topgan. Organizmda mag'iz va po'stloq qavatlarining hujayralaridan iborat mayda
bezchalar, ayrim hollarda esa har ikkala tomoni shakllangan qo’shimcha
holatida
ham uchraydi.
Po'stloq qismining faoliyati. Buyrak usti bezining po'stloq qavati hujayralari
o'zining kelib chiqishi jihatidan epiteliy hujayralariga yaqin turadi. Ular uchta
zonani tashkil qiladi.
Koptokchali tashqi zona, tutamli orqa zona va to’rli ichki
zona. Buyrak usti bezining po'slog'idan 46 tadan ortiqroq gormonlar - kortiko
steroidlar
ajratib olingan, biroq ularning 8 tasigina faoldir. Buyrak usti bezlari
po’stloq qavati steroidlari besh guruhga bo'linadi:
1. Glyukokortikoidlar; 2. Mineralokortikoidlar; 3. Androgenlar; 4.
Estrogenlar; 5. Gestogenlar.
Bularning ichida glyukortikoidlar va mineralokortikoidlar
katta ahamiyatga
egadir. Mineralokortikoidlar organizmda mineral moddalar almashinuvini, avvalo
qondagi natriy va kaliyning miqdorini rostlab turadi.
Mag'iz qatlamining faoliyati. Buyrak usti bezining mag'iz moddasidan
adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar organizmda
fenilalanin va tirozin aminokislotalaridan hosil bo'ladi. Adrenalinning ta'siri
simpatik nerv tolalari uchlaridan ajraladigan moddalarning fiziologik ta'siriga
o’xshashdir. Uning ta'siridan ko'z qorachig'i
kengayadi, yurak qisqarishlari ritmi
tezlashadi, kuchi oshadi, muskullarning o'tkazuvchanligi va qo'zg'aluvchanligi
kuchayadi. Adrenalin mayda arteriya va arteriolalarni (yurak
toj tomirlari va miya
tomirlaridan tashqari) toraytirib, qon bosimini oshiradi. Qon ivishini tezlashtiradi,
bronxalarni
kengaytiradi,
ichak
peristalikasini
tormozlab,
muskullarini
bo'shashtiradi, sfinkterlar muskulini qo'zg'atib, sfinkterlarning
yepilishiga olib
keladi, ishlayotgan skelet muskullarini qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi.
Dostları ilə paylaş: