maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat


/ 1.1-Rasm. Rektifikatsi­on kolonna sxemasi. I-xom-ashyo; II-rektifikat



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə180/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

/

1.1-Rasm. Rektifikatsi­on kolonna sxemasi. I-xom-ashyo; II-rektifikat;

III – sirkulyatsiyalovchi issiq oqim; IV- qoldiq; V-sovitib sug‘orish.

/

1.2-Rasm. Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmaning prinsipial sxemasi. 1-qizdirgich; 2-rektifikatsion kolonna; 3-kondensator-xolodilnik; 4-akkumulyator; 5-xolodilnik; 6-nasoslar.

Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsionqurilmalar oddiy rektifikatsion qurilmalarga nisbatan ko‘pgina afzalliklarga ega bo‘lib, kolonna ta’minlash tizimiga doimiy ravishda xom-ashyo uzatilib turiladi va kub qoldiq va yuqori qismidan chiqayotgan mahsulot ham uzluksiz ravishda kolonnadan chiqazib turiladi (1.3-Rasm).

1.3-Rasm. Uzluksiz xarakatdagi rektifikatsion qurilma prinsipial sxemasi. 1-issiqlik almashtirgich; 2-qizdirgich; 3-rektifikatsion kolonna; 4-qaynatgich; 5-kondensator-xolodilnik; 6-akkumulyator; 5-xolodilnik, 6-nasoslar.

Rektifikatsion kolonnalarning axamiyatiga ko‘ra turli xildagi konstruktiv bajarilishidan qat’iy nazar ularning ichki tuzilishiga bog‘liq ravishda gazni qayta ishlash sohasida asosan ikki turdagi tarelkali va nasadkali turlari keng qo‘llaniladi.

Viloyatimizga tegishli gazni qayta ishlash korxonalarida dastlab tarelkali rektifikatsion kolonnalar qo‘llanilgan bo‘lsa hozirgi paytda turli xildagi nasadkalardan foydalanilgan holda nasadkali kolonnalar qo‘llanilib kelinmoqda va kolonnani takomillashtirishning asosiy yo‘nalishilaridan biri xom-ashyo mahsulot tavsiflariga bog‘liq ravishda u yoki bu turdagi nasadkalar va kolonnalar ichiga oqimlarni to‘g‘ri tashkillashtirish uchun qulay konstruktiv bajarilishlar qo‘llanila boshlandi. Bunda asosan kolonna ichki qismi elementlari va tashqi sovutish va sug‘orish tizimlarining turli modifikatsiyalari ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda.

Har qanday sharoitda ham rektifikatsion kolonna tub qismiga uning yuqori qismiga nisbatan haroratlar farqini ushlash va rektifikatsiya jarayonini amalga oshirish uchun issiqlik berish va uning uchun maxsus qizdirgich qo‘llaniladi. Buning bilan yuqori tarelkadan oqib tushayotgan suyuqlik pastki qismdagi issiqlik hisobiga bug‘lanadi. Bunda issiqlik turli xildagi usullar bilan berilishi mumkin.

Uglevodorodli aralashmaning komponentlarga ajralishi darajasini oshirish uchun haydash jarayoni qo‘shimcha ravishda deflegmatsiya usulida distillyatni boyitish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda haydash kubidan bug‘lanib chiqayotgan bug‘ oqimi deflegmatorga kelib tushadi va u yerda qisman kondensatsiyalanadi va kondensatsiyalanmagan bug‘ kondensat bilan to‘yingan holda kondensator-xolodilnikga yo‘naltiriladi va u yerda to‘liq kondensatsiyalanadi. Distillyat yiqqichlarda ajartilib yig‘ilib olinadi. Bunda to‘yingan bug‘ oqimining tezligi muhim hisoblanib bug‘ tarkibidagi suyuq tomchilarning kondensatsiyalanishi faqatgina haroratgagina bog‘liq bo‘lmasdan kondensatorning konstruksiyasi va uning ichki qismida bug‘ oqimini tashkil etish usullariga hamda bug‘ oqimi tezliklari va haroratlariga bog‘liqdir.

Sanoat miqyosida rektifikatsion kolonna yuqori qismini sovitish uchun asosan uchta usullardan foydalaniladi: sirtiy parsial kondensator, sovuq bug‘lanuvchan sug‘orish tizimi va sirkulyatsion bug‘lanmaydigan sug‘orish tizimlari. Bu tizimlarning u yoki bu usulini qo‘llash harorat qiymatini bir xil olish va sug‘orish tizimida flegmani sug‘orish uchun taqsimlash masalalari muhim hisoblanadi. Bunda kolonnaning muhim elementlaridan biri kolonnaning ustki qismidan suyuqlikni sachratib va taqsimlab kiritish tizimi hisoblanadi. Bu taqsimlash qurilmasi suyuqlikni teng taqsimlab berish orqali uning tarqalishining bir xilligini ta’minlab beradi va sachratilayotgan mayda oqimchalar soni kolonna ko‘ndalang kesim yuzasining 1 m2 iga 10-50 ta oraliqlarda sachratiladi.

Sug‘orish tizimlarining konstruksiyalari rektifikatsion kolonnada qo‘llanilayotgan tutashuv elementlarining qanday turdagi ekanligiga ham bog‘liq bo‘lib, ularning ishlash samaradorliklari ba’zi hollarda dastlabki kelayotgan suyuqlik bilan deflegmatordagi suyuqlikning birikib xarakatlanishini xam ta’minlash zarur bo‘ladi. Qizdirgichning issiqlik yuklanishlarini rostlash maqsadida tizimga kelayotgan aralashmaning haroratlarini uni qizdirish yoki sovitish orqali bir xil qiymatlarda saqlashga erishish mumkin.

Rektifikatsion kolonnada bug‘lanuvchan uglevodorodlarning suyuq uglevodorodlar bilan o‘zaro tutashuvini hosil qilish masalasi eng muhim masalalardan biri bo‘lib, qayta ishlash sanoatida qo‘llaniladigan ichki qurilmalar asosan ikki xil turi: tarelkali va nasadkali konstruktiv bajarilishlarda qo‘llaniladi.

Hozirgi paytda ko‘p komponentli yengil uglevodorodlarni komponentlarga ajratishda sanoat miqyosida qo‘llanilayotgan qurilmalar rektifikatsion kolonnalarida yuzlab turdagi tutashuv qurilmalari konstruksiyalari foydalanilmoqda. Ular bir biridan o‘zlarining tavsifnomalari va texnik – iqtisodiy ko‘rstakichlari bilan farq qiladi. Shuning uchun aniq ishlab chiqarish sharoitlari, tabiiy gaz tarkibidagi komponentlar miqdori, ajratilib olinayotgan gaz komponenti sifatiga qo‘yilgan talablar va boshqa shu kabilarga bog‘liq ravishda tutashuv qurilmalarining turini va maqbul konstruktiv bajarilishlarini tanlash o‘ta muhim hisoblanadi.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin