Mavzu: Autentifikatsiyalash faktorlari. Eri yordamida autentifikatsiyalash. Autentifikatsiya omillari



Yüklə 13 Kb.
səhifə4/5
tarix14.10.2023
ölçüsü13 Kb.
#155493
1   2   3   4   5
Xaydarova gulnoza 721. 21 Mavzu Autentifikatsiyalash faktorlari-hozir.org

faol ushlab qolish
- tarmoqqa ulangan buzg’unchi hujjatlarni (fayllarni) ushlab
qoladi va o’zgartiradi.
-
maskarad
– abonent S hujjatlarni abonent V ga abonent A nomidan yuboradi;
-
renegatlik
– abonent A abonent V ga xabar yuborgan bo’lsada, yubormaganman
deydi;
-
almashtirish
– abonent V hujjatni o’zgartiradi, yoki yangisini shakillantiradiva uni
abonent A dan olganman deydi;
-
takrorlash
– abonent A abonent V ga yuborgan hujjatni abonent S takrorlaydi.
Jinoyatkorona xarakatlarning bu turlari o’z faoliyatida kompyuter axborot
texnologiyalaridan foydalanuvchi bank va tijorat strukturalariga, davlat korxona va
tashkilotlariga xususiy shaxslarga ancha- muncha zarar yetkazishi mumkin.
Elektron raqamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va xabar muallifining
xaqiqiyligini tekshirish muammosini samarali hal etishga imkon beradi.
Elektron raqamli imzo telekommunikatsiya kanallari orqali uzatiluvchi
matnlarni autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Raqamli imzo ishlashi bo’yicha
oddiy qo’lyozma imzoga o’xshash bo’lib, quyidagi afzalliklarga ega:
- imzo chekilgan matn imzo qo’ygan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydi;
- bu shaxsga imzo chekilgan matnga bog’liq majburiyatlaridan tonish imkoniyatini
bermaydi;
- imzo chekilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi.
Elektron raqamli imzo - imzo chekiluvchi matn bilan birga uzatiluvchi
qo’shimcha raqamli xabarning nisbatan katta bo’lmagan sonidir
Elektron raqamli imzo asimmetrik shifrlarning qaytaruvchanligiga hamda
xabar tarkibi, imzoning o’zi va kalitlar juftining o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Bu
elementlarning xatto birining o’zgarishi raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlashga
imkon bermaydi. Elektron raqamli imzo shifrlashning asimmetrik algoritmlari va
xesh–funktsiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzo tizimining qo’llanishida bir- biriga imzo chekilgan
elektron hujjatlarni jo’natuvchi abonent tarmog’ining mavjudligi faraz qilinadi. Har
bir abonent uchun juft – mahfiy va ochiq kalit generatsiyalanadi. Mahfiy kalit
abonentda sir saqlanadi va undan abonent elektron raqamli imzoni shakllantirishda
foydalanadi.
Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo’lib, undan imzo
chekilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda
foydalanadi.
Elektron raqamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi:
- raqamli imzoni shakllantirish muolajasi;
- raqamli imzoni tekshirish muolajasi.
Imzoni shakllantirish muolajasida xabar jo’natuvchisining maxfiy kaliti
ishlatilsa, imzoni tekshirish muolajasida jo’natuvchining ochiq kalitidan
foydalaniladi.
Amaliy ish 


Elektron raqamli imzo yaratish va sertifikatlash bo’yicha tushuncha hosil


qilish uchun Cryptool 1.4 dasturini ishga tushiramiz.
Dastur faollashgach CTRL+N tugmasini bosib yangi fayl yaratmiz. Yanfi fayl
oynasiga ochiq matnni kiritamiz (misol: TATUFF) .
So’ngra Digital Signaturres/PKI panelinidan Signature Demonstration
(Signature Generation) bandini tanlaymiz.
Elektron raqamli imzo yaratish visual oynasi hosil bo’ldi. Bu dastur oynasidan
biz qadam ba qadam raqamli yaratish jarayoni bilan tanishib chiqishimiz va yangi
raqamli imzo hosil qilishimiz mumkin.






Yüklə 13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin