Paraklinik belgilari: Deyarli o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Ba’zan ECHT ortishi, monotsitoz bo‘lishi mumkin.
CHaqaloqlarda mikoplazmali infeksiyagenerallashgan xarakterga ega, o‘pka parenximasini zararlaydi. YUqori nafas yo‘llari va bronxlar zararsiz bo‘lib qoladi, qo‘zg‘atuvchi gematogen yo‘l bilan kiradi va o‘pka to‘qimasida joylashadi. Bunday chaqaloqlarning onasida akusherlik anamnezida urogenital mikoplazma bilan kasallanganlik aniqlanadi. Bolalar kam vazn bilan tug‘iladi, terisi oqimtir, sariq tusda bo‘ladi. Pnevmoniya hayotining birinchi soatlaridan boshlanadi. Haftaning oxirida - meningoensefalit rivojlanadi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bunday bolalar o‘lgan chaqaloqlarning 10 - 30 %ni tashkil etadi.
Diagnostikasi.Burun shilliq qavatidan olingan flyuoressensiyali zardobda qo‘zg‘atuvchini topishga asoslangan. serologik reaksiyalar (RSK - komplementbog‘lovchi antitelalar titrining oshishiga). Balg‘amdagi mikoplazmani aniqlash maxsus usuli ham qo‘llaniladi.
Davolash prinsiplari: Etiotrop davosi makrolidlar guruhiga mansub antibakterial preparatlarni buyurish:
eritromitsin sutkasiga 30-50 mg/kg; linkomitsin sutkasiga 10-20 mg/kg; oleandomitsin: 3 yoshgacha bolalarga -0,02 g/kg, 3-6 yoshdagilarga -0,25-0,5 g/kg, 6-14 yoshdagilarga - 0,5-1,0 g/kg, 14 yoshdan kattalarga -1,0-1,5 g/kg sutkasiga, sutkalik dozasini 4-5 qabulga bo‘linadi. Davo kursi 7-10 kun. 8 yoshdan katta bolalarga oksitetratsiklin buyuriladi, vibramitsin, doksitsillin. 8-12 yoshda birinchi kuni sutkada 4 mg/kg, keyinchalik 2mg/kg. 12 yoshdan kattalarga 0,2 g birinchi kuni va keyinchalik 0,1 g beriladi. Davo kursi 7-10 kun.
XLAMIDIYALI PNEVMONIYA CHaqiruvchisi Chlamydia trachomatis - hujayra ichi paraziti ko‘pincha bakteriyalarga yaqin. Tarkibida RNK va DNK saqlaydi, ular ikkiga bo‘linib ko‘payadi, antibiotiklarga sezuvchan. Ularning ikkita turi bor: Chlamydia psitacci i Chlamydia trachomatis. Ko‘pincha o‘pkaning o‘rta va pastki qismlari zararlanadi. CHaqiruvchi alveolalarda seroz shish chaqiradi va boshqa bo‘limlarga o‘tadi.