Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə62/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

Sodir bo‘lgan reaksiyalarni o‘rganing, bunda elektrodlarini normal (standart) potensiallarini e’tiborga oling (jadval). Ruxlangan va qalaylangan temirni zanglash sxemasini yozing.


3. Temirning kislotalar bilan o‘zaro ta’sirlanishi.
(ishni mo‘rili shkafda bajaring)
Aloxida probirkalarga ozgina temir parchalarini soling va ularga, ajratiggan xolda suyultirilgan va konsentrlangan HCI, H2SO4, HNO3 eritmalaridan qo‘ying. Ba’zi probirkalarda (axamiyat bering) sovuq xolda reaksiya ketmaydi, qizdiring. Sodir bo‘layotgan xodisalarni kuzating. Ba’zi tajribalarda reaksiya qizdirilganda sodir bo‘lishini tushuntiring. Reaksiya tenglamalarini yozing.


4. Temirni passivlash va oksidlash.
(Ishni mo‘rili shkafda bajaring)
a) Kattaroq probirkaga bug‘ chiqib turgan HNO3 ni soling va unga yaxshilab tozalangan temir simini (yoki mixni) tushiring. 1-2 daqiqadan so‘ng extiyotlik bilan, probirka devorlariga tekkizmasdan temir simini oling va stakandagi suv bilan yuving. Bir necha sekundga uni mis kuporosi eritmasiga soling. Temir simida mis ajralib chiqadimi?
So‘ngra temir simi (yoki mixni) yo‘g‘on shisha tayyoqcha bilan uring va yana mis kuporosi eritmasiga soling. Nimani kuzatasiz?
Konsentrlangan HNO3 bilan ishlangan temirda mis ajralib chiqmasligini tushuntiring. Temir simni shisha tayoqcha bilan urishni nima axamiyati bor?
b) Ikkita temir namunasini qumli qog‘oz bilan tozalang. Birini solishtirish uchun saqlab qo‘ying. Ikkinchisiga sim bog‘lab 5% HCl eritmasiga 1-2 daqiqaga tushiring keyin temir namunasini eritmadan olib suv bilan yuving, filtr qog‘ozida quriting. 100 ml suvda 60 g NaOH va 6 g NaNO2 eritilgan eritmani stakanchada qaynaguncha qizdiring. Tozalangan temir namunasini shu eritmaga tushiring. 20-30 daqiqadan so‘ng namunani olib suv bilan yuving va filtr qog‘ozida quriting.

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin