Budjet intizomi - Budjet tizimi va budjet jarayonlarida vujudga keladigan, barcha bosqichlarda qonun, budjet tizimining asosiy tamoyillari, budjet tizimi to’g’risidagi me’yoriy hujjatlar, yo’riqnoma va tartiblar talablariga amal qilinishining budjet nazorati orqali ifodalanishi
Budjet nazoratining vazifalari:
Budjet moddalarining hajmi, tarkibi, maqsadi bo’yicha tuzilishi va ijrosining to’g’riligini ta’minlash;
Budjetni shakllantirish va ijrosiga ta’sir etuvchi qonunlar hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini moliyaviy ekspertizalash;
Buxgalteriya hisobi va hisobotini to’g’ri yuritishni nazorat qilish;
Budjet mablag’lari va budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar mabag’larini maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan nazorat qilish;
Budjet va soliq intizomini yaxshilash va unga rioya qilishni nazorat qilish;
Budjetlararo munosabatlar mexanizmini amalga oshirishni nazorat qilish;
Budjet va budjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larining banklardagi va boshqa moliya-kredit muassasalaridagi harakatini qonuniyligini va o’z vaqtidaligini nazorat qilish;
Soliq to’lovchilarga soliq imtiyozlarini, hududlarga davlat dotatsiyalari, subvensiyalari va transfertlari va boshqalarni taqdim etishda moliyaviy qonunbuzorchiliklari aniqlash, aybdor shaxslarni jazolash bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilish;
Budjet-soliq intizomini yaxshilash maqsadida profilaktika, ma’lumot-tushuntirish ishlarini olib borish.