zg’or mehnatlari (ishlari), qo’ni –qo’shnilarga yordam, hashar, ota-onaga barcha ishlarida qarashish, tomarqasidagi mehnat, chorvachiligidagi mehnat, qishloq xo’jaligidagi mehnat, korxonadagi mehnat, shahar obodonchiligidagi mehnat – bularning barchasiga jismoniy mehnat mavjud.
Yordamchi maktab o’quvchilari 40 ortiq mehnat (turmush) turlarini bajara oladilar, bu ilmiy asoslangan. O’qtirilgan fikrlarni amalda sinab ko’rib mehnatni malaka va ko’nikmaga aylantirishga yordam berish yordamchi maktab o’qituvchi va bevosita mehnat o’qituvchilari.
Korxona, muassasa va tashkilotlar jamoatchilikning birgalikdagi faoliyati muhim ahamiyatga egadir.
Demak, yordamchi maktabda mehnat tarbiyasi ham kechiktirib bo’lishmaydigan kundalik va doimiy bajarilishi shart bo’lgan muhim variantlardir.
Yangi Mustaqullik O’zbekiston davlatning olib borayotgan siyosati va ilgar surilayotgan ilmiy g’oyalar negizida umum ta’lim bilan bir qatorda maxsus ta’lim hamda yordamchi maktab o’quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash borasidagi say-harakatlarda mehnat qilishga diqqat e’tibor qaratilishi ham taqqozo etadi.
Bu borada defektolog olimlar (G.M.Dulnev, K.M.Mirskiy, S. S. X. Ayetmetova, D.A.Gordiyenko, K.H.Mamedov, P.M.Pulatova va boshqalar) takidlashicha yordamchi maktabda o’quvchilarni kasb - hunarga tayyorlashda o’quvchilarning yosh tanlash kutilgan natijalar berishi haqida fikr bildirganlar. Bunda ular yordamchi maktab o’quvchilariga differensial yondashuvga bir muncha e’tibor beradilar.
Bunda yordamchi maktab o’quvchilarni intellektual, jismoniy va emotsional iroda xususiyatlar, qiziqishlari, ularning matorikasi harakat koordinatsiyasining o’ziga xos xususiyatini nuqson, tur hususiyatlarini inobatga olgan holda mehnat ta’limi berishi kasb hunarga o’rgatilishi taqoza etadi.
Yordamchi maktabda o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning tayyorlovchi maxsus kollejlarga tanlagan kasbini mukammal o’rganish uchun o’qishni davom ettirishga yuboriladi. Chunki yordamchi maktab o’quvchilari 9-sinfni tugatgach ularning yoshi yetishmaganligi sababli kasb –hunarni chegaraganligi tufayli ishga joylashish muammo bo’ladi. Aynan anashuning uchun ham yordamchi maktab o’quvchilari kasb-hunarga oid bilimlarini maxsus kollejlarda davom ettirishga to’g’ri keladi.
Shundagina yordamchi maktab o’quvchilari kuchada ishsiz bekor qolmaydilar. Hayotda o’z o’rinlarini topa oladilar. Jamiyatimizga ishchi kuchi sifatida foyda keltirar edilar. Kuchadagi ba’zi yomon ta’surotlar ta’siriga tushib qolmaydilar. yordamchi maktabda o’quvchilarni iloji boricha ko’proq ijtimoiy mehnatga ishtirok ettirish kerak. Ma’lumki yordamchi maktabda ijtimoiy- foydali mehnat ga faol ravishda tayyorlash har xil yo’nalishlar (ekologik, huquqiy, mehnat, axloqiy) bo’yicha olib boriladi. Yordamchi maktab o’quvchilarini ijtimoiy foydali mehnat jarayonida har tomonlama diagnostic nuqtai nazardan yondashish shaxsning bundan keyingi rivojlanishini prognozlashni nazarda tutadi. Shu maqsadda biz yordamchi maktablarda ijtimoiy foydali mehnat jarayonida o’quvchilarning milliy g’oyaviy jixatdan tarbiyalashga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.
Yordamchi maktablarda o’quvchilar mehnat ta’limi va kasb yo’naltirishdan chuqur va puxta bilim olishlari lozim. Ta’lim muassasalarida o’quvchilarning o’quv, umummehnat, umummilliy, umummadaniy bilimlari, boshlang’ich kasbiy ma’lumotlari, dastlabki ijtimoiy va mehnat munosabatlari shakllanib boradi. O’quvchilarni mehnat jarayoniga tayyorlashda ularning mehnat jihozlari, kishilar ongli va ishchan munosabatda bo’lishi talab etiladi. O’quvchilar mehnat mahsulotlarini iste’molga chiqarish mazkur jarayonda tejamkorlik,uddaburonlik, ishbilarmonlik kabi fazilatlarni shakllantirilishi, ishbilarmonlik kabi fazilatlarni shakllantirilishi, ularning mehnatga tayyorlashning asosini tashkil etadi va qo’yidagilarni amalgam oshirishni maqsad qilib qo’yadi:
O’quvchilarda mehnat jarayonida hamda mehnatni yuzaga keltiruvchi kishilarga hurmatni shakllantirish;
O’quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarish, xalq xo’jaligiga xizmat ko’rsatish, qurilish, mashinasozlik va xalq hunarmandchiligi asoslari bilan tanishtirish;
O’quvchilarni umummehnat bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish hamda ularni oddiy mehnat jarayonida ishtirok etishga tayyorlash;
O’quvchilarni ta’lim jarayonida va uni bitirgandan so’ng turli xil yo’nalishlardagi kasb –hunarlarga tayyorlash kabilardir.
9-16 yoshli o’quvchilarning mehnatga tayyorgarlash yordamchi maktablarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida oila, mahalla, ishlab chiqarish va mustaqil faoliyatda amalga oshiriladi hamda qator vazifalarni bajarishni nazarda tutadi.
Mehnat tayyorgarligining vazifalarini amalga oshirishda ta’lim va tarbiyaning rivojlantiruvchilik, ta’limiylik, amaliylik, yaratuvchanlik, kasbiy yo’nltirilganlik, ishlab chiqaruvchilik kabi jihatlari qo’yidagilar nazarda tutiladi.
Hozirgi davrda o’quvchilarni mehnatga tayyorlashning vazifalari qo’yidagilardan iborat;
O’quvchilarda va mehnatga bo’lgan munosabatlarini shakllantirish, uning aqliy va jismoniy rivojlanishini korreksiyalash va ta’minlash;
O’quvchilarda, ahloqiy, mehnatsevarlik, tejamkorlik, fuqarolik, ijodkorlik kabi fazilatlarni tarbiyalash hamda ular faoliyatida mehnatni doimiy ehtiyojga aylantirib boorish;
O’quvchilarda bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshlik xususiyatlarini shakllantirish;
Tabiat zahiralari, moddiy buyumlar, narsalar va materiallarga bo’lgan tejamkorlik munosabatlarini shakllantirish;
Fikrimcha, o’quvchi – Yoshlarni mehnat tayyorgarligi hozirgi davrda mehnat tarbiyasi, ma’limni, kasbga yo’naltirishlari, ishlab chiqarishda ishtirok etish, turli kasblarni egallash kabi jarayonlarni qamrab oladi.
Mehnat ta’limida kasb –hunarga yo’naltirish omillari qo’yidagilar deb hisoblayman;
Mehnat ta’limi darsida bolalarga kasb –hunarlar to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlarni berib boorish;
Bolalarni qo’l motorikasini rivojlantirib boorish;
Yordamchi maktablarning umumiy vazifasi o’quvchilarni mustaqil hayotga va ishlab chiqarish korxonalarida mehnat qilishga tayyorlashdir. Aqli zaif o’quvchilarni ijtimoiy realibitatsiya masalasini hal qilishda kasb –hunarga yo’naltirish muhimi omil hisoblanadi. Yordamchi maktablarda kasb-hunarga yo’naltirish psixologik –pedagogik va tibbiy chora-tadbirlar tizimidan iborat bo’lib maktab bitiruvchisiga jamiyat ehtiyojlari va uning qobiliyatlarini inobatga olgan holda kasb tanlashga yordam beradi. Ko’zatishlar natijasiga ko’ra aqli zaif o’quvchilar juda kam hollarda o’zlariga kasb tanlashadi. Ularning kasbiy qiziqishlari asosan mehnat ta’limi sohasi ta’sirida shakllanadi; o’quvchilar ko’pincha maktabda tayyorgarlik ko’rgan mutaxassislikni tanlashadi yoki aksincha, bu mutaxassislik bo’yicha ishlashni istashmaydi.
Yordamchi maktab bitiruvchilarining katamnezini tahlili shuni ko’rsatadiki, ular ishlab chiqarish korxonalarida, maishiy xizmat va qishloq xo’jaligida turli hil majburiyatlarini bajarib, mehnat qilmoqdalar. Biroq o’sha ma’lumotlar yordamchi maktab bitiruvchilari uchun yuqori intilektual talablar qilinmaydigan kasblarni tanlashlari mumkinligini ko’rsatadi.
2-mavzu. Bolalar ijtimoiy ish ob’ekti sifatida
Har qanday mamlakat o’z kelajagini bolalar, voyaga yetmagan Yoshlar timsolida, aniqrogi. ularni jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamrl qilib voyaga yetkazishda ko’rishi tabiiydir. Voyaga yetmaganlar esa bogcha yoshidan to 18 .yoshgacha bo’lgan bolalardir. Ya’ni ular hali rasman fuqarolik huquqiga ega emaslar. Ularning huquqbuzarliklari esa shartli tushuncha. Shu sababli bolalarning huquk va burchlari, axloq-odobiga javobgarlikning barcha mas’uliyati kattalar, oila, davlat va nodavlat, jamoat tashkilotlari zimmasiga tushadi. Hozirgi paytda Uzbekiston aholisining salmoqli qismini voyaga yetmagan bolalar va o’smirlar tashkil etadi. Agar kattalarning qarovsizligi tufayli bu bolalarning o’ndan bir qismi turli darajadaga jinoyatlarga qo’l ursa, jinoyatchilik bir. o’n, yuzga emas. minglab miqdorlarga oshib ketadi. Prezidentimiz Islom Karimov va hukumatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lgan barkamol avlod tarbiyasiga qayg’urish, ularning huquqlarini himoya qilish va ro’yobga chiqarish xar bir jamiyat, oila qolaversa xar bir fuqaroning muqaddas burchi, insoniylik mas’uliyatidir.
Mamlakatimizda voyaga yetmagan Yoshlar muammosiga u yoki bu darajada aloqador bo’lmagan birorta tashkilot yoki shaxsning o’zi yo’q. Biroq bu tashkilotlar va shaxslarning voyaga yetmaganlarni barkamol etib tarbiyalashda har birining o’z o’rni, ahamiyati, o’ziga xos ta’siri bor. Aytaylik, birorta bekorchi, hukuqbuzar yoki diniy aqidaparast o’z manfaatlari yo’lida voyaga yetmagan Yoshlar xizmatidan foydalansa, hatto jinoyatga undasa, bu ham ularga ta’sirning bir ko’rinishi, afsuski, salbiy namoyon bo’lishidir.
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, O'zbekistonda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta`minlash choralarini yanada rivojlantirish, bu borada davlat, nodavlat va qonunchilik organlari hamkorligini kuchaytirish maqsadida joriy yilda to'qqizinchi bor o'tkazilgan tadbirda qayd etilganidek, mamlakatimizda millati, ijtimoiy holatidan qat`i nazar, barcha bolalarni kuchli va manzilli tarzda ijtimoiy himoyalashga oid amaliy chora-tadbirlar jarayonida Mehribonlik uylari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularda tarbiyalanayotgan bolalarning to'laqonli ta`lim-tarbiya olishi va kasb-hunar egallashiga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Respublikada aholining 40 % ini bolalar, 65 % ini esa 30 yoshgacha bo’lgan Yoshlar tashkil etadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muhofaza qilish tizimining rivojlanish darajasi jamiyatning insonparvar va ma’naviy-axloqiy rivojlanish darajasini aks ettiradi. Bunday bolalarga g’amxo’rlik qilish ahamiyatli umuminsoniy qadriyatlardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar chuqurlashgan sari o’sib kelayotgan avlodni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash g’oyasi maqsadli ijtimoiy harakatlar va real ijtimoiy himoya chizig’ini egallagancha yanada konkretlashib boryapti, ijtimoiy dasturlarning samaradorligi to’g’ridan-to’g’ri ularning xususiyatiga – eng yuqori darajada hayotga yaqinlashish, ijtimoiy ko’makning vazifalarini nafaqat aniq deklarasiya qilish, balki, avvalo, ularni yechishning real yo’llarini topish, doimo aniq insonga mo’ljal olgancha manzilli ishlashga ongli intilishga bog’liq.
2013 yilning “Obod turmush yili” deb e’lon qilinganligi respublikaning jamoatchilik tashkilotlari uchun o’z ishini faollashtirish, fuqarolik jamiyatida ijtimoiy tashabbuslarni kengaytirishga o’ta kuchli ehtiyoj sezayotgan islohotchi-davlatning yana bir ijtimoiy asos bo’ladigan buyurtmasi bo’ldi. Abu Ali Ibn Sino ta’kidlaganidek, xayrli ishlarni qilganda uni har qadamda ta’kidlash emas, balki tabiiy, kundalik bir narsadek amalga oshirish juda muhim. Haqiqatan, odamlar va ayniqsa, o’sib kelayotgan avlod ijtimoiy qo’llab-quvvatlash – XXI asr jamoatchilik hayotidagi me’yor ekanini tushunishlari lozim.
Iqtisod, ekologiya va siyosatshunoslikda “barqaror rivojlanish” atamasining mazmunini ochib beruvchi juda ko’p ta’riflar mavjud. Biroq o’sib kelayotgan avlodning turg’un rivojlanishiga erishishda asosiy kafolat mustahkam kelajakni shakllantirish ekanini unutmaslik lozim.
Insoniy manba global ma’naviy-axborot maydonining aksi sifatida tarixiy jarayonni belgilovchi omil hisoblanadi va o’sib kelayotgan avlodning turg’un rivojlanishi zamonaviy bosqichda shunchaki ijtimoiy ko’makni emas, balki maqsadli yo’naltirilgan dasturiy ta’minotni talab qiladi.
“Sen yolg’iz emassan” RJBJ o’z ishini quyidagilarni o’z ichiga olgan o’zaro harakat majmuidan iborat ijtimoiy konstruksiyaning ishlashini ta’minlovchi tizimli yondoshuv asosida olib boradi:
zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratish, ta’limiy va tarbiyaviy jarayonlarni maqbullashtirishni kiritgan holda respublika miqyosida Mehribonlik uylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha ishlarning umumiy koordinasiyasi;
Mehribonlik uyi bolalarini mustaqil hayot ko’nikmalariga o’rgatishni amalga oshirgancha ijtimoiy moslashtirishning majmuaviy rejasini amalga oshirish;
yetim va imkoniyati cheklangan bolalarni huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish;
imkoniyati cheklangan bolalar tarbiyalanayotgan alohida muhtoj oilalarga manzilli yordam ko’rsatish bilan bunday bolalarning jismoniy va psixologik reabilitasiyasi uchun respublika darajasida sharoit yaratish;
yuqori malakali tibbiy yordam, o’ta murakkab xirurgik operasiyalar, shuningdek, dunyoning yetakchi tibbiy markazlarida maslahat va davolashni tashkil etish yuzasidan manzilli ish;
Mehribonlik uyi bitiruvchilarining o’rta maxsus va oliy ta’lim olishi, ish va yashash joyiga ega bo’lish imkoniyatini taqdim etish.
Bu vazifalarni amalga oshirish Jamg’arma tomonidan yaratilgan, o’zida mahalliy ijtimoiy konstruksiyaning moddiy-texnik, intellektual, tashkiliy va ilmiy-amaliy sinchi sifatidagi ishchi mexanizmlarining ishlashi jarayonida sodir bo’ladi:
1) butun respublika bo’ylab Mehribonlik uylarining ishlashin i umumiy maqbullashtirish kabi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; kam ta’minlangan oilalarning bolalari; og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar; vasiylikdag ibolalarni ijtimoiy, tibbiy va yuridik kuzatib borish bo’yicha individual ishga yo’naltirilgan tashkiliy-uslubiy faoliyatni amalga oshiruvchi “Sen yolg’iz emassan” respublika bolalar jamoatchilik jamg’armasi;
2) Mehribonlik uyi bolalari va kam ta’minlangan oilalarning bolalari uchun turli yo’nalishlar bo’yicha rivojlanish va ta’limning inklyuziv metodikasini ishlab chiquvchi hamda tatbiq etuvchi, bolalarga kelgusida mamlakatning o’rta va oliy o’quv yurtlarida o’qishlari uchun qo’shimcha tahsil olish imkonini beruvchi “Sen yolg’iz emassan” jamg’armasi qoshidagi o’quv markazi.
3) imkoniyati cheklangan bolalar va ularning oilalariga amaliy korreksion-psixologik, tibbiy va maslahat yordamini amalga oshiruvchi, shuningdek, xatar guruhidagi bolalar, kam ta’minlangan oilalarning farzandlari va ularning ota-onalariga psixologik hamda yuridik ko’mak beruvchi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi.
Bu barcha jamoatchilik tuzilmalari – Jamg’arma ishlab chiqqan konstruksiyaning ishchi mexanizmi bo’lib, mohiyati bo’yicha – ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning dolzarb vazifalarini qo’yishdan boshlab ularning amaliy jihatdan ro’yobga chiqishigacha bo’lgan ishni amalga oshiruvchi yagona tizimdir.
Harakat va mexanizmlarning bu konstruksiyasini Jamg’arma ijtimoiy jihatdan birmuncha himoyaga muhtoj yetim va imkoniyati cheklangan bolalar muhitini qamrab olish nuqtai nazaridan kelib chiqib yaratdi. Shu tarzda o’sib kelayotgan avlodni turg’un rivojlantirishni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash muammosining kengayishiga yo’l qo’ymasdan Jamg’arma 11 yil davomida ishni ijtimoiy reallikni quyidagi tarzda qo’ygancha bosqichma-bosqich olib bordi:
a) respublika miqyosida ijtimoiy planda himoyaga muhtoj bolalarning butun muhitini qamrab olish;
b) tizimli ishning barcha elementlari – ijtimoiy qo’llab-quvvatlash harakatlarini amalga oshirish mexanizmlarini yo’lga qo’yish;
v) ijtimoiy qo’llab-quvvatlash konstruksiyasiga yetim va imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy realligini qayta tashkil etishning o’sib boruvchi dinamizmini bergancha harakat dasturini ishga solish.
Shuni ta’kidlash joizki, ishning mahsuldorligi ko’p jihatdan davlat tuzilmalarining ko’magi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko’p profilli departamentlari, Sog’liqni saqlash, Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirliklari bilan o’zaro harakatlari bilan bog’liq. Shu bilan birgalikda, o’sib kelayotgan avlodning birmuncha himoyaga muhtoj ijtimoiy guruhdagi muhitini insonparvarlashtirish jarayonini rivojlantirish va chuqurlashtirish jamiyat hamda davlatning integrasion kuchlanishini faollashtirish, ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning barcha asosiy yo’nalishlari bo’yicha Majmuaviy maqsadli dasturlarni yaratish, birinchi navbatda, ota-ona qaramog’isiz qolgan va imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashni maqbullashtirishni talab etadi.
Umumiy majlisda so’zga chiqqan forum ishtirokchilari O’zbekistonda sog’om va barkamol avlodni uning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi, to’laqonli o’z-o’zini ro’yobga chiqarishi va yuqori ijtimoiy harakatchanligi uchun tarbiyalashga ko’maklashuvchi bolalar huquqlarini ta’minlash va himoyalashning qonunchilik bazasi, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik-pedagogik, tibbiyo va boshqa ijtimoiy kafolatlardan tarkib topga mustahkam negizga tayanishini ta’kidladilar. Bu kontekstda ijtimoiy himoyaga muhtoj – alohida ehtiyojli bolalar; ota-ona qaramog’isiz qolgan; xatar guruhidagi; notinch va kam ta’minlangan oilalarning bolalari va h.k. larga manzdilli ko’mak va yordamning maqsadli majmuaviy dasturlarni kuchaytirishga yo’naltirilgan dolzarb vazifalar alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu muammoga fanlararo yondoshuv barcha manfaatdor tuzilmalar vakillarining ijtimoiy sherikchiligining muhim sharti sifatida O’zbekistonda bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashning samarali mexanizmi sifatida ko’rib chiqiladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish O’zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilishni boshqarishda, uni sifatli yangi, zamonaviy rivojlanish darajasiga ko’tarish (ta’limiy, ijtimoiy, boshqaruv texnologiyalarini yangilash; kadrlar malakasini oshirish; zamonaviy ilmiy bilimlar va tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish) da ilg’or mahalliy va xorijiy tajribani inobatga olgan holda zamonaviy yondoshuvlarni izlash va tatbiq etishni talab qiladi. Aynan shu masalalarning yechimi yo’llarini muhokama qilish forum dasturiga kirdi.
Umumiy majlisdan so’ng forum o’z ishini 4 ta seksiya bo’yicha olib boradi.
Seksiya yo’nalishlari:
I seksiya. Rivojlanishida alohida ehtiyoji bo’lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimiga innovasion modellarni tatbiq etishning samarali yo’llari.
II seksiya. Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimini isloh qilish: deinstitusionalizasiya siyosatini rivojlantirish.
III seksiya. Ijtimoiy va xatar guruhidagi bolalarning ijtimoiy moslashuvi va integrasiyasida ijtimoiy hamkorlik.
IV seksiya. Bolalar va oilalar bilan ijtimoiy ishning nazariy va amaliy jihatlari: ta’lim, qadriyatlar va innovasiyalar.
Forum dasturlari doirasida “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar guruhlarini huquqiy tarbiyalash rolini oshirish – huquqiy madaniyatni shakllantirish vositasi sifatida” mavzusida “davra suhbati” va xorijiy amaliyotchi mutaxassislar ishtirokida master-klasslar o’tkaziladi.
Forum doirasida RBIMM va “Sen yolg’iz emassan” RBJJ negizida taqdimot, munozaralar, davra suhbati, master-klasslar o’tkaziladi.
Master-klasslar mavzulari:
Internat muassasalari bitiruvchilarining ijtimoiy integrasiyasi. Vasilina Dibaylo (Ukraina, Kiyev)
Xatar guruhidagi o’smirlar bilan psixologik-ijtimoiy ish. Matvey Pikelner (Isroil).
Oilaviy konferensiyalar: turli shakllar; kim va qanday o’tkazadi, joriy etish shartlari. Inna Tereщyenko (Ukraina, Odessa).
O’zbekiston bolalari uchun adolat kontekstida tiklovchi adliyani tatbiq etish. Ingrid Van Velzenis (Belgiya).
Iqtidorlilik tashhisi: muammolar va usullar. Yuliya Babayeva (Moskva).
Bolalar va oilalar bilan ijtimoiy ish. Aytakin Xusainli (Ozarbayjon). O’zbekiston poytaxtining “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Sen yol’g’iz emassan” respublika jamoatchilik bolalar jamg’armasi (RJBJ) va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RBIMM) tomonidan o’ninchi bor uyushtirilayotgan “Bolalar va Yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash – farovon va taraqqiy etib boruvchi jamiyat asosi” mavzusidagi Xalqaro forum o’z ishini boshladi.
Xalqaro forum salomatligida imkoniyati cheklangan, ota-ona qaramog’isiz qolgan, ijtimoiy va huquqiy xatar guruhidagi, iqtidorli bolalar muammolari yuzasidan o’zaro fikr almashinuvi, g’oyalar, fikrlar muhokamasi uchun o’ziga xos bahslashuv maydoniga aylandi.
Ushbu sohada innovasion tajribalar bilan o’zaro almashinishga yo’naltirilgan forum bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasida O’zbekistonda bolalarning qiziqishlari, huquqlari va farovonligini ta’minlash chora-tadbirlari majmuini ishlab chiqish bo’yicha davlat, jamoatchilik tashkilotlari va qonunchilik organlarining faoliyatini faollashtirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.
Forum ishtirokchilari orasida – Oliy Majlis Palatasining senatorlari, vazirlik, idoralarning mutaxassislari, jamoatchilik va nodavlat tashkilotlarning vakillari bor.
O’zbekistonning manzilli va psixologik xizmat ko’rsatish, ijtimoiy ish va bolalarni psixologik-pedagogik kuzatib borish bo’yicha, shuningdek, davlat va jamoatchilik tashkilotlari, fuqarolik jamiyati, jumladan, mahallalarning ijtimoiy sherikchiligi sohasidagi eng yaxshi amaliyotni taqdim etgancha forum bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ilg’or xorijiy tajribani ham ko’rib chiqadi.
Ikki kunlik forum ishida xorijiy davlatlar, xususan, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldova, Ozarbayjon, Armeniya, Gruziya, Belgiya, Gresiya, Isroildan tashrif buyurgan olimlar va amaliyotchi mutaxassislar, shuningdek, O’zbekistonga vakil qilib yuborilgan, ushbu soha bilan aloqador bo’lgan xalqaro tashkilotlarning vakillar ishtirok etadilar.
Bolalar va Yoshlarning jismoniy, intellektual va ma’naviy rivojlanishi, ko’p bolali oilalar, yetim va oila muhitidan mahrum etilgan bolalarga har tomonlama yordam ko’rsatish uchun eng yaxshi va yoqimli sharoit yaratish bo’yicha davlat siyosati yo’nalishini ustuvorligi O’zbekistonda e’lon qilingan “Obod turmush yili” dasturini amalga oshirishda ham asos soluvchi yo’nalishni egallaydi. Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy dasturlar bolalikni ijtimoiy himoya qilish tizimini maqbullashtirishga yo’naltirilgan innovasion shakl va usullarni xarakerlaydi.
- O'zbekistonda barkamol avlodni tarbiyalash, onalik va bolalik manfaatlarini ta`minlash, ayniqsa, ota-ona mehridan bebahra qolgan bolalarga g'amxo'rlik qilish, ularni farzandlikka olish, oilalarga har taraflama ko'mak berishga oid ezgu sa`y-harakatlar aniq va manzilli tarzda amalga oshirilib kelinmoqda, - deydi YuNISYeFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Jan-Mishel Delmot. - O'zbekistonning bu boradagi tajribasi ko'pgina mamlakatlar uchun o'rnak bo'lishi mumkin. Bunda xalqning milliy mentaliteti inobatga olinayotgani, ma`naviy-axloqiy masalalarga alohida va jiddiy yondashilayotgani ijobiy natijalar berayotgani qayd etish lozim.
Tadbirda ta`kidlanganidek, «Sen Yolg'iz Emassan» Respublika jamoatchilik bolalar jamg'armasi ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni himoya qilish tizimiga hissa qo'shib, ota-ona qaramog'idan mahrum va imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan yetakchi jamoat tashkilotlaridan biridir. Shuningdek, jamg'arma Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tarbiyaviy ishlarni yanada yaxshilash va takomillashtirish borasida ham faol harakat qilmoqda. Xususan, «Bitiruvchilarning ijtimoiy-maishiy moslashuvi» loyihasi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini Vatanga muhabbat, umrboqiy an`ana va qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, «ommaviy madaniyat» ta`sirlaridan asrab-avaylash, murakkab taqdirli bolalarning hayotda o'z o'rnini topishida muhim o'rin tutmoqda.
Aytish joizki, jamg'arma faoliyatida bolalarning sifatli ta`lim olishiga alohida ahamiyat beriladi. Shu bois 2003 yilda jamg'arma qoshida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar farzandlari va imkoniyati cheklangan bolalarni o'rta-maxsus va oliy o'quv yurtlariga tayyorlash uchun mo'ljallangan o'quv markazi tashkil etildi. Markazda matematika, kimyo, informatika, ingliz tili, rus tili va adabiyoti, etika va estetika, o'zbek madaniyati va milliy an`analar fanlari bo'yicha darslar o'tkaziladi. E`tiborli jihati, markazda hozirgi kunga qadar 2000 dan ortiq bolalar ta`lim olib, ulardan 214 nafari respublikamizdagi eng nufuzli oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirishga muvaffaq bo'ldi.
O'quv markazida men hayot maktabini o'tadim, u yerda mehnatni sevishga, o'qishga intilishga, qo'yilgan maqsadlarga erishishga o'rgandim, - deydi poytaxtimizdagi 30-Mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi Denis Malenkix. - Bu menga mustaqil hayotga dadil qadam qo'yishga yordam berdi. 2004 yilda Toshkent avtomobil yullari institutining talabasi bo'ldim. Ayni paytda shu yerda Transport va transport kommunikatsiyalarini boshqarish fakultetining dekan o'rinbosari vazifasida faoliyat yuritayapman. Shuni alohida ta`kidlashni istardimki, mening erishayotgan yutuqlarimda «Sen Yolg'iz Emassan» jamg'armasining alohida o'rni bor.
3-mavzu. Isloxotlar sharoitida Yoshlar ijtimoiylashuvi muammolari.
Yoshlarga oid siyosat O`zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustivor yo`nalishi bo`lib, uning maqsadi Yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo`lida imkoni boricha to`la-to`kis ro`yobga chiqishi uchun ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir. O`zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi:millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma'lumoti va siyosiy e'tiqodidan qat'i nazar Yoshlar to`g`risida g`amxo`rlik qilish; Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish; milliy, madaniy an'analarning avloddan avlodga o`tishi, avlodlarning ma'naviy aloqasi; Yoshlarning tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash, Yoshlar O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari doirasida o`z manfaatlarini amalga oshirish yo`llarini erkin tanlab olishlariga kafolat berish;
jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika Yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda Yoshlarning bevosita ishtirok etishi; huquq va burchlarning erkinlik va fuqarolik mas'uliyatining birligi.
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida O`zbekiston Respublikasi tasarrufiga quyidagilar kiradi:
respublika hududida Yoshlarga oid davlat siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilash;
Yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ta'minlash;
Yoshlarga oid davlat siyosati boshqaruv idoralarini tuzish;
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida respublika kompleks va aniq maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mo`ljallangan moliyaviy mablag`larni tasarruf etish;
respublika Yoshlarining manfaatlarini O`zbekistonning respublikalararo va xalqaro majburiyatlari doirasida ifodalash;
respublika hududida Yoshlarning va ular birlashmalarining ijtimoiy munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish;
respublika Yoshlarining, Yoshlar jamoat uyushmalarining tashabbuslarini iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy jihatdan qo`llab-quvvatlash;
hamma huquq sub'ektlarining O`zbekiston Respublikasi qonunlarida Yoshlarga nisbatan belgilab qo`yilgan majburiyatlariga rioya etishlarini nazorat qilish, O`zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid siyosatni shakllantirish hamda amalga oshirishning boshqa masalalari.
Yoshlarga oid davlat siyosati O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, ushbu Qonunga va Yoshlarning manfaatlariga daxldor bo`lgan ijtimoiy, iqtisodiy hamda o`zga munosabatlarni tartibga soladigan boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi.
O`zbekiston Respublikasi ushbu Qonun orqali 14 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan fuqarolarga taalluqli Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy negizini belgilab beradi va uni tegishli qonunlarni rivojlantirish hamda tizimga solish uchun asos deb e'tirof etadi.
Agarda O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mazkur Qonundagidan va O`zbekiston Respublikasining Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risidagi boshqa qonun hujjatlaridagidan o`zgacha qoidalar belgilangan bo`lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo`llanadi.
Yosh fuqarolarni huquqiy muhofaza qilish davlat va jamoat tashkilotlari, birlashmalar va korxonalarning Yoshlarga nisbatan huquqiy jihatdan mustahkamlab qo`yilgan vazifalarini shaxsning qadr-qimmatini oilada, mehnat va o`quv jamoasida, turar joyda har tomonlama himoya qilishni o`z ichida oladi.
Yoshlarni huquqiy muhofaza qilish O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda vakillik, ijroiya, sud hokimiyati idoralari, shuningdek huquq-tartibotni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasining yosh fuqarolari Konstitusiya va qonun hujjatlarida mustahkamlab qo`yilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va shaxsiy huquq hamda erkinliklardan to`liq foydalanadilar. Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ularning yoshiga qarab qandaydir bevosita yoki bilvosita cheklab qo`yishga yo`l qo`yilmaydi va bunday hatti-harakatlar amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi. Voyaga yetmaganlarning muomala layoqati masalalari, yosh fuqarolar ayrim toifalarining (nogironlar, uy bekalari, bolalar uyida tarbiyalanayotgan hamda tarbiyalanib chiqqanlarning va hakozo) huquqlarini himoya qilish masalalari O`zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solib turiladi.
O`zbekiston Respublikasida Yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo`ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday hatti-harakatlar man etiladi.
Davlat iste'dodli Yoshlarni alohida qo`llab-quvvatlaydi. O`zbekiston Respublikasida davlat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar iste'dodli Yoshlarni aniqlashda va ularning ijodiy kamol topishida ko`maklashishlari shart. Ana shu maqsadda O`zbekiston Respublikasida fan va texnika, iqtisodiyot, boshqaruv, san'at sohalarida iste'dodli Yoshlarni qidirib topishni, ularni muhofaza qilish va qo`llab-quvvatlashni amalga oshirishda moddiy-texnika bazalari bilan ta'minlangan davlat muassasalari, jamoat birlashmalari va komissiyalar faoliyat ko`rsatadi. Iste'dodli Yoshlarni qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari respublika va mahalliy byudjetlar, hamda boshqa manbalardan pul bilan ta'minlanadi. (O`zR 30.04.2004 y. 621-II-son Qonuni taxriridagi modda matni) O`zR 01.05.1998 y. 621-I-son Qonuniga muvofiq 9-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlangan
Yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish jismoniy, aqliy, axloqiy jihatdan o`sishini va O`zbekiston xalqining manfaatlari yo`lida ijtimoiy kamol topishini ta'minlash uchun yosh fuqarolar va ularning oilalariga beriladigan davlat kafolatlarini o`z ichiga oladi.O`zbekiston Respublikasida Yoshlar uchun: bepul tibbiy xizmat;bepul ta'lim olish;sport-sog`lomlashtirish va madaniy-ma'rifiy muassasalarga imtiyozli shartlarda qatnash;uy-joy qurish, ro`zg`or buyumlari sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish; dastlabki mehnat faoliyati uchun ish joyi bilan ta'minlanish yoki amaldagi qonunlarga muvofiq moddiy kompensasiya olish huquqi; ijtimoiy infrastruktura ob'ektlarini loyihalash va qurish chog`ida Yoshlarning talab-ehtiyojlarini hisobga olish; o`quvchilar, talaba Yoshlar va voyaga yetmagan fuqarolar uchun transportda yurish imtiyozlari;
voyaga yetmaganlarga kompensasiya to`lovlarini kafolatlovchi ijtimoiy ta'minlanish minimumi belgilanadi.Voyaga yetmaganlarni, yosh fuqarolarning ayrim toifalarini (nogironlar, uy bekalari, bolalar uyida tarbiyalanayotgan va tarbiyalanib chiqqanlar, o`quvchilar, talabalar, harbiy xizmatni o`tab qaytgan harbiy xizmatchilar, zahiradagi harbiy xizmatchilar va shu kabilarni) ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar, shuningdek ularning huquqlarini amalga oshirish tartibi O`zbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
Yoshlarga oid siyosat O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladigan va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan davlat negizida amalga oshiriladi. (O`zR 03.12.2004 y. 714-II-son Qonuni taxriridagi qism)Davlat dasturining ishlab chiqilishidan va ro`yobga chiqarilishidan ko`zlangan asosiy maqsad Yoshlarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlashni, insoniy qadr-qimmatini, o`ziga xos, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan, ixtiyoriylik va tanlash imkoniyati qoidalari asosida Yoshlarning xalq xo`jaligida mehnat qilishlariga ko`maklashishdan iboratdir. Davlat dasturini ro`yobga chiqarishda mulkchilikning turidan qat'i nazar korxonalar, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar ishtirok etadi.Davlat dasturi moddiy resurslar, mehnat resurslari va moliyaviy resurslar bilan ta'minlanadi.Mahalliy hokimiyat idoralari kichik dasturlar, shuningdek mustaqil hujjatlar tarzida dasturlar ishlab chiqadilar. Dasturlarning ro`yobga chiqarilishi mahalliy byudjet mablag`lari va pul bilan ta'minlashning boshqa manbalaridan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasida Yoshlarni, yosh oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish, Yoshlarning jamoat uyushmalari va ularning korxonalarini qo`llab-quvvatlash, Yoshlarning fuqaro sifatidagi tashabbuskorligini ro`yobga chiqarishga yordam ko`rsatish maqsadlarida Yoshlar davlat-jamoat ijtimoiy xizmati amal qiladi.
Yoshlar ijtimoiy xizmati faoliyatining yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
psixologik-pedagogik, tibbiy-biologik, huquqiy yordam ko`rsatish va voyaga yetmaganlar hamda boshqa yosh fuqarolarga maslahat berish;
jismoniy nuqsonlari tufayli juda noqulay sharoitda qolgan yosh fuqarolarga ijtimoiy yordam ko`rsatish;yosh oilalarga ijtimoiy yordam ko`rsatish;
mehnat va o`quv jamoalarida Yoshlarni huquqiy himoya qilish;
voyaga yetmagan huquqbuzarlarga maxsus tarbiya muassasalarida ijtimoiy yordam ko`rsatish;
ozodlikdan mahrum etish va maxsus muassasalaridan qaytgan yosh fuqarolarni ijtimoiy jihatdan tiklash (ko`niktirish); Yoshlarning jamoa bo`lib va yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishlarini qo`llab-quvvatlash hamda bu faoliyatni rivojlantirish;huquqiy tashviqot, Yoshlarni ishga joylashish, ta'lim olish va kasbiy tayyorgarlik ko`rish, bo`sh vaqtni mazmunli o`tkazish, turizm va sport bilan shug`ullanish sohasidagi manfaatlarini ro`yobga chiqarishlari uchun mavjud imkoniyatlar to`g`risida xabardor etish;Yoshlarning o`zini o`zi boshqarish shakllarini rivojlantirish;Yoshlarning yashash joylarida o`z bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlarini tashkil etishga ko`maklashish va Yoshlarga yordam ko`rsatish borasidagi boshqa vazifalarni bajarish.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari hududdagi o`ziga xoslikni hisobga olgan holda ijtimoiy xizmatning aniq shaklini belgilaydi.
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi tadbirlarni pul bilan ta'minlash byudjetlar, Yoshlar jamg`armasi va boshqa jamg`armalar mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.Quyidagilar respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar, shuningdek respublika jamg`armalari va boshqa jamg`armalarning mablag`lari hisobidan pul bilan ta'minlanadi: Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi respublikaning kompleks va aniq maqsadli dasturlari;Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi kechiktirib bo`lmaydigan vazifalarni hal etishni jadallashtirishga qaratilgan, aniq maqsadlar uchun qilinadigan xarajatlar; Yoshlar jamoat tashkilotlarining ijtimoiy jihatdan muhim bo`lgan dasturlarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha qilinadigan xarajatlar; O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari bo`yicha davlat Kengashi va unga bo`ysunuvchi muassasalarni ta'minlashga ketadigan xarajatlar;
O`zbekiston Respublikasi tuzgan shartnomalarga muvofiq Yoshlarning mintaqalararo miqyosda va xalqaro aloqalarni amalga oshirish uchun qilinadigan xarajatlar;
O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan yosh fuqarolarni ijtimoiy ta'minlashning kafolatlangan umumdavlat minimumiga qilinadigan xarajatlar;
voyaga yetmagan fuqarolarga kompensasiya to`lash bilan bog`liq xarajatlar.
Inson doimo farovon jamiyatni orzu qilib kelgan va bunday jamiyatni qurishni hokimiyatga bog’liq deb hisoblagan. Hozirgi kunda O’zbekiston ozod, obod va farovon jamiyat qurishga intilib yashamoqda. Lekin bunday jamiyatni qurish faqat hukumatga emas, balki ana shu hokimiyatni yaratgan xalqqa ham bog’liq ekanligini unutmasligimiz lozim. Chunki hokimiyatni qandayligi xalqqa bog’liq bo’lib hisoblanadi va u xalqqa xizmat qilish uchun xalq tomonidan nazorat qilib borilishi kerak bo’ladi. Bu esa, odamlarda ma’lum bir darajada bilim va malaka bo’lishini hamda mas’uliyat va javobgarlik hissi bo’lishini taqozo etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2005 yil 7 fevralda o’zini Vazirlar Mahkamasidagi chiqishlarida biz rahbarlardan ikkita narsani, ya’ni ma’suliyat va kompetentlikni talab qilamiz deb aytdi. Ana shu mas’uliyat va kompetentlik nafaqat rahbarlarda, balki barcha odamlarda eng avvalo kelajagimiz bo’lgan Yoshlarda shakllanishi lozim. Ularni shakllanishi esa tarbiya jarayoniga bog’liqdir.
Biz quyida Yoshlarda forovon jamiyat tomon yetaklaydigan mas’uliyatni tarbiyalash to’g’risida gapirishni maqsad qilib qo’ydik. Shu o’rinda tarbiyani mazmun mohiyatini eslashni lozim deb topdim. Tarbiya bu insonni ijtimoiy hayotga tayyorlash maqsadida uni ma’naviy va jismoniy rivojlanishiga tizimli va maqsadli ta’sir etish jarayonidir. Demak biz tarbiya jarayonida Yoshlarimizni farovon jamiyat qurishga qodir shaxs qilib tayyorlash uchun ularga ma’nan va jismonan tarbiya berishimiz kerak. Ularga ma’nan ta’sir etishda asosan e’tibor o’tmish va kelajak avlod oldida javobgarlik hissini shakllantirishga qaratilishi lozim. Mamlakattimizda Yoshlarga juda katta e’tibor qilinib, moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirib kelinmoqda. Buni biz 2008 yili Yoshlar yili deb e’lon qilinishda ham ko’rishimiz mumkin. Demak mamlakatimizda Yoshlarga har taraflama qulay sharoit yaratilgan. Yoshlar esa bunga javoban ijtimoiy-siyosiy hyotda faol bo’lib mas’uliyatni his qilib, farovon jamiyat qurishda o’z hissalarini qo’shishlari lozim. Shu o’rinda nima uchun aynan shu bayramda yangi yilga nom berilishini aytib o’tish lozim. Buning bizning nazoratimizda ikkita sababi bor, birinchisi, bayram yangi yil arafasiga to’g’ri kelganligi bo’lsa, ikkinchisi, Konstitusiya inson manfaatini himoya qiladigan hujjat ekanligi uchun bo’lsa ajab emas.
Yoshlar yilini e’lon qilinishi nafaqat yig’ilish qatnashchilari balki butun aholi tomonidan katta quvonch bilan qabul qilindi. Chunki kelajagimiz bo’lgan Yoshlarni taqdiri barchamiz uchun muhim ahamiyatga ega.
Yoshlar yilining mohiyati nimada desak ushbu yilda ijtimoiy siyosatda Yoshlar manfaati ustuvor ahamiyatga ega bo’ladi. Buning uchun hukumat Yoshlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqib amalga oshiradi.
Yana bir muhim fikrni aytib o’tish lozim bu Yoshlarga amaliy ish berish vaqti yetganligi ya’ni Yoshlarga faqat ishonch emas balki amalda ulardan foydalanish kerakligi aytildi. Bu esa aholini 64%ni tashkil qiladigan Yoshlarni ijtimoiy – siyosiy hayotga faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi deb o’ylaymiz. Yoshlarga bo’lgan bunday munosabat ularni mas’uliyatini, javobgarligini ham oshiradi. Bunday mas’uliyatni shakllantirish esa tarbiya jarayonida davlatning Yoshlarga bo’lgan alohida munosabatni tushuntirishga bog’liq.
Har qanday jamiyatni rivojlanishi shu jamiyatda yashayotgan odamlarni ongiga bog’liq. Boshqacha qilib aytganda hayotga ongli munosabatda bo’lishga bog’liq. Hayotga ongli munosabatda bo’lish uchun esa ikkita savolga javob bo’lish kerak. Birinchisi jamiyatimizni hozirgi kunini mohiyati nimadan iborat va ikkinchisi dunyoda qanday jarayon ketyapti, tarix qay tomon ketayapti degan savollarga javob berish kerak.
Zamonamizning mohiyati kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tishdan iborat. Dunyoda esa, demokratik prinsiplarning o’rnatilishi va ularning ustuvorligi amal qilmoqda. Ana shularni tushungan odam ushbu jarayonda o’zini o’rnini va rolini bilishi kerak. Shu jarayonda faol ishtirok etishi lozim. Ana shunda hayotga ongli munosabatda bo’lish shakllanadi.
Albatta buning uchun odamga ma’lum bilim va malaka kerak. Lekin aynan bu bilan cheklanib bo’lmaydi. Odamga hayotga ongli munosabatda bo’lish uchun bilim va malakadan tashqari mas’uliyat, javobgarlik ham kerakki busiz odam hayotga ongli munosabatda bo’la olmaydi. Bunday odamni ya’ni mas’uliyatsiz odamni bilimidan na o’ziga na jamiyatga foyda bo’ladi. Xo’sh odamda mas’uliyat bo’lishi uchun nima kerak.
Insonda mas’uliyat, javobgarlik bo’lishi uchun unda ma’lum bir maqsad va shu maqsadga yetaklaydigan g’oya bo’lishi kerak. Agar o’sha maqsadga yetaklaydigan g’oya inson qalbidan joy olsa, ana shunda odamda mas’uliyat shakllanadi. Chunki insonda mas’uliyat bo’lishi faqat tashqi nazorat faktoriga emas, balki ichki nazorat omiliga ham bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda inson o’zini o’zi nazorat qilib turishi kerak. Bunday ichki nazoratni bo’lishi esa, ezgu maqsad va ezgu g’oyalarni taqozo qiladi. Bizda bunday maqsad va g’oyalar mavjud. Bosh maqsadimiz ozod va obod jamiyat qurish bo’lsa, bu maqsadga yetaklaydigan g’oyalar milliy istiqlol mafkursida mujassam bo’lgan yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligidir. Ana shu ezgu g’oyalar ya’ni yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligi g’oyalarini insonni ongiga singdirish mas’uliyatni shakllantiradigan ichki omil bo’lib hisoblanadi.
Shu o’rinda milliy istiqlol g’oyasini paydo bo’lishi va uni mohiyati to’g’risida gapirishni lozim topdik. Ushbu g’oya mustaqilligimizni ilk yillarida eski mafkura tugab yangi mafkura yaralmay mafkuraviy bo’shliq yuzaga kelib Yoshlarimizni qalbini turli xil soxta g’oyalar egallab borayotgan qaltis bir vaziyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ko’tarilib chiqildi. Ana shundan so’ng yangi milliy g’oya yaratilib mafkuraviy bo’shliq tugatildi va buyuk maqsad sari xalqimizni birlashtirish imkoniyati paydo bo’ldi.
Xo’sh milliy g’oya nima? Buning uchun oldin g’oya nima degan savolga javob berish lozim. G’oya bu obyektiv reallikdagi voqyeylikni inson tafakkurida aks etish shaklidir. Inson ongidagi voqyeylik to’g’risidagi fikr g’oya darajasiga yetishi uchun fikr chuqur anglab olinib o’sha voqyeylikni takomillashtirishiga intilishi lozim. Demak milliy g’oya – bu kishilarni mavjud sharoitga munosabatlari anglab olinadigan va baholanadigan hamda, mavjud sharoitni yanada takomillashtirishga yetaklaydigan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik va falsafiy qarashlar va g’oyalar majmuidir.
Yoshlarda mas’uliyatni shakllantiradigan milliy istiqlol g’oyasini qalbga singdirilishi mustaqillikni qadriga borishni taqozo qiladi. Mustaqillikni qadriga borish uchun esa, uni qanchalik buyuk ne’mat ekanligini anglab olish lozim. Respublikamizda asosiy e’tibor milliy mustaqillikni mustahkamlashga va yanada takomillashtirishga qaratilmoqda. Chunki milliy taraqqiyot faqat mustaqillik orqaligina amalga oshirilishi mumkin. Lekin bizni mustaqillikka nisbatan osonlik bilan erishganimiz uni ahamiyatini ozroq pasaytirgandan bo’layapti.
Aslida unday emas, biz mustaqillikka ancha qiyinchiliklar bilan erishganmiz. Faqat mustaqillik uchun olib borilgan kurash bilan mustaqillikka erishilgan vaqt o’rtasida ma’lum bir vaqt masofasi borligi mustaqillik uchun bo’lgan kurashlarni sezilarli qilmayapti. Demak hamma gap ana shu kurashlarni ko’rsata olishda.
O’zbek xalqining mustaqillik uchun bo’lgan kurashlariga O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinishidan buyon bo’lgan harakatlarni misol qilib qo’rsatish mumkin. Bunday harakatlarga O’rta Osiy xalqlarining mustamlakachilarga qarshi olib borgan kurashlari – Po’latxon qo’zg’oloni, Dukchi Eshon qo’zg’oloni, 1916 yil qo’zg’oloni, fuqarolik urushi yillaridagi «bosmachilik» harakatlari, Quqon muxtoriyati, qatag’onlik yillaridagi o’zbek ziyolilarining eng ilg’or qismidan 40 ming kishini qurbon qilinishini misol qilib ko’rsatish mumkin. O’zbek xalqining Maxmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori, Siddiqiy – Ajziy, Ibrat, Fitrat, Tavallo, Qodiriy, Cho’lpon kabi mutafakkirlari milliy istiqlol g’oyalari uchun qurbon bo’lganliklarini yoddan chiqarmasligimiz lozim. Mustaqillikka erishgan vaqt bilan mustaqillik uchun olib borilgan kurash o’rtasidagi vaqtning kattaligi tufayli bu qurbonliklarning kurashlari unutilib yuborilmasligi kerak.
Yoshlarimiz ana shu istiqlol yo’lida bo’lgan qurbonliklarni mohiyatini anglab olib ularni ruhi oldida javobgarlikni his qilishi lozim. Undan tashqari biz o’z boy tariximiz bilan ya’ni Ibn Sino, Beruniy va Amir Temurlar bilan faxrlanamiz, g’ururlanamiz va ana shu g’urur bizga ularni ruhi oldida javobgarlik hissini shakllantirishi lozim. Biz o’tmshimiz bilan faxrlanar ekanmiz, shunday yashashimiz kerakki kelajak avlod ham biz bilan faxrlanib yashasin. Demak biz o’tmish va kelajak oldida javobgarlikni his qilib yashashimiz lozim. Bu esa, jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydigan muhim omil bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimizni asriy orzusi bo’lgan mustaqillikni qadriga borib, milliy iftixor tuyg’usi asosida ajdodlarimiz bilan faxrlanib, o’tmish va kelajak avlod oldida javobgarlikni xis qilib yashash bosh maqsadimiz bo’lgan farovon jamiyat sari yetaklaydigan omildir.
Dostları ilə paylaş: |