maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat


Burg‘ilash tizmasini elevatordan yoki ponalardan ozod qilinadi, burg‘ini quduq tubigacha tushiriladi va quduqni burg‘ilash davom ettiriladi



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə62/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

Burg‘ilash tizmasini elevatordan yoki ponalardan ozod qilinadi, burg‘ini quduq tubigacha tushiriladi va quduqni burg‘ilash davom ettiriladi.

Yemirilgan burg‘ini boshqasiga almashtirish uchun burg‘ilash asbobi ko‘tariladi, burg‘i almashtiriladi, burg‘ilash asbobi bilan burg‘i birgalikda tushiriladi va quduqni burg‘ilash davom ettiriladi. Chig‘iriq barabanini aylanishida tal arqonlari o‘raladi yoki bo‘shatiladi, shuni hisobga tal bloki ilgak bilan birgalikda ko‘tariladi yoki tushiriladi. Ilgakka shtroplar va elevatorlar yordamida ko‘tariladigan yoki tushiriladigan burg‘ilash tizmasi osiladi. Burg‘ilash asboblarini ko‘tarishda seksiya burab ajratiladi, svecha qo‘yiladigan minorani chirog‘iga o‘rnatiladi (svecha – uchta quvurni birikmasidir).

Seksiya yoki svechani uzunligi burg‘ilash minorasini balandligiga bog‘liq tanlanadi. Minorani balandligi 41 metr bo‘lganda svechaning uzunligi 25+36 metr bo‘ladi.

Burg‘ilash asboblarini quduqqa tushirish teskari tartibda amalga oshiriladi. Burg‘ilash minorasi quduq ustida o‘rnatilgan metall inshoot bo‘lib, burg‘ilash tizmasi va burg‘ini, quduq tubi dvigatelini mustahkamlash quvurlarini, tushirish va ko‘tarish hamda burg‘ilash svechalari quduqdan ko‘tarib olinganda ularni joylashtirish uchun xizmat qiladi.

Minoralar ikki turda minorali (7.8-rasm) va machtali (7.9-rasm) ishlab chiqariladi. Bashnyali minora VM-41 (7.9-rasm) to‘g‘ri kesilgan to‘rt qirrali metall piramidadan iborat. U 1-chi to‘rtta oyoqdan, darvozadan (2), balkondan (3), kranblok (4) uchun maydoncha, chorpoya (5), ko‘ndalang belbog‘lar (6), tortma (7), yuradigan narvondan (8) tashkil topgan.

Machtali minoralar bir tayanchli va ikki tayanchli A-shaklsimon ishlab chiqariladi. Hamma vaqt A-shaklsimon minoralar qo‘llaniladi.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin