Pnevmotransport usuli va moslamasi donador materiallarni truba quvurlari orqali ma’lum masofaga yoki balandlikka uzatish uchun mo’ljallangan (9d -rasm). Donador material shlyuzli tamba yordamida havo uzatish quvuriga qadoqlanib tushuriladi. Mavhum qaynash qatlami gaz va qattiq fazalarga tsiklonda amalga oshiriladi. Uzluksiz ishlaydigan sektsiyali qurilma. Jarayonning harakatga keltiruvchi kuchini kamayishga olib keluvchi teskari aralashishni kamaytirish va jarayon temperaturasini bir xil qilish maqsadida qarama - qarshi yo’lli qurilmalarda sektsiyalash qo’llaniladi. Buning uchun qurilma balandligi bo’ylab teshikli panjaralar yordamida donador material qatlami bo’linadi. Donador materialning yuqori sektsiyalardan pastga qarab harakatlanishi, og’irlik kuchi ta’sirida amalga oshadi.
Nazorat uchun savollar 1.Mavhum qaynash nima.
2.Qatlamlarda zarrachalar xarakati turlarini tushuntiring.
Pnevmotransport xodisasini tushuntiring.
Ikkinchi kritik tezlik deb nimaga aytiladi?
5.Mavhum qaynash egri chiziqlari.
6.Mavhum qaynash soni qanday aniqlanadi?
7. Mavhum qaynash qatlamining turlarini ko’rsating. 8. Fazalar o’zaro ta’sirini tashkil etish usullarini tushuntiring.
Favvorasimon qatlam deb nimaga aytiladi?
Davriy va uzluksiz ishlaydigan qurilmalarga izoh bering.