Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari” fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 113,14 Kb.
səhifə2/7
tarix14.12.2023
ölçüsü113,14 Kb.
#178572
1   2   3   4   5   6   7
Abdurayimova Gulshoda

Ishning o’rganganlik darajasi:S.Mutallibov1, Zohidov R2, Ismoilov M3, Sultonov I4 kabi olimlar ilmiy tanqidiy matn faoliyati bo’yicha bir qancha disertatsiyalar himoya qilishgan va ilmiy qo’llanmalar va kitobla yozishgan


Ishning vazifa va maqsadlari:Ushbu kurs ishi asosan quyidagilarni o’z oldiga maqsad qilib olgan:

  • Ilmiy-tanqidiy matn yaratish uslub va prinsplarini yoritib berish va u asosida asarlarni tahlil qilishda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish

  • Alohida ahamiyatga ega bo’lgan tarixiy va adbiy asarlarning ilmiy tanqidiy matnlari bilan tanishib chiqish ulardan na’munalar keltirish.

  • Adabiy asarlarni tahlil qilish va ularni nashrga tayyorla kabi masalalarni yoritib berish



Ishning ob’ekti: Ushbu kurs ishiga ilmiy tanqidiy matn tuzish va nashrga tayyorlash bo’yicha adabiyotshunos olimlar tomonidan yozilgan ilmiy maqola va qo’llanmalar ob’ekt sifatida olindi.
Ishning tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish va ikki bobni o’z ichiga olgan to’rt qism va shu bilan birga xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
I BOB QO’LYOZMALARNI O’RGANISH VA ULARNI NASHRGA TAYYORLASH


    1. Ilmiy tanqidiy matn tushunchasi va uni tayyorlash

Ilmiy-tanqidiy matn. Badiiy asarning ilmiy-tanqidiy matnini tuzish manbaning nusxalari ko‘p bo‘lganda amalga oshiriladi. Ilmiy-tanqidiy matn, bu – matn tarixini ilmiy o‘rganish asosida muallif matniga yaqin variantini tuzishdir. Ilmiy-tanqidiy matn tuzishning barcha tadqiqotchilar uchun qoidaga aylangan asosiy prinsiplari mavjud. Masalan, matn tuzuvchi asarning fanga ma’lum barcha nusxalarini ko‘rib chiqishi shart. Ba’zi asarlarning qo‘lyozma nusxalari orasidagi farqlar ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday holda ilmiy-tanqidiy matnni tuzuvchi matnshunos barcha nusxalarni kuzatishga majbur bo‘ladi.5
Ko‘p nusxalarga ega manbaning ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda nusxalarni saralash muhim hisoblanadi. Ko‘p nusxalarga ega manba matni ustida ishlash, ayniqsa, uning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash butun “injiqlik”lari bilan o‘ta nozik va mas’uliyatli, to‘xtovsiz aniqlik va intizom talab etuvchi “zahmat”lari bilan mashaqqatli, ammo samarali mehnatdir.Ilmiy-tanqidiy matn tuzishda muallif nusxasi(avtograf) bo‘lmagan taqdirda asarning qadimiy, ishonchli nusxasi tayanch nusxa sifatida olinib, boshqa nusxalardan yordamchi manba sifatida foydalaniladi. Jumladan, adabiyotshunos R. Zohid So‘fi Olloyorning “Sabot ul–ojizin” asari ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda 150dan ortiq nusxaning umumiy va farqli jihatlarini matnshunoslik nuqtai nazaridan varian tekshirgan va 25 (15 qo‘lyozma, 10 toshbosma) nusxani qiyosiy tahlil ob’ekti sifatida olgan. Shunisi ahamiyatliki, R. Zohid saralangan 25 nusxani ham muayyan prinsipial xususiyatlariga ko‘ra uch guruhga: tayanch nusxa, asos nusxa, yordamchi nusxalarga ajratgan.
Muallif dastxati yoki uning davrida yaratilgan matn mavjud bo‘lsa, ilmiy-tanqidiy matnning ilmiy qimmati yuksak bo‘ladi. P. Shamsiev jahon qo‘lyozma fondlarida Navoiy asarlari qadimiy qo‘lyozmalarining topilishi shoir asarlari ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratish uchun katta imkoniyat yaratganligini qayd etgan.Xususan, P. Shamsiev Qozon davlat universiteti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan “Xamsa”ning XVI asrda ko‘chirilgan deb taxmin qilingan nusxasining aniqlanishi haqida shunday yozadi: “Xamsa”ning ana shunday qadimiy nusxasining topilishi navoiyshunoslikda muhim hodisadir. Chunki u ulug‘ shoir asarining yagona ilmiy-tanqidiy matnini tuzish ishini yanada takomillashtirish yo‘lida zarur manba xizmatini o‘taydi, matn tuzishdagi ko‘pgina masalalarni, chigalliklarni hal etishga yo‘l ochadi”.
Ilmiy-tanqidiy matnni tuzishda matnshunosning asar mazmuni, g‘oyasi, matn tarixini chuqur bilishi va aniq xulosaga kelishi muhimdir. Bunday matnni tuzishda barcha jalb etilgan nusxalar matni tanqidiy o‘rganiladi.
Matnshunos ishga jalb etilgan nusxalarni qiyosiy o‘rganib, tayanch nusxaga solishtirgan holda barcha matniy o‘zgarishlarni ilmiy apparatda qayd etib boradi. Tuzilgan ilmiy-tanqidiy matn shakli yodgorlik yozilgan grafikada nashr qilinishi bunday shakldagi matn tuzishning asosiy prinsiplaridandir.

Ilmiy-ommaviy matn yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish uchun yoki ilmiy-tanqidiy, shuningdek, yig‘ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish uchun tayyorlanadi. Keng o‘quvchilar auditoriyasiga mo‘ljallangan ko‘ptomli akademik nashrlar uchun ham ilmiy-ommaviy matnlar tayyorlanadi. Masalan, “Xamsa” dostonlarining ommaviy nashrlari 1939 yildan boshlab tayyorlab kelinmoqda. Jumladan, 1939-1940 yillar mobaynida “Hayrat ul-abror”, “Farhod va SHirin”, “Layli va Majnun” hamda “Saddi Iskandariy” dostonlari ayrim-ayrim bosilib chiqdi. Bulardan birinchi doston sharh, izoh va lug‘atlar bilan, qolganlari esa doston she’rlarining nasriy bayoni bilan kitobxonga taqdim etildi. “Xamsa”dagi dostonlar 1948 yili(“Hayrat ul-abror”dan boshqasi) Navoiy “Tanlangan asarlari” seriyasida ikkinchi marta nashr etildi. Dostonlarning bu nashriga nasriy sharh berilmagan, lekin har birining oxiriga izoh va lug‘at ilova qilingan. 1957 yildan boshlab dostonlarning nasriy ifodali nashrlari qayta bosildi. Bu nashrlarning hammasi ommaviy nashrlar bo‘lgani uchun dostonlar syujetiga bevosita aloqasi bo‘lmagan boblar qisqartirilgan edi. S. Ayniy tayyorlagan muxtasar “Xamsa” 1940-1947 yillari ikki bor nashr etildi.6 Ushbu nashrlardan maqsad keng ommani tezroq Navoiy ijodi bilan tanishtirish edi. Haqiqatan ham, “Xamsa”ni keng kitobxonlarga etkazish omma o‘rtasida milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz bilan tanishtirishda muhim o‘rin tutardi. SHuning uchun matnshunoslarimiz oldida matn turlarining xilma-xil shakllaridan foydalanish masalasi ko‘ndalang bo‘ldi. SHunday matn shakllaridan biri matnning nasriy bayon shaklini tuzish edi. Bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar samarali bo‘ldi. G‘afur G‘ulom tomonidan tayyorlangan “Farhod va Shirin”ning ilmiy-ommaviy nashrida asar asl matni va nasriy bayoni yonma-yon berildi. Masalan:



Yüklə 113,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin