Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə66/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

Elektron virtual kutubxona. Bu elektron kutubxon ham multimedia sohasining keng imkoniyatlaridan biri bo’lib, u elektron nusxa yoki elektron multimedia materiallari jamlangan, ichki tarmoqqa ulangan sayt. Undan tarbiyachi bolalarning bilimlarini boyitish, notanish so’z va iboralar haqida ma’lumot olish, milliy-madaniy meros bilan bog’liq ma’lumotlarni olishda foydalanishi mumkin va hk..
Katta hajmdagi axborotlarni bilish maqsadida har bir talaba, bo’lajak tarbiyachi qisqa vaqt mobaynida o’zlashtirishi, ongida shakllantirishi va amaliy faoliyatida qo’l kelishi maqsadidan kelib chiqqan holda foydalana bilishi zarur. Zamonaviy texnika vositalaridan foydalanib tashkil etiladigan dars va mashg’ulotlarda har bir tarbiyalanuvchi o’zini erkin his etib, faol ishtirok etishi, o’rganilayotgan o’quv makterialiga qiziqish bilan yondashib, ijodiy fikrlashi, o’z mehnati samarasini ko’rib, uni baholay olishi zarur. Bo’lajak tarbiyachi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda bu jiddiy ta’lim dasturiga oid material ekanligini unutmasligi zarur.
Mashg’ulotlarni loyihalashtirishda tarbiyachi yuqorida taqdim etilgan turli dasturiy mahsulotlardan samarali foydalana bilishi zarur. Mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishda dasturiy mahsulotlar (entsiklopediya, lug’atlar, ta’limiy dasturlar va hk.)dan foydalanishda kompyuterning o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Mashg’ulotlarni kompyuter texnologiyasi vositasida tashkil etishda barcha yo’nalishlar bo’yicha yangi mavzularni ko’rgazmali tushuntirish imkoniyati mavjud.
Axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanishning afzalligi: ta’limni individuallashtirish; talabalarning mustaqil ishlarini mujassamlashtirish; amalga oshirilgan topshiriqlar hajmining ortishi; internetdan foydalanilganda axborot oqimi doirasining kengayishi natijasida o’zlashtirishda faollik va motivatsiyaning kuchayishini ko’rish mumkin.
Mashg’ulotlarni axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanib tashkil etishda har qanday pedagog o’z mehnatining ko’p qismini kompyuterga yuklashi mumkin bo’ladi. Bu bilan o’quv jarayonini yanada qiziqarli, rang-barang qilib, mazmunan boyitadi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchining bilimini o’z vaqtida xolisona baholab boradi, ularga noan’anaviy saboq berish usullarini topishga ijodiy yondashadi. Bu tarbiyachining kasbiy jihatdan rivojlanishiga ham asos bo’ladi.
Ta’limning har bosqichida bilim olayotgan tarbiyalanuvchining bilimini qisqa vaqt mobaynida aniqlab, uni to’g’ri yo’naltirishida pedagog oldida qulay imkoniyat yaratiladi. Bundan tashqari, tarbiyalanuvchi olishi kerak bo’lgan axborotni hali davr talabiga mos vaqtida, o’z dolzarbligini yo’qotmasdanoq olish imkoniyati mavjudligi va topshiriqning murakkablik darajasini to’g’ri baholash sharoiti ham yaratiladi.
Tarbiyalanuvchilar kompyuterda masalalarni yechish, jadval va grafik yechimlarni tuzish, chizmalar chizish, bog’lanishli matnlar yaratish, kiritilgan savol va topshiriqlar ustida ishlash, rasmlar chizish kabi ko’plab imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Bu, o’z navbatida, ularning ijodiy tafakkuri rivojlanishiga zamin bo’lib xizmat qiladi.
Ayni zamonda, o’z kasbining mahoratli sohibi bo’lgan pedagog tomonidan o’zining chuqur bilimi, katta tajribasiga tayangan holda, axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanib o’tkazgan dars-mashg’ulotlari, namoyish etilgan media-mahsulotlari, ko’rgazmali materiallari asosida yanada qiziqarli bo’lib, oson o’zlashtiriladi va ularda mustaqil fikrlash hamda o’z ustida ishlash malakalarini mustahkamlaydi.
Oliy maktab ta’limi jarayonida axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanib dars o’tishni o’zlashtirib olgan bo’lajak tarbiyachilar o’z amaliy faoliyatlarining samaradorligini ta’minlashda ham internet ma’lumotlariga murojaat qiladilar. Masalan, maktabgacha ta’limiy faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida internet orqali mavzuga daxldor syujetli rasmlar, ilmiy-ommabop lavhalar, didaktik o‘yinlar, badiiy asarlarning mazmuni va qahramonlariga ishlangan suratlar, o’zi uchun zarur bo’lgan nazariy ma’lumotlarni topib foydalanishi mumkin bo’ladi. Bundan tashqari, tarbiyalanuvchilarini ham internet ma’lumotlaridan foydalanishga yo’naltiradilar. Maktabgacha ta’limning bunday zamonaviy tarzda tashkil etilishi tarbiyalanuvchilarning ham diqqatini tortadi, bilimlarni o’zlashtirish jarayonini qiziqarli bo’lishini ta’minlaydi. Faqat bugungi kunda kerali ma’lumotlarni topish uchun tarbiyachi ham, tarbiyalanuvchi ham ingliz va rus tillarini bilishi talab etiladi.
Xulosa qili aytganda, ko’rgazmalilikning zamonaviy usullari bilan birga an’anaviy tamoyillaridan ham o’rni bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayni zamonda, tarbiyalanuvchilarning zamonaviy axborot kommunikativ texnologiyalarga oqilona yondashishini nazorat qilish ham bugun paydo bo’lgan yangi vazifadir.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin