QATNAShChILARI 60. Bolalar, ota-onalar, pedagoglar, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
61. Bolalarning ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida bo’lgan davri uchun badal to’lovi miqdori va to’lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. To’lov belgilangan tartibda banklarda ochilgan hisob raqamlariga to’lanadi.
62. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi bilan ota-onalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Shartnomada bolalarni muassasaga qabul qilish va kun davomida paydo bo’ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi belgilab qo’yiladi.
63. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi pedagog xodimlari va tarbiyalanuvchilarining huquq va majburiyatlari ushbu muassasaning ustavida belgilanadi.
64. Tegishli soha bo’yicha ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxslar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega bo’ladi.
65. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog-tarbiyachilari bola shaxsini shakllantirish, undagi nuqsonlarni korreksiyalash, nuqsonlar bilan bog’liq bo’lgan bilish faoliyatidagi o’ziga xosliklarini me’yorga keltirish, bu toifa bolalarning bilimga oid qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish sohasida ish olib boradilar.
66. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining pedagoglari bola rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash ishlarida defektolog va tegishli shifokorlarning ishlarini davom ettiradi, bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda individual yondashuvni amalga oshiradi, o’z guruhidagi bolalarning hayoti va salomatligi saqlanishi uchun javob beradi.
67. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari muassasa ma’muriyati bilan birgalikda bolalar salomatligini himoya qilish va bolalarning psixofiziologik holatini mustahkamlash, dispanserizasiya, profilaktika va epidemiyalarga qarshi sanitariya-gigiyena tadbirlari o’tkazilishi, bolalarni chiniqtirish, ularning sog’lom ovqatlanishini nazorat qilish uchun javob beradilar.
68. Ota-onalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiya faoliyati, o’z bolalariga berilayotgan ta’lim va ko’rsatilayotgan tibbiy-korreksion yordam bilan tanishish huquqiga egadir.
6-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA