Chaqiriq bosqichi. Bu bosqichda tahsil oluvchilarni faollashtirish, shuningdek mazmun mohiyatiga kirib borish uni anglab yetish jarayoniga tayyorlash maqsadi ko'zda tutiladi.
Fikriy hujum. Bu usul darsning boshlanishida yoki istalgan joyida qo'llanilishi mumkin. Bu bosqichda muammo tahsil oluvchilarga aqliy hujum yo'li bilan beriladi va ularning fikrlari orqali olinadi.
Anglash bosqichi. Mavzuga oid xulosaviy fikrlar eshitiladi va o'qituvchi tomonidan yangi fikrlar bilan to'ldiriladi.
Fikrlash bosqichi. Mavzu yuzasidan o'zlashtirilgan bilim va tushunchalarni qisqa jumlalarda yozma ravishda bayon qilish topshiriladi. Bu topshiriqni bajarish uchun sinf guruhlarga bo'linadi. Har bir guruh topshiriq bo'yicha o'z fikrini yozadi va har bir guruh vakili bajarilgan topshiriqni boshqalarga ma'lum qiladi.
Guruhlar bilan ishlash faqat fikrlarsh bosqichida emas, balki birinchi bosqichdan boshlab yo'lga qo'yilishi mumkin. Tahsil oluvchilarni guruhlarga bo'lib ishlash uchun qo'yidagi talablarga amal qilish zarur:
Guruhlarga ajratish o'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir guruhga rahbar tayinlanadi.
Har bir guruhdagi tahsil oluvchilar bilim darajasining teng bo'lishiga erishish kerak.
Guruh doira shaklida o'tirishi lozim.
Ish jarayonida har bir guruhning faoliyatiga, g'oyalariga e'tibor beriladi.
Dars jarayonida guruh a'zolarini almashtirib borish ham mumkin. Quyidagi
ta'lim jarayonida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so'z yuritamiz.
Fikriy hujum metodi.
Mazkur metod tahsil oluvchilarning mashg'ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta'minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag'batlantirish hamda bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish, muayyan mavzu yuzasidan rang barang g'oyalarni to'plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo'lgan fikrlarni engishga o'rgatish uchun xizmat qiladi. “Fikriy hujum” metodi. A. F. Ojborin tomonidan tavsiya etilgan bo'lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg'ulot (Baxs) ning har bir ishtirokchisi tomonidan
o'rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutloqo taqiqlash, har qanday luqma va hazil mutoyibalarni rag'batlantirishdan iboratdir. Bundan ko'zlangan maqsad tahsil oluvchilarning mashg'ulot (bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini ta'minlashdir. Ta'lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muvaffaqqiyatli