Fon rangi va matn rangining kombinatsiyasini to‘g‘ri tanlash, sahifadagi matnni qiynalmasdan o‘qish imkonini beradi.
bgcolor="#ffffff" text="yellow">
Matn va fonnig yomon rangi
Fon rangi va matn rangining kombinatsiyasini noto‘g‘ri tanlash, sahifadagi matnni o‘qishda qiyinchiliklarga olib keladi.
tegi fonni aniqlash imkonini beruvchi ikkita atributga ega: bgcolor (rang yordamida) va background (tasvir yordamida). HTML sahifasi uchun fon rangi bgcolor atributi yordamida aniqlanadi. Atributning qiymati o’noltilik son, RGB qiymati yoki rang nomi bo’lishi mumkin:
Yuqorida keltirilgan barcha satrlar qora fon rangini beradi. Rangni berish ko’proq uchun birinchi usuldan foydalaniladi.
HTML sahifasiga fon uchun tasvirni tanlashda background atributidan foydalaniladi. Bu atributning qiymati foydalanish talab
177
qilingan tasvirning URL manzili hisoblanadi. Agar tasvir brauzer oynasidan kichik bo’lsa, tasvir oyna to’lmagunga qadar davriy takrorlanadi. URL manzilni nisbiy yoki absolyut bo’lishi mumkin.
Fonda tasvirdan foydalanish uchun quyidagilarni unutmaslik kerak: Fon rangi yuklanish vaqtini cho’zib yubormaydimi?
Fon rangi sahifadagi boshqa tasvirlar bilan uyg’unlashadimi? Fon rangi sahifadagi matn rangi bilan uyg’unlashadimi?
Fon rangi davriy takrorlansa, tasvir yaxshi ko’rinadimi? Fon rangi tasviri matndan e’tiborni olib qo’ymaydimi?
HTMLning so’nggi talqinlarida (HTML 4 va XHTML) tegida
bgcolor, background va text atributlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. World Wide Web (W3C) konsorsumi bu atributlarni o’z tavsiyalaridan chiqarib tashlagan. Uning o’rniga stillar jadvalidan (CSS) foydalanish lozim. Stillar jadvalidan foydalanilganda fonni sozlashni boshqarish ancha qulay bo’ladi.
Fon tasvirlarini qo’yishga misol keltiraylik.