Urushdan keyingi
yillarda
maorif sohasida talaygina
yutuqlar qo`lga
kiritildi.Dastlab 4 yillik, keyin 7va8 yillik to`liq o`rta ta’limga bosqichma-bosqich o`tilishi,ta’lim
mazmunini tubdan qayta qurishga yordam berdi. Bu davrda geografiya o`qituvchilari diqqati
ko`proq o`quv jarayonini amaliyot bilan bog`lashga qaratildi. Geografiya ta’limini hayot bilan
bog`lash borasida tabiiy sharoitning xalq xo`jaligidagi ahamiyatiga e’tibor berildi. Oz o`lkasi
geografiyasini o`rganish va o`z joyining kartasini chizish,ob-havoni kuzatish,o`z joyidagi barcha
tabiiy kompleks komponentlarini o`rganish geografiyani turmush bilan bog`lashga qaratildi.
Maktabni hayot bilan bog`lash haqidagi qaror asosida o`quvchilarning mustaqil
ishlariga katta e’tibor berildi.O`zbekiston geografiyasini o`rganishga bir muncha e’tibor
kuchaydi.1953-1954-o`quv yillaridan boshlab amaliy mashg`ulotlarni uyushtirish majburiy tarzda,
maktab geografiya dasturlariga kiritildi.O`quvchilar dunyoqarashini shakllantirishga, mehnatga
muhabbat ruhida tarbiyalashga e’tibor kuchaydi.1958-yil 24-dekabrda Oliy Sovetning maktab
haqidagi qonuni geografiyaning takomillashuvida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu qonun boshqa
fanlar qatori geografiya ta’limini ishlab chiqarish mehnati bilan yaqinlashtirishga e’tiborini
kuchaytirdi.
Geografiya ta’limida o`z o`lkasini chuqurroq o`rganishga bo`lgan talab
oshdi.Ozbekistonda geografiya ta’limini takomillashtirishda bir qancha ilmiy maskanlar va oily
o`quv yurtlari qatori Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutlaridagi geografiya
labaratoriyasining xizmatlari katta bo`ldi.Bu institute geografiya labaratoriyasida P.Musayev
rahbarligidagi metodist geograf olimlar maktabda geografiya o`qitishni takomillashtirish bo`yicha
qator izlanishlar olib bordi.P.Musayev o`sha mustamlaka yillarda ham hadiksiramasdan milliy
maktab muammolari bo`yicha g`oyat dadil fikrlarini ilgari surdi.
1960-yildan boshlab geografiya ta’limi metodigasiga oid maxsus qo`llanma va darsliklar
nashr etildi.O`sha davrda O`zbekistonda geografiya fanini takomillashtirishda A .Obidov,
O.Saidrasulov, H. Hasanov, N.Daminov, Z. Akramov, O. Mo`minov, M.Nabixonov,
I.Mirzaboyev va boshqalarning xizmatlari katta bo`ldi.Umum ta’lim maktablari va o`quv yurtlari
uchun geografik adabiyotlar, darslik va metodik qo`llanmalarni tarjima qilindi. Bunda H.
Hasanov, P.Sultonov, M.Qoriyev, P. G`ulomov, R. Rahimbekovlar unumli mehnat qildilar.
Jumladan: N.F.Kurazovning “Geografiya o`qitish metodikasi” (1962),P.Budanovning”Tabiiy
geografiya metodikasi”(1905), A.B.Darinskiyning “Geografiya o`qitish metodikasi”(1964),
N.Dalimovning “O`zbekiston tabiiy geografiyasi”yangi darslik bo`lib chiqdi.1960-yillardan
boshlab O`zbekistonda geografiya ta’limi geografiyasining turli yo`nalishlari bo`yicha ilmiy
tadqiqot ishlari olib borildi. O.Mo`minov “O`zbek maktablarida tbiiy geografiya o`qitish
masalalari”(1967), T.Abdullayeva “Tabiiy geografiya o`qitishda o`lkashunoslik materiallaridan
foydalanish”(1967), M.Nabixonov “SSSR Geografiyasida badiiy ko`rsatmali vositalarning roli va
qo`llanilishi” (1969)
Dostları ilə paylaş: