Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt


-tajriba.Yog’larning glisirin qoldig’ini aniqlash reaksiyasi



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə161/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

47-tajriba.Yog’larning glisirin qoldig’ini aniqlash reaksiyasi.
Reaktiv va materiallar: kaliy gidrosulfat kristallari, o’simlik moyi, probirkalar, pipetka, spirt lampasi.Probirkaga 1 g kaliy gidrosulfat soling va unga o’simlik moyidan 1–2 tomchi qo’shing. Aralashmani qizdiring, bunda bo’g’uvchi hidli shilliq pardaga ta’sir qiluvchi akrolein hosil bo’ladi. Uni hididan bilish mumkin.
48-tajriba.
Reaktiv va materiallar: mol yog’i, 10% li sulfat kislota erimasi, kons. xlorid kislota, fenolfitalin, probirkalar,chinni kosacha, suv hammomi, termometr, isitish asbobi, ishqorning 15% li eritmasi.
Probirkaga 2 g yog’ solib, unga ishqorning spirtdagi 10% li eritmasidan
6 ml qo’shing. Probirkaning og’zini sovitgich vazifasini o’taydigan shisha nay o’tkazilgan tiqin bilan berkiting va suv hammomida 80°S da 10–12 minut isiting. Natijada yog’ sovunlanadi, buni aniqlash uchun gidrolizatdan bir necha tomchi olib, qaynoq distillangan suvga qo’ying. Sovunlanish tugagan bo’lsa, gidrolizat suvda butunlay eriydi. Sovunlanish tugaganidan keyin aralashmani chinni kosachaga solib, 10–15 ml suv qo’shing va suv hammomida qizdirib turib undagi spirtni bug’latib yuboring. Buning uchun eritmani tahminan yarim qolguncha bug’lating.
Hosil bo’lgan sovun eritmasidan 3 ml olib, unga kislotali muhit hosil bo’lguncha sulfat kislotaning 10% li eritmasidan qo’shing. Natijada sovun gidrolizlanadi va o’rtacha molekulyar massali moy kislotasi eritma sirtiga qattiq massa holida ajralib chiqadi. Eritma yuzasidagi sovunsimon moddani ajratib olib, keyin suyuqlik neytrollanadi. Agar eritma loyqa bo’lsa, filtrlang.



49-tajriba.Moylarni emulsiyalash.
Reaktiv va materiallar: o’simlik moyi 5% li o’yuvchi kaliy eritmasi, sovun eritmasi, oqsil eritmasi, distillangan suv, probirkalar, pipetkalar.
5 ta probirka olib, ularga bir hil miqdorda 4–5 tomchi o’simlik moyi solish. Birinchi probirkaga 5 ml distillangan suv, qolganlariga esa 5 ml dan o’yuvchi kaliy soda, sovun va oqsil eritmalaridan qo’ying. Hamma probirkalardagi aralashmani yahshilab chayqating va har qaysi probirkada hosil bo’lgan emulsiyaning barqarorlik darajasini kuzating. Yog’ va moylar ichaklarda emulsiya holida bo’lib, katta sirtga ega, bu ularga fermentlarning ancha samarali ta’sir etishiga yordam beradi. Turli jismlar, kiyimlar sirtidan moy yoki yog’ dog’I ham emulsiya yo’li bilan ketkaziladi.

1-Ilova




2-Ilova.



Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin