Idrokning turlari. Fazoni idrok qilishFazoni idrok qilish to‘g‘risida gapirar ekanmiz, biz narsalarning
fazodagi shakllarini, ularning fazodagi katta-kichikligini va fazodagi o‘zaro munosabatlarini ko‘zda tutamiz. Ma’lumki, fazodagi shakllariga qarab, uch burchakli, to‘rt burchakli, kub, silindr va shu kabi shakldagi narsalar ajratiladi; narsalar katta-kichikligiga qarab, nisbatan katta, kichikroq, Nurlarning ko‘z gavharida sinishi:a, b; a–b o‘qining teskari aksi; A–fiksatsiya nuqtasi; A–A1 – ko‘rish chizig‘i; a, k, b–ko‘rish burchagi. o‘rtacha va hokazo narsalarga ajratiladi; fazodagi munosabatlariga qarab, bu narsalar bizga va bir-biriga nisbatan yaqin, uzoq, chap tomonda, o‘ng tomonda, yuqori yoki past bo‘lishlari mumkin. Fazoni biz uning hamma uch o‘lchovida ko‘rish, teri sezgilari va muskul-harakat organlari yordami bilan idrok qilamiz. Fazo munosabatlarini, narsalarning shaklini, narsalarning hajmi va katta-kichikligini biz asosan ko‘z bilan ko‘rib idrok qilamiz. Fazoni biz bir ko‘zimiz bilan ham ko‘rib, ya’ni monokulyar, ikki
ko‘zimiz bilan ham ko‘rib, ya’ni binokulyar idrok qilamiz. Monokulyar idrok quyidagicha voqe bo‘ladi. Biz ko‘z bilan qaraganimizda, biz shu narsadan aks etgan nurlar ko‘z gavharida sinib, ko‘zning to‘r pardasi (setchatka)da shu narsaning aks etgan surati fotoapparatdagiga o‘xshab,
to‘nkarilib, teskari tushadi (24-rasm). Ammo bunga qaramasdan, biz narsani haqiqiy holatida, haqiqiy shakli va katta-kichikligida ko‘ramiz, idrok qilamiz («Idrokning konstantligi» nomli bobga qaralsin, 120-bet). Narsaning chetlaridagi nuqtalaridan aks etgan nurlar ko‘z gavharida
bir-birini kesib o‘tadi va ularning kesilish joyida ko‘rish burchagi hosil bo‘ladi. Bu burchakning katta-kichikligi idrok qilinayotgan narsaning katta-kichikligiga hamda uning ko‘zdan qanchalik uzoq-yaqin turganiga bog‘liq bo‘ladi. Narsa qanchalik katta bo‘lsa, ko‘rish burchagi ham
shunchalik katta bo‘ladi va aksincha. Kattaligi bir xildagi ayni bir narsani yaqin masofadan ko‘rayotganimizda ko‘rish burchagi kattaroq, uzoqdan turib qarasak kichikroq bo‘ladi. Demak, ko‘rish burchagining kattakichikligi idrok qilinayotgan narsaning katta-kichikligini, shuningdek,
uning qanchalik uzoqlashganini bildiradi. Ko‘zimiz bilan tik (to‘ppa-to‘g‘ri) qaraganimizda, agar yorug‘lik kuchli bo‘lib, ko‘rinib turgan narsalar o‘rtasidagi ko‘rish burchagi 50dan kam bo‘lmasa, ko‘zimiz ayni bir vaqtda ikki narsani (ikki nuqtani) ko‘ra oladi. Lekin, ko‘rish burchagi kichikroq bo‘lsa, ikki narsa yoki ikki nuqta bittadek bo‘lib ko‘rinadi. Yon tomondan qaraganda ikki nuqta bittadek ko‘rinadi va ko‘rish burchagi hiyla katta bo‘ladi. Shuning uchun
Nurlarning sinishi: 1 – normal ko‘radiganlarda; 2 – uzoqdan yaxshi ko‘ra olmaydiganlar; 3 – yaqindan yaxshi ko‘ra olmaydiganlarda. ham uzoq masofadagi ikki yoki bir qancha narsa «birlashib ketib», bir narsadek idrok qilinadi. Ikki narsani ayni bir vaqtda ko‘rayotganda ko‘rish
burchagi qanchalik kichik bo‘lsa, ko‘z shunchalik o‘tkir hisoblanadi. Yaqin yoki uzoqroq masofadagi narsalarning aks etgan surati to‘ppa to‘g‘ri ko‘z to‘r pardasiga tushmog‘i uchun ko‘z gavhari bo‘rtiq yoki yassi holda bo‘lmog‘i kerak. Yaqin turgan narsalarga qaragan paytda
ko‘z gavhari qorayib sharga o‘xshash bo‘rtiq shaklga, uzoqdagi narsalarga qaraganda esa cho‘zilib, qariyb yassi shaklga kiradi. Ko‘z gavharining va umuman, ko‘zning ravshan ko‘rish uchun uyg‘unlashuvini akkomodatsiya deb ataladi. Ko‘zning akkomodatsiyasi 20-25 metr doirasida fazoning uchinchi o‘lchovini, ya’ni olislikni, chuqurlikni, relyefni ko‘z
bilan idrok qilishda, ayniqsa, katta ahamiyatga ega.Ko‘z xiralik – uzoqdan yaxshi ko‘ra olmaslik va yaqindan yaxshi ko‘ra olmaslik. Ko‘z gavhari qanchalik shar shakliga yaqinlashsa, yorug‘lik
nurining sinishi shunchalik kuchliroq bo‘ladi va qaralayotgan narsaning surati ham ko‘z gavharidan shunchalik yaqin yerda aks etadi. Ko‘z gavhari qanchalik ko‘p cho‘zilib yassi shakl olsa, nurning sinishi ham shunchalik kuchsiz bo‘ladi va qaralayotgan narsaning surati ham ko‘z
gavharidan shunchalik yiroq yerda aks etadi. Ko‘z gavharining yassi shaklga yoki bo‘rtib shar shakliga kira olish qobiliyati hamisha zo‘r berib tikilishdan yoki odamning yoshiga qarab susayib bormog‘i mumkin.Bunday hollarda normal ko‘rish qobiliyati buzilib, uzoqdan yaxshi ko‘ra olmaslik (yassilanish qobiliyatining zaifligi) yoki yaqindan yaxshi ko‘ra olmaslik (bo‘rtish qobiliyatining zaifligi) paydo bo‘ladi. Uzoqdan yaxshi ko‘ra olmaydigan odamlarning ko‘z gavharida nurlarning sinishi kuchli bo‘ladi; binobarin, bu sinayotgan nurlar ko‘z to‘r pardasiga borib yetmasdanoq bir nuqtaga yig‘iladi. Buning natijasida narsaning surati ko‘z to‘r pardasida xira, mujmal aks etadi. Shuning uchun ham uzoqdan yaxshi ko‘ra olmaydigan odamlar botiq ko‘zoynak taqib yuradilar, chunki botiq ko‘zoynak nurlarni tarqatadi va bu nurlarning sinish nuqtalarini ko‘z to‘r pardasigacha yetkazadi. Yaqindan yaxshi ko‘rmaydigan odamlarning ko‘z gavharida nurlarning sinishi zaif bo‘ladi, natijada nurlar ko‘z to‘r pardasining orqa yerida
turadi. Ko‘z to‘r pardasining o‘ziga esa hali bir nuqtada turmagan nurlar tushadi. Shu sababli, ko‘z bu holda ham ravshan ko‘ra olmaydi. Yaqindan yaxshi ko‘ra olmaydigan odamlar bo‘rtiq ko‘zoynak taqadilar, chunki bo‘rtiq oyna nurlarning sinishini kuchaytiradi va nurlarni
xuddi ko‘z to‘r pardasiga to‘playdi. Uzoqdan yaxshi ko‘rmaslik va yaqindan yaxshi ko‘rmaslikning yana bir sababi shuki, ba’zi odamlarning ko‘z soqqasi cho‘zinchoqroq (uzoqdan
yaxshi ko‘ra olmaydiganlarda) yoki kalta (yaqindan yaxshi ko‘ra olmaydiganlarda) bo‘ladi. Shuning uchun ko‘zning bu kabi xiraligi bolalik chog‘idanoq ko‘rinmog‘i mumkin. Uzoqdan yaxshi ko‘ra olmaydigan odamlar bilan yaqindan yaxshi ko‘ra olmaydigan odamlarning ko‘zida
nurlarning qanday sinishi 25-rasmda ko‘rsatilgan. Fazoni (monokulyar ko‘rish yo‘li bilan) bir ko‘z bilan yetarli darajada aniq va mukammal ko‘rib bo‘lmaydi. Ayniqsa, fazoning uchinchi
o‘lchovini bir ko‘z bilan (monokulyar) idrok qilish yo‘li bilan ko‘rishda to‘la aniqlikka erishib bo‘lmaydi. Odatda biz narsalarni fazo munosabatlari shakllari va katta-kichikligi bilan birlikda idrok qilganimizda ikkala ko‘zimiz bilan, ya’ni binokulyar idrok qilamiz.
Uzoqdalik, chuqurlikni binokulyar idrok qilishda ko‘zning konvergensiyasi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega.Konvergensiya ma’lum bir narsaga qaraganda, ikkala ko‘z soqqasining
qanshar tomon baravar burilishidir. Ikkala ko‘z soqqasi ana shunday burilganida ko‘rish o‘qlari biz qarab turgan narsaning o‘zida birbirini kesib o‘tadi.Idrok qilinayotgan narsa qanchalik yaqin tursa, ko‘z soqqalari birbiriga,ya’ni qanshar tomonga shunchalik yaqin buriladi, ko‘rish o‘qlari
ham bir-birini shunchalik yaqin kesib o‘tadi. Sechenov ta’biricha, ko‘rish o‘qlari «qamrab oluvchilar» bo‘lib, biz qarab turgan narsa bizga yaqinlashgan sari, «ko‘rish o‘qlari ham ko‘zimizga yaqinlashadi, narsa uzoqlashgan sari, ko‘rish o‘qlari ham ko‘zimizdan uzoqlashadi».
Ko‘zlarimizning konvergensiyasi, ayniqsa, masofani, yiroqni, chuqurlikni eng aniq, raso idrok qilishga imkon beradi, chunki konvergensiya vaqtida asosiy o‘rinda turgan ko‘rish analizatoriga harakat analizatori,ya’ni ko‘z muskullarining ishi qo‘shiladi. Biz qarab turgan narsalar
yuziga tushgan ko‘lankalar masofani, chuqurlikni, relyefni idrok qilishda katta rol o‘ynaydi.
Bundan tashqari, uchinchi o‘lchovni ikki ko‘z bilan (binokulyar) idrok etishda eng ko‘p daraja aniqlikka erishuvning sababi o‘tmishdagi tajribamiz samarasi hamdir. Chunki biz kundalik hayotimizda narsalarni doimo ikki ko‘z bilan qarab ko‘ramiz, narsalarga faqat bir ko‘zimiz
bilan qarash hollari kamdan kam uchraydi. Fazoni idrok qilishda teri sezgilari va
muskul-harakat a’zolarining roli Fazoni teri sezgilari va muskul-harakat vositasi bilan idrok etganda ko‘z bilan qarab ham, ko‘z bilan qaramasdan ham idrok qilaverish mumkin.
Maydaroq narsalarning shaklini, ularning katta-kichikligini, holatini biz teri sezgilari vositasi bilan, ya’ni uni ko‘rib, bevosita idrok qilamiz, masalan, qo‘limizdagi tanga pulning shaklini, katta-kichikligini, holatini bevosita teri sezgilari vositasi bilan bilamiz. Teri sezgilari vositasi
bilan biz, xususan ikki o‘lchovni uzunlik (masofa) va sirt o‘lchovlarini idrok qilishimiz mumkin, lekin narsalarning (hatto mayda narsalarning ham) shaklini, katta-kichikligini va fazodagi munosabatlarini yolg‘iz teri sezgilari vositasi bilan idrok qilganda to‘la aniqlikka erishib bo‘lmaydi. Shu sababli ko‘pincha fazoni teri sezgilari vositasi bilan idrok qilish muskullar harakat vositasi bilan idrok qilish ila birgalikda o‘tadi. Muskulharakat organlarimiz vositasi bilan biz yirik va mayda obyektlarning (masalan, stol, xona, hovli va shu kabilarning) shaklini, katta-kichikligini, fazodagi munosabatlarini hamma uch o‘lchovda idrok qilishimiz mumkin. Ko‘r odamlar (yoki ko‘r emaslar qorong‘i tushganda) narsalarning shaklini, masofani va fazodagi munosabatlarni ana shu yo‘l bilan idrok qiladilar. Mayda narsalarning shakli barmoq harakatlari (paypaslash) vositasi bilan idrok qilinadi. Yirik narsalarning shaklini va masofani
ko‘zimizni yumib yoki qorong‘ida idrok qilganimizda biz qo‘l harakatlarimizdan va qadamlab yurishdan foydalanamiz. Ana shu harakatlardan tug‘iladigan muskul-harakat sezgilarimizga o‘tmishda hosil bo‘lgan tajribamiz qo‘shiladi, natijada biz ko‘zimiz ko‘rmasa ham, turgan
joyimizni, fazoga oid munosabatlarni chama bilan bilib olamiz. Fazoni ko‘z bilan ko‘rib idrok qilishning o‘sishida teri sezgilari va muskul-harakat organlari katta rol o‘ynaydi. Ko‘r bo‘lib tug‘ilgan, ammo tegishli operatsiyadan keyin ko‘zi ochilgan odamlarning fazoni qanday
idrok qilishlarini tekshirish natijalari bunga dalil bo‘la oladi. Bir necha misol keltiraylik. Ko‘r bo‘lib tug‘ilgan bir odam muvaffaqiyatli operatsiyadan keyin ko‘zi ochilgan bo‘lsa-da, lekin dastlabki kunlarda u fazoni va narsalarning fazodagi holatini ko‘zi ko‘r emas (basir)
odamlarga qaraganda boshqacha idrok qilgan, masalan, ko‘ruv doirasiga kirgan hamma narsalarni juda yaqin va ko‘ziga tegib turayotgandek his qilgan, shuning uchun bu odam ehtiyot yuzasidan ko‘zini qo‘li bilan hadeb qoplayvergan. Narsalarning shaklini ham faqat ko‘rish bilangina fahmlay olmagan, bu narsalarni qo‘li bilan paypaslab ko‘rganidagina, ya’ni o‘tmishdagi muskul-harakat sezgisiga asoslangan tajribasiga suyanganidagina narsalarning shakllarini taniy olgan. Operatsiyadan so‘ng ko‘zi ochilgan yana bir odamga yog‘ochdan
yasalgan, har ikkalasi ham bir xil bo‘yalgan va diametri teng shar bilan kub ko‘rsatganlar. U odam bu narsalarning turli buyumlar ekanini ko‘rib tursa ham, lekin ularni bir-biridan aniq farq qila olmagan: qaysisi dumaloq va qaysisi burchakli ekanini aniq aytib bera olmagan. Yana shu odamga shar bilan bir xil kattalikdagi doiraning, kub bilan bir xil kattalikdagi to‘rtburchakning yassi shaklini yonma-yon qo‘yib ko‘rsatganlarida, ularni bir-biridan farq qila olmagan, faqat paypaslab ko‘rganidan keyin sharni doiradan va kubni to‘rtburchakdan ajratgan. Bu odam qilingan operatsiyadan tamomila sog‘aygandan keyin, ko‘z bilan ko‘rib idrok qilishni
o‘rganmoq uchun maxsus mashq qilgan. Masalan, oyog‘idan etigini yechib irg‘itib yuborar, so‘ngra etikkacha bo‘lgan masofani ko‘zi bilan chamalashga urinar ekan. Chama bilan bir-ikki qadam yurgandan keyin, qo‘lini uzatib etikni olishga harakat qilar ekan, lekin ko‘zi bilan masofani aniq belgilay olmaganligidan yanglishar va paypaslab, qachon etik qo‘liga tegsa, uni shundagina ushlab olar ekan. Yuqorida keltirilgan misollardan ma’lum bo‘ldiki, ko‘rlar ko‘zlari
ochilgandan keyin, ularda fazoni ko‘z bilan ko‘rib idrok qilish qobiliyati teri va muskul harakat organlarining ishtiroki bilan asta-sekin o‘sib boradi. Demak, fazoga oid shakl, katta-kichiklik va munosabatlarni ko‘rish, teri sezgilari va muskul-harakat organlari bir-biri bilan mahkam bog‘lanib ishlaganlaridagina eng to‘g‘ri va mukammal idrok qilish mumkin. Sezgi organlarimizning – tuyush, muskul-harakat va ko‘rish organlarimizning o‘ziga xos xususiyati, jumladan, obyektiv mavjud fazoni ham idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘lishdadir. Idrokning hamma turlari singari, fazoni idrok qilish ham kishining tajribasi va umumiy kamoloti
jarayonida boradi.
Vaqtni idrok qilish Biz idrok qilib turgan narsa va hodisalar ma’lum bir (zamon) davomida
paydo bo‘ladi, taraqqiy qiladi va o‘zgarib boradi. Shuningdek, obyektiv dunyo hodisalarini aks ettiradigan idrok, tasavvur, fikr va hokazolardan iborat bo‘lgan bizdagi subyektiv, psixik hodisalar ham vaqt davomida paydo bo‘ladi, o‘zgarib va almashib turadi. Ma’lumki, fazo singari vaqt ham materiyaning mavjudligi shaklidir. Har qanday bog‘liqning asosiy shaklidir. U obyektiv reallikdir, ya’ni ongimizdan tashqari o‘zi mavjuddir. Biz fazoni idrok qilganimizdek, vaqtni ham idrok qilamiz. Biroq, vaqtni idrok qilish to‘g‘risida gapirar ekanmiz, biz quyidagilarni nazarda tutamiz. Vaqtni idrok qilishni vaqt «bo‘laklarini» soat va boshqa
xronometrik asboblar yordamida o‘lchash deb tushunish yaramaydi. Kishi xuddi bir xilda bo‘lgan vaqt bo‘lagi (daqiqa, soat yoki ko‘p va hokazo)ning obyektiv davomini hamisha bir xilda sezavermas ekan. Ba’zan bir soat, bir daqiqada, o‘tib ketadi yoki «bir soat bir yildek tuyuladi» deb gapiradilar.Biz vaqtni hozirgi zamon (hozirgi payt) va undan kelgusiga borayotgan
real narsadek idrok qilamiz, uni tasavvur qilamiz va fikrlaymiz. Shuning uchun ham o‘tmish, hozirgi zamon va kelgusi ma’nosida olingan tushunchalar mavjuddir. Vaqtni idrok qilish haqida gapirar ekanmiz, biz hozirgi paytni nazarda tutamiz. O‘tmish vaqt xotira faoliyati esga
tushirish faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Kelgusi vaqtni esa biz faqat xayolga keltirishimiz yoki bu haqda o‘ylashimiz mumkin, xolos. Obyektiv (matematik) nuqtayi nazardan, hozirgi payt bu o‘tmishni kelgusidan ajratadigan bir nuqta (chegara)dir. Ammo psixologik, subyektiv nuqtayi
nazardan, biz borayotgan vaqtning «bo‘laklarini» hozirgi payt (endimik) deb idrok qilamiz. Dars, ma’ruza yoki bironta musiqiy asarni eshitib o‘tirish davomidagi vaqt ham mana shunday idrok qilinadi. Demak, vaqtning to‘xtovsiz borishi, davomi hozirgi payt deb tuyuladi. Biz vaqtni (uning to‘xtovsiz borishi, cho‘zilishini va davomini) idrok qiladigan maxsus bir organga ega emasmiz. O‘tayotgan vaqt avvalo atrofimizdagi narsa va hodisalarning o‘zgarib va almashinib turishidan bilinadi. Shu sababli bizning idrok qilishimiz hamma sezgi a’zolarimiz faoliyati bilan bog‘langan deb aytish mumkin. Vaqtni idrok qilish organizmimizda borayotgan fiziologik jarayonlar bilan ham belgilanadi. Yurak tepish, nafas olish ritmikasi va organik sezgilar vaqtni idrok qilishda katta rol o‘ynaydi, bu hol maxsus tekshirishlar bilan aniqlangan. Vaqt bizga «sekin o‘tayotgandek» yoki «tez o‘tayotgandek» tuyuladi. Buning sababi shunda ekanki, har birining davomi obyektiv suratda bir xilda bo‘lgan vaqt bo‘lagini, ya’ni soat, daqiqa, soniya va hokazoni
hamisha bir xilda sezavermas ekanmiz. Ba’zan biz «bir soat bir yilga o‘xshab ketdi», ba’zan esa «uch soat ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketdi»,«bir kun bir daqiqaday o‘tib ketdi» deb gapiramiz.
Vaqtni tez yoki sekin o‘tayotgandek sezishimiz shu paytda siz kechirayotgan psixik jarayonlarga bog‘liq bo‘ladi.Aksincha, psixik tuyg‘ular mazmundor va xilma-xil bo‘lib, odamning butun fikri-zikrini o‘ziga qaratib qo‘ysa, vaqt juda tez o‘tib ketayotgandek seziladi. Diqqatimizni tuyg‘ularimizning mazmuniga qaratsak, vaqtning o‘tayotgani biz uchun bilinmay qoladi. Ayniqsa, ongimizning mazmuni, ya’ni idrok, tasavvur va fikrlarimiz xush emotsiyalar, yoqimli hislar uyg‘otsa, vaqt juda tez o‘tayotgandek seziladi. Masalan, ayni bir dars vaqti bir o‘quvchiga juda tez o‘tgandek sezilsa, boshqa bir o‘quvchiga juda sekin borayotgandek tuyuladi, buning sababi bu o‘quvchilarning diqqati nimaga qaratilishidadir. Agar o‘quvchi diqqat-e’tiborini darsning mazmuniga qaratsa, dars bilan qiziqib, zavq bilan tinglasa, ko‘ngli to‘q bo‘lsa, vaqtning o‘tib ketganini bilmay qoladi. Darsga ahamiyat bermay, zerikib va dars vaqtining tezroq o‘tishini sabrsizlik bilan kutib, hadeb soatiga qarab o‘tirgan o‘quvchiga vaqt «to‘xtab qolgandek» seziladi, «tikilgan qozon qaynamas» degan xalq maqoli ham bunga misol bo‘la oladi. Demak, vaqtni bevosita idrok qilish («vaqt hissi») aniq bo‘lmasdan, subyektiv bo‘lar ekan. Shuning uchun ham biz ko‘pincha vaqt davomini belgilashda xatoga yo‘l qo‘yib, o‘zimizcha «vaqt tez o‘tdi» yoki «sekin» o‘tmoqda deb o‘ylaymiz.Bu esa odamning ham faoliyatiga, ham ruhiy holatiga ko‘pincha salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Odamda ham «vaqtga refleks» hosil bo‘lmog‘i mumkin. Kunda ma’lum bir vaqtda uyqudan uyg‘onish odati bunga misol bo‘la oladi. Vaqt hissi odamda mehnat faoliyati jarayonida vujudga keladi. Ana shu tariqa hosil bo‘lgan vaqt hissi o‘z navbatida mehnat harakatlarini tartibli ravishda idora qilishga ta’sir ko‘rsatadi. Harakatni idrok qilishBiz narsalarning harakatsiz, sokin holatinigina idrok qilib qolmay, balki fazoda joy almashtirib turgan holatini, narsalarning harakatini ham idrok qilamiz. Harakatning hamma xillari singari, narsalarning ana shu mexanik harakatlari ham vaqt davomida voqe bo‘ladi. Shu sababli, harakat tez yoki sekin bo‘lmog‘i mumkin. Harakatning tezlik darajasini obyektiv o‘lchash uchun vaqtning bir miqdori, masalan, bir soniya olinib, bu harakatning tezligi jism shu vaqt ichida bosib o‘tgan masofa bilan aniqlanadi. Jism bir soniya ichida qancha katta masofa bosib o‘tsa, harakat shuncha tez hisoblanadi va aksincha. Binobarin, harakatni idrok qilish ayni zamonda ham fazoni, ham vaqtni idrok qilish demakdir. Masalan, yurayotgan mashinani ko‘rib
turar ekanmiz, biz ayni vaqtda uning bizga nisbatan joyini ham va biror nuqtaga nisbatan masofasi o‘zgargan (yaqinlashgan yoki uzoqlashgan) vaqtini ham idrok qilamiz. Idrok qilinayotgan harakatning tezligi shu narsa harakatining obyektiv (haqiqiy) tezligiga hamisha teng baravar bo‘lavermaydi. Ayni bir xildagi harakat tezligi, vaziyatga qarab, har xil idrok qilinishi mumkin: goho ildamroq, goho sekinlashgandek ko‘rinadi. Tanamizga bevosita tegib turgan narsalarning harakatini biz teri sezgisi, muskul va ko‘ruv organlari vositasi bilan idrok qilamiz. Bizga nisbatan muayyan masofada turgan narsalarning harakatini ko‘z bilan ko‘rib idrok
qilamiz. Harakatni ko‘z bilan ko‘rib idrok etish ikki xil usul bilan: birinchidan, harakatda bo‘lgan narsaga ko‘zni uzmasdan qaraganda uning surati ko‘z to‘r pardasida hosil bo‘ladi, ikkinchidan, ko‘zimizni harakatda bo‘lgan narsa tomon yuritish, harakatini kuzatib borish bilan voqe bo‘ladi.
Ko‘zimizni harakatlanuvchi narsa tomon yuritib idrok qilingan harakatga qaraganda, ko‘zimizni uzmasdan (yuritmasdan) idrok qilingan harakat ancha tez harakatdek ko‘rinadi. Odatda, harakat ana shu ikkala usul bilan bir yo‘la idrok qilinadi. Ikki usulning birlashgani uchun idrok
qilinayotgan harakatning tezligi ancha aniq bilib olinadi. Harakat idrokini nisbiy va g‘ayri nisbiy idrok deb ataladigan ikki xilga bo‘lish rasm bo‘lgan. Harakatni nisbiy idrok qilish deyilganda, biz harakatlanuvchi narsa va shu narsaning harakati bog‘langan yoki yonidan o‘tgan sokin nuqta ham ayni vaqtda birgalikda idrok qilinishini tushunamiz. G‘ayri nisbiy idrok deb harakatda bo‘lgan narsani boshqa narsalardan ayrim holida idrok etishni aytiladi. Obyektiv tezligi baravar bo‘lsa ham, nisbiy harakat ancha tez, g‘ayri nisbiy harakat esa ancha sekin harakatdek idrok qilinadi. Harakatning tezdek yoki sekindek ko‘rinishi shu harakatning obyektiv tezligiga hamda harakatda bo‘lgan buyumning ko‘zimizdan uzoq-yaqin bo‘lishiga bog‘liq: u bizdan qancha uzoq bo‘lsa, uning harakati ham shuncha sekindek ko‘rinadi. Idrok qilinayotgan harakatning tez yoki
sekindek ko‘rinishi buyumning muayyan vaqt davomida o‘tadigan harakatini idrok qilganda hosil bo‘ladigan qarash burchagining kattakichikligi bilan belgilanadi. Harakatda bo‘lgan buyumlarni idrok qilgan paytda qarash burchagi kattalashadi. Qarash burchagi harakatlanuvchi
buyum bosib o‘tayotgan fazo nuqtalaridan bir-birini kesib ko‘zga keluvchi nurlardan hosil bo‘ladi. Muayyan vaqt ichida (masalan, bir soniya ichida)hosil bo‘lgan qarash burchagi qancha katta bo‘lsa, harakat ham shuncha tez harakatdek idrok qilinadi.