Magistratura mutaxassisliklari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə13/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Ergonomik omillar, birinchidan, inson amallari to’plamini ratsional aniqlash, ikkinchidan, insonning texnik vositalar va axborot muhiti bilan bilan ratsional bog’lanishini ta’minlash imkonini beradi.
Psixologik omillar katta ahamiyatga ega, chunki axborot tizimlarini tadbiq qilish inson faoliyatini tubdan o’zgartiradi. Yangi imkoniyatlarni tadbiq etish natijasida faoliyatni ratsionallashtirish bilan bog’liq ijobiy onlarning yuzaga kelishi bilan birga negativ ko’rinishlar ham yuzaga keladi. Bularga turli omillar sabab bo’lishi mumkin: psixologik to’siq (baryer), funksiyalarning murakkablashishi va boshqa sub’yektiv omillar (ishni tashkillashtirish shartlari, ish haqi darajasi, malakaning o’zgarishi,


23
mehnat samaradorligi).
Axborot tizimlari muhitida ishlashda inson obyektning o’zini emas, balki uning umumlashtirilgan axborot modelini qabul qiladi. Axborot tizimlarini ishlab chiqish va tadbiq etish jarayonida insonning axborotga zaruratini e’tiborga olish lozim. Olinayatgan axborot passiv (axborot foydalanuvchiga qat’iy algoritmda taqdim etiladi) yoki aktiv (foydalanuvchi o’ziga zarur bo’lgan ma’lumotlarni yaratadi) bo’lishi mumkin. Axborotlarni taqdim etish amalining asosiy vazifasi «inson- kompyuter» tizimida samarali interfeys yaratishdir. Bunda axborotni foydalanuvchi qabul qilishi uchun qulay bo’lgan shakl (forma)ga almashtirish amalga oshiriladi. «Inson-kompyuter» tizimida mavjud bo’lgan interfeyslar ichida ikkita asosiy turni ajratish mumkin: menyu asosida («qara va tanla») va buyruqlar tili asosida («eslab qol va ter»).
Menyu tur interfeyslar foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini yengillashtiradi va tizim bilan muloqot qilish tilini qo’shimcha o’rganishni talab qilmaydi. Muloqotning har bir qadamida joriy vaqtda mumkin bo’lgan barcha buyruqlar menyu bo’limlari to’plamlari ko’rinishida taqdim etiladi. Foydalanuvchi zarur buyruqni tanlaydi. Bunday muloqot usuli boshlovchi va mutaxassis bo’lmagan foydalanuvchilar uchun juda qulay.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin