Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə130/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

1-ilova


Mavzu: Analitik tarozi bilan tanishish.
Reja
1.Analinik tarozi haqida ma’lumot berish
2.Analinik tarozidan foydalanish qoidalari
O`quv mashg`ulotining maqsadi: Analinik tarozi va undan dan foydalanish qoidalarini o’rgatish va bilimlarni kengaytirish.
O`quv faoliyatining natijasi: Talabalar analinik tarozi va undan dan foydalanish qoidalarini o’rganadi va bilimlarni kengaytiradilar

Baholash mezoni va ko`rsatkichlari





Talabalar

Savolning to`liq va aniq Yoritilishi
0,66 ball

Misollar bilan muammoga yechim topishi 0-0,66ball

Qo’shimcha savollarga javob berish
0-0,68 ball

Jami ball
2
















1,1-1,4 – «qoniqarli».1,42 – 1,71– «yaxshi».1,72- 2– «a’lo».


3-Ilova


Analitik tarozi juda aniq olchov uskunasi bo’lib, kimyoviy metod bilan o’tkaziladigan analizlarning birortasini undan foydalanilmay bajarib bo’lmaydi.Moddani miqdoridan aniqlash uchun, avval 0,0001 g aniqlik bilan tortishga imkon beradigan analitik tarozi qismlari bilan tanishish va bu tarozida tortish qoidalarini bilish kerak.Analitik kimyo laboratoriyalarida koproq ishlatiladigan analitik tarozilari ADV-200, VLA-200 g-M rusumdagilari xisoblanadi. Bu tarozilar dempferli, veytografli analitik tarozilar bo’lib, 200
grammgacha tortishi mumkin. Tarozi chang, namdan saqlash uchun oynali qilof ichida saqlanadi. Filofning old tomonida kotariladigan va ikki yon tomonida suriladigan oynavand eshikchalari bo’ladi. Filof metall asosga maxkamlangan bo’ladi (26-rasm). Asos (13)da kolonka (3) ornatilgan. Kolonkaga xavo tinchlantirgich - dempferlari (2,10) bo’lgan ikkita kronshteyn maxkamlangan. Kolonkaning yuqori qismiga agat yoki polat plastinka makamlangan bo’lib, unga shaynning markaziy qismidagi polat yoki agat prizmasi (5) qirrasi bilan tayanib turadi. Shayinning ikki uchida maxsus egarlar (4) da qirralari yuqoriga qargan yuk kotaruvchi prizmalar maxkamlangan bo’lib, ularga ziraklar ornatilgan. Ziraklarning yuqori ilgagiga tarozi pallalari osiladi, pastki ilgaklariga dempfer stakanlari ilinadi. Tarozi ong zirakka maxkamlangan plankaga osiladigan 10 dan 500 mg gacha toshlar joylashtirilgan mexanizm bilan ta'minlangan. Toshlarni boshqarish
qilofning ong tomonida joylashtirilgan aylanuvchi limblar yordamida richaglar (6) orqali boshqariladi.Kichik limbni (12) aylantirilganda onli milligramlar qoyiladi yoki olinadi, katta limb (11) ni aylantirilganda esa yuzli milligramlar planga qoyiladi yoki olinadi. Limblarning aylanishi bir-biriga boqliq bo’lmaydi: Shaynga mil(strelka) (7) ornatilgan bo’lib, milning pastki qismiga ikki tomoni 0 dan 10 mg gacha darajalarga bo’lingan mikroshkala ornatilgan. Mikroshkala optik qurilma yordamida tarozining kolonkasining old qismida joylashtirilgan ekranga tushiriladi. Optik shkala - veytograf (8)ning bo’lakchalari qiymati 0,1 mg ga teng. Analitik tarozi asosida orqa boshqarilmaydigan oyoqcha va ikki yon tomondagi boshqariladigan oyoqchalar (14,16) bilan ta'minlangan, bu oyoqchalar yordamida tarozi asosida joylashtirilgan shovunga qarab stolga nisbatan gorizontal ornatiladi.Tarozining sezgirligi kop darajada shayinning uchchala prizmasining qirralari otkirligiga boqliq bo’ladi. Prizmalarning tez otmas xolga tushmasligi, demak tarozining sezgirligi kamaymasligi uchun tarozi shayinni kotaruvchi va tushiruvchi moslama - arretir tutqichi (15) bilan ta'minlangan. Tarozi arretirlangan (ishlamaydigan) xolatda prizmalar tayanch plastinkalarga tegmaydi, binobarin, ular yeyilmaydi. Tarozidan foydalanilmaganda va tarozi pallalariga toshlar yoki tortiluvchi buyumlar qoyilayotganda arretir xolatida bo’lishi kerak. Arretir tutqichi boshqa tomonga buralsa tarozi arretir xolatidan ish xolatiga otadi. Analitik tarozida tortishda maxsus qutichada joylashtirilgan toshlar toplamidan foydalaniladi. Toshlar qutisidagi pintset (qisqich) yordamida toshlar tarozi pallasiga quyiladi yoki palladan olinadi

4-Ilova


Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin