Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/51
tarix10.10.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#64850
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51
2 – masala. 5 litr xajmli va 3 litr xajmli idishlardan foydalanib
ichimlik suvi jo`mragidan 1 litr suvni qanday qilib quyib olish 
mumkin? Idishlardagi suvni to`kish uchun suv chanog`i mavjud. 
Yechish: Masala yechimini jadval ko`rinishida ifodalaymiz 
Idishlar 
Qadamlar 




5 litr 




3 litr 




Ushbu masala shartlari saqlangan holda 2litr, 3litr, 4litr, 5litr,6litr, 
7litr va 8litr suvlarni qanday qilib quyib olish mumkinligini 
aniqlaylik. 


27 
–3 litr,5 litr va 8 litr suvni oson quyib olish mumkin. Buning 
uchun idishlardan birini yoki ikkalasini to`ldirish etarli.
– 6 litr suvni quyib olish uchun 3 litrli idishni to`ldirib, uni 5 litrli 
idishga quyamiz, so`ngra yana 3 litrli idishni to`ldiramiz, ikkala 
idishdagi suv 6 litrni tashkil etadi; 
– 
2 litr suvni quyib olish uchun 5 litrli idishni to`ldirib, 
undan 3 litrli idishga quyamiz.
– 
agar, so`ngra 3 litrli idishni to`kib bo`shatib, unga katta 
idishdagi 2 litr suvni quysak va 5 litr idishni to`ldirsak, ikkala 
idishdagi suv 7 litrni tashkil etadi; 
– 
4 litr suvni quyib olish uchun 5 litrli idishni to`ldirib, uni 3 
litrli idishga quyib va uni to`kib bo`shatib, unga endi katta idishdagi 
2 litr suvni quyib, undan so`ng, yana 5 litrli idishni to`ldirib, undan 3 
litr idish to`lgunga qadar suv quysak, katta idishda 4 litr suv qoladi. 
Ko`rinib turibdiki ushbu yechimlarga tayangan holda bu turdagi 
masalalarni yechishda qo`llanilgan xulosalar zanjirni qurishga 
“umumiy” yondoshishni aniqlash qiyinchilik tug`diradi. 
Yechimlarni tizimli ya’ni” umumiy” usuldan foydalanib hosil 
qilish uchun, quyidagicha ish tutamiz: quyib olinayotgan suvni ko`z 
chama bilan emas balki aniq o`lchashni amalga oshiradigan 
operatsiyalarni komandalar deb nomlaymiz va ular uchun quyidagi 
qisqartirilgan belgilashlarni kiritamiz: 
KT- katta idishni krandan to`ldirish; 
kT - kichik idishni krandan to`ldirish; 
KB - katta idishdagi suvni chig`anoqqa to`kib, to`la bo`shatish; 
kB- kichik idishdagi suvni chig`anoqqa to`kib, to`la bo`shatish; 
KkQ- katta idishdan kichik idishga suvni u to`la bo`shaguncha, 
yoki kichik idish to`lguncha quyish; 
kKQ -kichik idishdan katta idishga quyish; 
Endi faqat kT, KB va kKQ operatsiyalarni bajarish natijasida
qanday miqdordagi suvni quyib olish mumkinligini aniqlaymiz.


28 
Boshlash 
kT 
kKQ 
KT? 
КB 
kB? 
Yo’q 
Ha 
Yo’q 
Ha 
Bunda katta idish to`lgan hollarning barchasida kKQ 
operatsiyadan keyin, har doim KB operatsiyasi, 
kichik idish bo`shatilgan bo`lsa, kT operatsiyasi 
agar bir vaqtda ularning ikkalasi bo`lsa, u 
holda oldin KB operatsiyasi har doim 
bajariladi. 
Bu operatsiyalar ketma-ketligini quyidagi 
blok-sxema yordamida ifodalaymiz. (6-rasm)
Sxemada 
yana 
ikkita 
yordamchi 
komandalar: 
KT ?- katta idish to`lgani yoki yo`qligini
tekshirish(ko`rish); 
kB? - kichik idish bo`shatilgani yoki 
yo`qligini tekshirish (ko`rish)komandalari mavjud.
6-rasm 
Bu komandalar “shartli o`tish” komandalari bo`lib, idishlardagi 
suv miqdorini tekshirish natijasiga tayangan holda, biz shartli 
ravishda u yoki bu komandani bajarishga o`tamiz.
Idishlardagi suvning mikdorini 
ko`rinishda yozishga kelishib 
olamiz, (bu erda X kichik idishdagi esa katta idishdagi suvning 
hajmi). Masalan 2:5 yozuv kichik idishda 2 litr, katta idishda esa 5 litr 
hajmdagi suv borligini bildiradi. yuqoridagi blok- sxema bo`yicha 
idishlardagi suvning miqdori quyidagicha o`zgaradi: 0:0 - 3:0 - 0:3 -
3:3 - 1:5 - 1: 0 - 0:1 - 3:1--0:4 - 3:4 - 2:5 - 2:0 - 0:2 - 3:2 - 0:5
- 0:0, so`ngra esa bu ketma-ketlik to`la qaytariladi. Natijada ikkala
idishdagi suvning birgalikdagi miqdori quyidagi ketma-ketlikni 
tashkil etadi: 0,3,6,1,4,7,2,5,0,3,6,... Demak, ushbu blok-sxema 
asosida ish ko`rib, 1 litrdan 7 litrga qadar suvni quyib olish mumkin. 
8 litr suvni o`lchash uchun esa, ikkala idishni to`ldirish kerak. 
Quyishga doir masalalar yechish haqida ko`nikmalar hosil 
qilingach, endi bu turdagi masalalarning ba’zi-birlari yechimga ega 


29 
bo`lmasligi haqida tasavvur hosil qilish uchun ushbu masalani 
ko`ramiz. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin