Mavzu. Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash kirish I bob. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari



Yüklə 340,5 Kb.
səhifə21/26
tarix07.06.2023
ölçüsü340,5 Kb.
#126351
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
G`olib disertatsiya eng yangi

III BOB XULOSASI
1. Oila va ta’lim maskanlarida, mehnat jamoalari va mahallalardagi fuqarolik tarbiyasi ijtimoiy tarbiyaning boshqa shakllaridan ayri ravishda amalga oshirilmaydi, albatta. Aksincha, u aqliy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik, mehnat va ekologik tarbiya bilan uyg‘unlikda olib boriladi. CHunki shaxsning aqliy, siyosiy, huquqiy, axloqiy va boshqa fazilatlari hamda qadriyatlarini shakllantirmasdan turib, fuqarolik ongini yuksaltirib, fuqarolik faoliyatini maqbullashtirib bo‘lmaydi.
2. Estetik fazilatlar tarbiyasi Vatan tuyg‘usining shakllanishi uchun ham zamin yaratadi. Mehnat fazilatlarini qaror toptirish orqali shaxsning jamiyat manfaatlariga xizmat qilish, ularning ro‘yobga chiqarilishi uchun hissa qo‘shish istagini takomillashtirish mumkin. Fuqarolarning axborot almashinuvi madaniyatiga ega bo‘lishi shaxsni Vatanni, undagi tabiiy shart-sharoitlarni asrab-avaylashga, ogohlik tuyg‘ularini shakllanishiga undaydi.
3. Bizning fikrimizcha, shaxs axborot madaniyati tarkibi barcha davrlarda hamma mamlakatlarda bir xil elementlarni o‘z ichiga oladi, faqat mazkur elementlarning xarakteri davr o‘tishi bilan turli shart-sharoitlar va omillar ta’sirida o‘zgara boradi. Ayni paytda bir vaqtda bir jamiyatda umrguzaronlik qilgan kishilar-ning axborot madaniyati elementlari turli ko‘rinishlarga ega bo‘lishi ham mumkin.
4. Audio va videomateriallar, saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar xususida ham shunday deyish mumkin: mavzuga doir birinchi so‘rovga javoban minglab materiallar kelib tushadi. Hatto internet-makon kontentlaridan foydalangan holda mehmonxonadan joy, aviabilet, temir yo‘l chiptasi yoxud biror bir mahsulot buyurtma qilinganida ham ko‘plab takliflarga ko‘z tushadi. Ma’lumotlar ummonida adashib qolmaslik uchun axborotlarni tanlash malakasiga ega bo‘lish kerak bo‘ladi.


XULOSA
Olib borilgan tadqiqot asosida quyidagi ilmiy-nazariy xulosalarga kelingan:
YAngilanayotgan jamiyatda axborotlarni o‘zining sub’ektiga ko‘ra uchta katta guruhga ajratish mumkin:
birinchi guruhga axborotlarni o‘zida miqdoriy va sifatiy jihatdan aks ettirgan holda saqlovchi, qayta ishlovchi va uzatuvchi texnologiyalarga asoslangan vositalar – oddiy aloqa tarmoqlaridan tortib bugungi kundagi murakkab texnologiya asosiga qurilgan ixcham va qulay xar-xil turdagi katta va kichik qurilmalargacha bo‘lgan vositalarni o‘z ichiga oluvchi;
ikkinchi guruhga ularning ijodkori bo‘lgan intellektual aql sohiblarini;
uchinchi guruhga ulardan foydalanuvchi shaxs, jamoa va boshqa turli xildagi birlashmalarni kiritish mumkin.
Axborot xuruji atamasining kelib chiqishi va siyosiy-harbiy hamda ilmiy doiralarda tez o‘rin olishini quyidagi omillar bilan bog‘lash mumkin:
1) harbiy qurolli to‘qnashuvga qaraganda kam harajat talab etishi va samarali natijani berishi;
2) dushmanga sezdirmagan holdao‘z maqsadlarini amalga oshirish imkoni mavjudligi;
3) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi qurol shlab chiqarishga nisbatan tez va arzonroq kechishi;
4) qattiq kuch (harbiy, moliyaviy-iqtisodiy kuch) har doim ham samarali emasligi va muqobil kuch zarurligini taqozo etishi.
Axborot qurolining ishlab chiqarilishi nisbatan arzonligi, axborot quroli uchun davlat chegaralari nisbiy xarakterga ega ekanligi, axborot xurujini oldini olshning diyarli iloji yo‘qligi, axborot urushi oqibatidagi zararni hisoblash murakkabligi, doimiy ravishda harbiy bloklar tuzish qiyinligi ham axborot vositalari yordamida urush olib borishning masshtablari kengayishiga olib keladi. Hozirgi paytda axborot urushi iborasi moddiy sohada muayyan naf ko‘rish maqsadida tizimlarning aniq maqsadni ko‘zlagan holda bir-biriga ochiq yoki yashirin tarzda ta’sir ko‘rsatishi sifatida talqin qilinadi. SHu munosabat bilan axborot urushi olib borishning bir nechta asosiy maqsadlari ajratib ko‘rsatiladi, bular:
1) o‘z harbiy axborot xizmati vazifalarini dushman harakatlaridan himoya qilish maqsadida axborot makonini nazorat qilish;
2) dushmanga nisbatan shiddatli axborot hujumi olib borish uchun nazoratdan foydalanish;
3) barcha joyda harbiy axborot xizmati vazifalaridan foydalanish orqali hprbiy kuchlarning umumiy smaradorligini oshirish;
4) sof mafkuraviy ta’sir o‘tkazishga urinish;
5) mamlakat aholisiga noto‘g‘ri ma’lumot berish (davlat va hukumat rahbarlariga ishonchsizlik o‘yg‘otish, davlat siyosatining ayrim yo‘nalishlariga norozilik kayfiyatlarini tug‘dirish, rasmiy targ‘ibot va axborot manbalari va kanallariga ishonchini yo‘qotish);
6) fuqarolarga psixologik bosim o‘tkazishga urinish (mish-mishlarni tarqatish, nosog‘lom kayfiyat tug‘dirish, turli ijtimoiy guruhlar orasida dushmonana kayfiyatlarni - millatchilik, diniy ekstremizm va fanatizmni o‘yg‘otish).
Axborot urushi ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida quyida keltirilgan o‘z tuzilmasiga ega:
1) psixologik operatsiyalar – axborotdan dushman askarlarining tushunchalariga ta’sir ko‘rsatish uchun foydalanish;
2) elektron urush – dushman aniq axborot olishga imkon bermaslik;
3) noto‘g‘ri axborot – o‘z kuchlari va mo‘ljallari to‘g‘risida dushmanga yolg‘on axborot taqdim etish;
4) jimonan barbod qilish - axborot tizimlarining elementlariga ta’sir ko‘rsatish maqsadiga ega bo‘lsa, axborot urushining muayyan qismi bo‘lishi mumkin;
5) xavfsizlik choralari – o‘z imkoniyatlari va mo‘ljallari to‘g‘risida dushman bilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilish;
6) to‘g‘ridan-to‘g‘ri shiddatli axborot xurujlari – axbortning mohiyatini ko‘zga tashlanmaydigan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzish.
Axborot vositalari jadal rivojining hozirgi globallashuv sharoitida yoshlar tarbiyasiga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri quyidagilarda namoyon bo‘ladi.

Yüklə 340,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin