Mavzu. Davlat budjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlari



Yüklə 130,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix24.12.2023
ölçüsü130,61 Kb.
#191946
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
19-BOB. DAVLAT BUDJETINING IQTISODIY MAQSADLARDAGI XARAJATLARI

Investitsiya manbalari 
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan investitsiyalarga 
bo’linadi. 
Markazlashtirilgan investitsiyalarga byudjet mablag’lari, byudjetdan tashqari 
jamg’armalar mablag’lari, Rekonstruktsiya va taraqqiyot jamg’armasi, xorijiy investitsiyalar va 
Davlat kafolati ostidagi kreditlar va boshqalar kiradi. 
Markazlashtirilmagan investitsiyalarga aholi, korxonalar mablag’lari, tijorat banklari 
kreditlari, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar va boshqalar kiradi. 
Markazlashtirilgan investitsiyalar faqatgina quyidagilarga ajratiladi: 


respublika iqtisodiyotining ustuvor yo’nalishlari bo’yicha investitsion loyihalarni, 
davlatning maqsadli dasturlari va davlatlararo kelishuvlarni amalga oshirishga; 
yangi yerlarni o’zlashtirish va sug’oriladigan yerlarni tiklashga, suv xo’jaligi qurilishiga va 
kichik gidroenergetikani rivojlantirishga; 
aholi punktlari va birinchi navbatda individual qurilishlar massivla- rida muhandislik 
infratuzilmasini rivojlantirishga; 
maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlari 
ob’ektlari qurilishiga; 
davlat boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat ilmiy 
muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga; 
umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga va tabiiy ofatlardan himoyalash 
inshootlari qurilishiga. 
Dasturga kiritish uchun investitsion takliflarni tanlashga asosiy mezonlar quyidagilardir: 
ishlab chiqarish ob’ektlari bo’yicha: 
mahalliy xom ashyo va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash miqyoslarini kengaytirish, 
ularni raqobatbardosh tayyor mahsulot darajasiga yetkazish; 
yuksak texnologiyali rentabelli va resurslarni tejaydigan, eksport salohiyatini 
rivojlantirishga yo’naltirilgan ishlab chiqarishlarni yaratish; 
kommunikatsiyalar, irrigatsiyalar, ishlab chiqarish infratuzilmasining zamonaviy tizimlarini 
rivojlantirish; 
iste’mol bozorini birinchi zaruratdagi tovar va xizmatlar bilan to’ldirish; 
noishlab chiqarish ob’ektlari bo’yicha: 
aholining ijtimoiy infratuzilma xizmatlaridagi birlamgi ehtiyojlarini qondirish; 
noishlab chiqarish infratuzilmasi xizmatlari sifatini oshirish va qamrovini kengaytirish. 
Dasturga kiritilishda texnologik jihatdan o’zaro bog’liq yoki tarmoqlararo ahamiyatga 
ega bo’lgan; to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar; qishloq joylarda va mehnat resurslari 
ortiqcha bo’lgan hududlarda kichik biznes ishtirokida amalga oshiriladigan; respublikaning 
eksport potentsialini oshirishni ta’minlaydigan takliflar imtiyozga ega bo’ladilar. 
Investitsion dasturga kiritilgan investitsion loyihalarni davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirishda yordam qilish, soliq va boshqa imtiyozlarni 
berish, davlat monitoringini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. 
Moliyalashtirishda yordam byudjet ajratmalarini qaytarish va qaytarmaslik asosida
taqdim etish yo’li bilan ustuvor investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun ko’rsatiladi, 
shu jumladan xorijiy kredit- lar bo’yicha avans va boshqa majburiy to’lovlar amalga oshiriladi, 
shuningdek xorijiy kreditlar uchun hukumat kafolatlari beriladi. Ustuvor investitsion loyihalarni 
amalga oshirish uchun markazlashtirilgan kapital qo’yilmalar hisobidan zarur bo’lgan davlat 
tomonidan qo’llab-quvvatlash O’zbekiston Res- publikasi hukumati tomonidan Iqtisodiyot va 
tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo’yicha jamlanma axborot-tahliliy departamenti tomonidan 
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo’mitasi, Moliya vazirligi, 
boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tayyorlan- gan takliflar asosida tayinlanadi. 
Soliq va boshqa imtiyozlarga vaqtinchalik soliqlardan ozod etish, imtiyozli soliq solish 
va jadallashtirilgan amortizatsiya rejimini belgilash, bojxona preferentsiyalari va boshqalar 
kiradi. Har bir loyiha yoki dastur bo’yicha imtiyozlar ro’yxati amaldagi qonun hujjatlariga 
muvofiq belgilanadi. 

Yüklə 130,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin