35
III-bob. Maishiy janrga oid ijodiy asar yaratish
3.1. Mavzu asosida badiiy asar homaki nusxasini ishlash
Kompozitsiyaning badiiy amaliyoti va ravnaqi nazariyasi davomida shakllanib
boradigan o`z qoida-tartiblari mavjud. Bu masala keng miqyosli murakkab masala
bo`lib, mavzuli kompozitsiyalar qurishda ko`mak beruvchi, g`oyani badiiy asar
darajasiga ko`taruvchi, bir so`z bilan aytganda , kompozitsiya ishlash qonuniyatlari,
qoida, tartib va uslublari haqida so`z boradi.
Biz asosan realistik asarning yaratilishiga taalluqli bo`lgan jarayonni
kuzatamiz. Realistik san`at faqatgina borliqni tasviriy ifodalabgina qolmasdan, balki
rassomning his-hayajonli tuyg`usi orqali oddiy narsalarga go`zallik baxshida etiladi,
ya`ni olamni estetik kashf etadi.
Albatta rassomdan uning badiiy-ijodiy mahoratini ilg`or g`oyalarga intilishini
hech qanday qonunlar bilan almashtirib bo`lmaydi. Iqtidorli rassomlar tabiatdan
kompozitsiya yechimlarini his etish , sezish , fikrlash , ko`rish orqali topishlari
mumkin. Lekin kompozitsiyani rivojlantirish ustida , uni amalda tatbiq etish , albatta
ko`p mehnat talab etadi.
Kompozitsiya asrlar mobaynida shakllangan qonunlar va qoidalar asosida
quriladi. Uning qonun qoida va usullari o`zaro bog`liq bo`lib , kompozitsiya ustida
ishlash jarayonida unga hamma holatdagi harakatlar ta`sir etadi. Ilg`or g`oya
maqsadlarini ishonarli , ta`sirchan ifodalashda asar yaxlitligiga amal qilgan holda va
badiiy san`atning barcha imkoniyatlaridan o`rinli foydalana olish talab etiladi.
Badiiy asar yaratishning turli usul va qonuniyatlari , uning qurilmasi bilan
tanishib chiqar ekanmiz , bunda kompozitsiyani qonuniyat va usullar asosida
ifodalash ekanligini ilg`ab olamiz.
Kompozitsiyaning asosiy g`oyasi kontrastlar orqali, ya`ni yorug`lik va
qorong`ulik , ruhiy ko`tarinkilik va tushkunlik , sahiylik va baxillik , quvnoqlik va
g`amginlik , yangilik va eskilik , sokinlik va harakatlar orqali ifodalangan bo`lishi
mumkin.
36
Kontrast o`zining universal imkoniyatlari bilan yorqin va ma`nodor san`at
asarlari yaratishda beqiyos asqotadi.
Leonardo da Vinchi o`zining “Rangtasvir traktati qomusida” kattaliklar
kontrastidan , jumladan baland-past bilan, katta-kichik bilan , to`liq nimjonlik bilan,
shuningdek, turli sirtlar , ashyo , hajm , shakl, tekisliklar va shu kabilardan
foydalanish kerakligini aytib o`tadi.
Tus va rang kontrastlari rangtasvir , grafika va boshqa yo`nalishdagi san`at
asarlarini yaratishda imkoniyat omillarining ajralmas bir qismidir.
Yorug` ob`ekt to`q fonlarda va aksincha , to`qlari yorqinlik ichida ko`zga
yaqqol tashlanadi.
V.Serov mo`yqalamiga mansub “Shaftoli bilan qiz” kartinasida bu jarayonni
yaxshiroq kuzatish mumkin. Qizning bug`doyrang yuzi yop-yorug` deraza fonida
to`q dog` bo`lib ajralib ko`rinadi. Qizning ko`rinishida sokinlik bo`lsa-da , uning
yuzida hayot barq urmoqda , go`yo u hozir tabassum qiladigandek , go`yo nigohini
olmoqchidek va qandaydir harakat qilmoqchidek holat yuz bermoqda.
Inson holatini o`ziga xos tabiiyligi , bir joyda qotib qolmasdan , harakatli
faoliyatni tasvirda ifodalab beruvchi bunday portretlar oldida biz albatta
hayratlanamiz.
Kompozitsiyada yaxlitlikka va g`oyaning hissiyotlar ta`sirchanligiga erishish
uchun maqsadni amalga oshirish choralarini va shuningdek ,o`ziga xos interer yoki
manzara tanlab topish zarur. Shu maqsadda, Bitiruv Kurs ishi Kurs ishini yoritishda
qadimdan meros bo`lgan ustoz-shogird an`anasini yoritib berishni lozim topdik.
Aynan tasviriy sa`atning ajralmas qismi bo`lgan amaliy san`atga oid badiiy asar
yaratish g`oyasi keldi. Jumladan, ixtiyoriy bir ustani o`z shogirdiga avloddan
avlodga o`tib kelayotgan san`at sirlarini o`rgatish jarayoni tasvirini ishlash biz uchun
asosiy maqsadga aylandi.
Bu sohada izlanishlarimiz kulolchilik ustaxonasida nihoyasiga yetdi . Asar
yaratish jarayonida kulolchilik ustaxonasida kuzatishlar olib bordik. Loydan
37
yasalgan ajoyib buyumlar, kulolning oddiy tuproqdan san`at asari yaratish
jarayoniga befarq o`tib ketishning iloji bo`lmadi.
Dostları ilə paylaş: |