Mavzu: Idrokning murakkab shakllari va ularni o'rganish metodlari

Yüklə 30,71 Kb.
səhifə4/4
tarix14.06.2023
ölçüsü30,71 Kb.
#129847
1   2   3   4
Mavzu-Idrokning murakkab shakllari va ularni o\'rganish metodlari.

Ranglarni idrok qilish
Hozirgi zamon psixologiya fanining nazariy muammolari qatoriga insonni inson tomonidan idroq qilish masalasini kiritish mumkin. Ilmiy manbalarning tahliliga ko'ra, insonning ba'zi psixologik xususiyatlari, fazilatlari uning yuz alomatlari va tana a'zolarining turli harakatlari yordamida aniqlanadi. Insoning tashqi qiyofasining tuzilishi bo'yicha shaxs xarakteri xususiyatlari va uning fazilatlariga oid ishonchli fikr bildirish o'zining uzoq tarixiga ega bo'lsada, lekin muammoning ilmiy negizi, uning mexanizmi hozirgi davrdagina tadqiq qilina boshlandi. Odamning tashqi qiyofasini tahlil etish orqali uning ruhiy dunyosiga baho berish yuzasidan jahon psixologlari tomonidan yaratilgan nazariyalar, to'plangan amaliy ma'lumotlar umulashtirilsa, quyidagi tasnifnomani yuzaga keltirish mumkin:
Insonning tashqi qiyofasidagi har bir o'zgarish uning yaqqol shaxsiy xususiyati bilan uzviy bog'liq ekanligini tushuntirishga asoslangan analitik talqin uslubi (labni qattiq qisib yurish-odam irodasining mustahkamligi nishonasidir). Boshqacha so'z bilan aytganda, insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan to'plangan tajribalarga asoslanib, shaxsning ruhiy dunyosini baholash imkoniyati mavjudligi demakdir.
Insoning tashqi qiyofasidagi beixtiyor, tabiiy ko'rinishdagi sernafosat nozik ado, boshqa kishilar hissiyotini o'ziga tortuvchi joziba, maftunkorlik, xushbichimlik shaxsning kechinmalari bilan uyg'unlashuvini e'tirof qilishga qaratilgan yondashuv (shaxsning didi bilan kiyinishi, me'yor bilan o'ziga aro berishi uning ibosida ifodalanishining ruhiy dunyosi bilan mutanosibligi). Idrok qilinayotgan inson muayyan masofada muomala va muloqotga kirishuvchi shaxs tomonidan qay yo'sinda qabul qilinsa, demak o'sha odam to'g'risidagi taassurot bevosita favqulotdagi holatga, vaziyatga bog'liq bo'ladi, chunki yoqtirish yoki yoqtirmaslik, simpatiya, antipatiya, empatiya bir lahzalik idrok mahsulida mujasssamlashishi mumkin.
Idrok qilinayotgan insoning tashqi ko'rinishining alomatlari iliq taassurot va tasavvur uyg'otuvchi tanish odamning psixologik xususiyatlari notanish kishiga o'xshashligi tufayli ixtiyorsiz ravishda unga qiyos beriladi. Oldin idrok qilingan tanish insonning barcha fazilatlari va hislatlari tashqi qiyofa evaziga notanish kishiga ko'chiriladi. Shunisi ajablanarliki, mazkur jarayonda na mantiqiy tahlil, na uzviylik talqini ishtirok etadi. Xuddi shu boisdan bu tarzda insonni inson tomonidan idrok qilish o'xshashlikka asoslanishi ta'kidlab o'tish maqsadga muvofiq.
Insoning tashqi qiyofasini idrok qilish negizida uni u yoki bu ijtimoiy (ishchi, dehqon, ziyoli) guruhlarga, ya'ni toifalarga aloqadorligi to'g'risida muayyan qarorga kelinsa, odamning shaxsiy sifatlarini baholash xuddi shu nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Kishining tashqi ko'rinishiga nisbatan bundayo yondashish ijtimoiy kelib chiqishga asoslanuvchi o'xshashish deyiladi.
Bizningcha, insoning inson tomonidan idrok qilish jarayoni qat'iy ravishda quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin:
-idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o'zining shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo'yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi; bunday idrok qilish tarzida insoning inson tomonidan aks ettirish, o'xshatish, unga taqlid qilish, undan ibrat olish ulublari orqali yuzaga keladi, ya'ni identifikatsiya bosqichi bevosita amalga oshadi;
-idrok qilinayotgan shaxsning o'rniga idrok qiluvchi o'z xohishi bo'yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilish o'z-o'zini anglash negizida namoyon bo'ladi, ya'ni refleksiya bosqichi vujudga kelagnligi to'g'risida muayyan qarorga kelinadi;
o'zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg'ulariga nisbatan hamdardlik bildirish, mehr-oqibatliligini amaliy ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati tug'iladi, buning natijasida tub ma'nodagi empatiyaga asoslangan idrok qilish bosqichi yuzaga keladi;
o'zga kishilarga ijtimoiy guruh a'zolariga nisbatan berilgan xislatlarni ommaviy tarzda yoyish, tavsif berish va baholash negizida idrok qilish jarayoni tug'iladi, ya'ni qadimgi mezonlar bo'yicha in'ikos qilish stereotipizatsiya deyiladi.
Idrok illyuziyasi
Illyuziya hissiy a'zolarimizga bevosita ta'sir etib turgan narsa va hodisalarning noto'g'ri (noadekvat), yanglish, xato idrok qilishdan iborat jarayoninig noyob hodisasidir. Ba'zan psixologik fanida noto'g'ri (noadekvat) idrok qilishga olib keluvchi qo'zg'atuvchilar konfiguratsiyasining (lotincha «contiguratio» tashqi tuzilishida o'xshashlik, o'zaro o'xshashlik, joylashuvda yondashuvlik deganidir) o'zi ham illyuziya deb ataladi. «Adekvat» tushunchasi lotincha «adae gguatus», ya'ni teppa-teng, mutloqo mos, ayni to'g'ri demakdir. Hozirgi davrda ko'rish idrokini kuzatishning eng samaralisi-bu tasvirlarning ikki o'lchovli ifodalanishidir. Illyuziyalarning bir turkumi optik geometrik illyuziyalar deb nomlanib, ular asosiy tasvir bilan uni qurshab turgan fazoviy joylashuv bilan farq qiluvchi boshqa shakllar o'rtasida o'lchov munosabatining buzilishida namoyon bo'ladi. Tasvirlar yorug' fonda qora fonga nisbatan qoraroq tuyuladi, ya'ni holat mahsuli deyiladi. Kontrast frantsuzcha «Contraste» –keskin qarama-qarshilik demakdir, boshqacha so'z bilan aytganda yorug'lik bilan fon o'rtasidagi munosabat ifodasidir. «Fon» tushunchasi frantsuzcha «fond» deb atalib, asos, negiz, tag ma'nosini bildiradi.
Aksariyat illyuziyalar ko'rinadigan harakatlar bilan boleznig'liqdir, chunonchi: a) qorong'ilikda harakatsiz yorug'lik manbaidan nurlarning tartibsiz tarqalishi (avtokinetik harakat); b) fakzoviy jihatdan yaqin joylashgan ikki harakatsiz stimulning tez sur'atlar bilan namoyon etib turish harakat taasuortini vujudga keltiradi (stroboskopik harakat); v) harakatsiz ob'ektni uni qurshab turgan fonga qarama-qarshi yo'nalishga qo'yish harakat tuyg'usini paydo qiladi (induktsion harakat) kabilar.
Attraktsiya insonni (o'zi bilan o'zga o'rtasidagi munosabatda namoyon bo'lib,) o'ziga mahliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taaluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. Bu hodisa bir qancha manbalar, qo'zg'atuvchilar, motivlar ta'sirida vujudga keladi, jumladan: 1) dastlabki tashqi ko'rinish, istarasining issiqligi; 2) sub'ektga nisbatan rishtasiz boleznig'lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik; 3) shaxslarning xarakteridagi o'xshashlikning mavjudligi; 4) sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar.
Psixologiya fanida juda kam tadqiq qilingan idrok fenomenlaridan bittasi-bu yaqqol ko'rinish (yasnovidenie) deb atalib, voqealik, holat, hordisa va tasodifni yaqqol oldindan ko'rish, yaqqol g'oyiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir. Faqat ayrim hollardagina yaqqol ko'rinishning aniq ilmiy hisoblashlarga asoslangan mahsuli namroyon bo'lishi mumkin, xolos. aksariyat vaziyatlarda yaqqol ko'rishlik bilish sub'ektining shaxsiy xayoloti, o'zgalarning diqqatini tortishiga, jalb qilishga aloqador hissiy kechinmalardan boshqa narsa bo'lmasadan, uning yaqqollilik ehtimoli darajasi juda pastdir. Biroq shu narsani rad etmaslik kerakki, ayrim allomalarning bashoratlari, yaqqol oldindan ko'rish imkonining yuksavukligi aniqligi kishini hanuzvgacha hayajonga soladi.
Idrokning muhim tomonlaridan biri uning xususiyatlarining turli jabhalar, vaziyatlar, vsharoitlarda namoyon bqo'lishida. Idrokning muhim xususiyatvlaridan biri bu faol ravishda bevosita aks etti rish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish faoliyati uning o'zlashtirilgan bilimlari, to'plangan tajribalari, shuningdek, murakkab analitik, sinvtetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. Bu holat idrok qilinishi zarur bo'lgan o'quv fani mohiyatiga bog'liq ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish yaqqol voqelik bilan tasavvur qilinayotganining o'zaro mosligini aniqlash singaqri bosqichma bosqich o'zaro bir-birini taqozo etuvchi tarkibiy qismslardan iboratdir.
Idrokning murakkab fomasi
Biz idrok qilishda masofalarni baholashda aylanalarning ta'sirini mazkur masofalarning ular uchun ob'ektiv tarzda bir xil ekanligini inobatga olgan holda taqqoslab aniqlashimiz mumkin. Odatda idrok qilanayotgan jism (buyum, shakl) sirtlari orasidagi masofani biz idrokdagi haqiqiy va o'zgarmas masofalar bilan taqqoslash imkoniyati yo'q holatlarda, ba'zan esa ularning bilinar yoki bilinmas ta'sirini hisobga olishimiz zarur.
Filogenezda jismlar (buyumlar) va ularning orasidagi masofani baholash ko'rsatkichi ustunlik qiladi.
Alohida jism sirtlari orasidagi masofani solishtirish va aniqlash zaruriyati inson rivojlanshining keyingi bosqichlarida paydo bo'lgan. Ushbu zaruriyat qachon inson xo'jalik buyumlari va mehnatning murakkab qurollarini ishlatsagina yuzaga keladi. Shaxs ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida ko'z bilan chamalash bilan aniqlanadigan masofani mukammallashtirmasdan turib, undan foydalanish mumkin emasligiga iqror bo'la boshlagan. Masofani ko'z bilan chamalash (kuzatish)ning o'rniga dastavvaliga o'lchami bir xil buyumlarni bevosita solishtirish orqali, keyinchalik esa uzunlikning tasodifiy mezonlari (etalonlari) yordamida aniqlash vujudga kelgan.
Insonlar tomonidan foydalana boshlangan o'lchamlar davr o'tishi bilan ko'z bilan chamalab (kuzatish orqali) baholangan buyumlar (jismlar) sirtlari orasidagi masofani mukammal o'lchashga to'sqinlik qila borgan.
Illyuziya fenomenlarini tadqiq etish yuzasidan bir qancha nazariyalar paydo bo'lgan va ular ichida geshtal'tnazariya alohida ahamiyat kasb etadi. Geshtal'tpsixologiya maktabi boshqalardan farqli o'laroq ko'proq inson idrok qilayotgan narsalardan stimullarning o'zaro aloqasining ahamiyatliligini alohida ta'kidlaydi hamda konstantlik gipotezasi (farazi)ning xato ekanligini ko'rsatib beradi. Aynan xuddi shu nazariya umumiy ta'limot sifatida illyuziyalarni o'rganish jarayonida muayyan darajada yaroqli hisoblanadi.
Ma'lumki, shaxs tomonidan idrok qilinayotgan narsa va hodisa faqatgina alohida (yakka) stimulga bog'liq bo'lmaydi, albatta. Shuningdek, ko'rish maydoniga kiruvchi boshqa stimullarga ham bog'liqdir, chunki illyuziya qandaydir anomal yoki kutilmagandek bo'lib ko'rinmaydi, binobarin, u oldindan kutilayotgan illyuziyadir. Masalan, neytral yorug'lik boshqa intensiv (jadal) ravishda qo'shni ruhiy maydonlar (bo'linmalar) bilan munosabatlarga asoslanadigan bo'lsa, u holda kontrast (qarama-qarshi) illyuzor bo'lishiga qaramasdan, uni oldindan aytib berish mumkin yoki idrok qilanayotgan tezlik koordinatalar tizimiga nisbatan aniqlanadi. Agarda harakatning mutlaq tezligi mavjud bo'lmasa, u taqdirda uni o'lchamlarining o'zgarishi koordinatalar tizimida kuchli tezlik illyuziyasini keltirib chiqarishi mumkin.
Psixologiyada ko'z harakatlari nazariyasi bir qator tadqiqotchilar tomonidan muayyan darajada o'rganilgan. Jumladan, Myuller-Layer illyuziyasida monometrning tashqariga yo'nalgan uchi boshqa strelkaga qaraganda uzunroq tuyuladi va buning oqibatida mazkur strelkalar turlicha uzunlikda degan noto'g'ri idrok qilinadi, ya'ni illyuziyalanish hodisasi yuzaga keladi.
Darhaqiqat strelka uchlarining o'tkirligi ko'z harakatlariga ta'sir qilishi haqida ma'lum darajada dalillar mavjud. Shuningdek, shu narsani alohida ta'kidlash joizki, ko'zlarning vertikal-gorizontal harakatlaridagi vertikal harakatning tahlili shuni ko'rsatadiki, uzunlik qisman ko'z harakatiga sarflangan zo'r berishga bog'liqdir. Myuller-Layer illyuziyasi va ko'zning vertikal-gorizontal illyuziyasini kuzatish juda ham qisqa vaqt oralig'ida sodir etiladi. Mavzu:Idrokning murakkab shakllari va ularni o'rganish metodlari.
1.Kurish sezgisi va idrok.
2.Timsollarning shakllanishi idrokning mavjud manbalari asosida
3.Xissiyot va idrok.Ranglarni idrok qilish
4.Idrok illyuziyasi.Idrokning murakkab fomasi
Kurish sezgisi va idrok
Sezgilar to'g'risidagi ilmiy ta'limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib sezgilarning o'zi esa tashqi va ichki qo'zg'atuvchilarning sezgi a'zolariga ta'sir etishining mahsulidir. Ma'lumotlarning ko'rsatishicha, sezgilar moddiy (ob'ektiv) borliqning, voqeilikning haqqoniy tasvirini in'ikos qiladi, binobarin moddiy olam qanday ko'rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo'lsa ular xuddi shundayligicha hech o'zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir.
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo'zg'atuvchilarning o'ziga mutlaq mos (adekvat) bo'lgan analizatorlar ta'siri natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziologlar va psixologlarning ta'limotlariga ko'ra analizatorlar uch o'zaro uzviy uyg'unlikka ega bo'lgan tarkibiy qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin qilinganda mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikdagi tuzilishdir:
Ko'rish sezgisi ba'zi bir inertsiyaga ega bo'lib, ko'rish sezgisining ta'siri to'xtashi bilan darhol yo'qolib ketmaydi. Qo'zg'atuvchi ta'sirining izi ketma-ket keluvchi obrazlar deb ataladigan hodisa sifatida saqlanib qoladi. Psixologiyada ko'zning to'r pardasida rangni sezadigan uch xil xususiyatli element bor deb taxmin qilinadi. Qo'zg'alish jarayoni hosil bo'lganda, ular toliqadilar va sezgirliklari ancha kamayadi. Qizil rangga qarab turganimizda ko'z to'r pardasidagi qizil rangni qabul qiluvchi element boshqalarga nisbatan ortiqroq toliqadi, shuning uchun ko'z to'r pardasining xuddi shu joyiga qizil rangdan so'ng oq rang ta'sir etadigan bo'lsa, qolgan ikkita qabul qiluvchi element ortiqroq sezgirlikka ega bo'ladi va biz ko'z qarshimizda ko'kish yashil rangni ko'ramiz.
Eshitish sezgilari ham ketma-ket obrazlarga ega bo'lishi mumkin. Сhunki quloqni bitiradigan qattiq ovoz yoki tovush bilan birga yuzaga keladigan noxush sezgi, ya'ni bu “quloq”ning shang'illashidir. Eshitish analizatoriga bir necha sekund davomida ta'sir etadigan bir qator qisqa tovush impul'slaridan so'ng ular tutash holda yoki bir oz pasaytirilgan tarzda idrok qilina boshlaydi. Agar bu tovushlarning ta'sirini modellashtirish mumkin bo'lganda edi, ana shunday hodisani kuzatish imkoni yuzaga kelardi. Bu hodisa tovush impul'sining ta'siri to'xtaganidan keyin uchraydi hamda tovushning impul'si jadalligi va davomiyligiga bog'liq ravishda bir necha sekund mobaynida davom etishi mumkin.
Kuchli mutlaq (absolyut) chegaradan nimjonroq yoki kuchsizroq qo'zg'atuvchilar quyi chegaralarni hosil qilmaydi, chunki, ularning ta'sir kuchi tag'risidagi signallar bosh miya po'stiga borib yetmaydi. Bosh miya po'sti har bir ayrim olingan “p” miqdordagi impul'slardan hayotiy zaruriysinigina tanlab so'ng qabul qilib oladi. Shuning bilan birga miya po'sti o'z qo'zg'atuvchanlik chegarasini oshirish yo'li bilan qilingan barcha qo'zg'atuvchilarni shu jumladan ichki a'zolardan keladigan impul'slarni ham ushlab qoladi. Vujudga kelgan bunday holat biologik jihatdan maqsadga muvofiqdir. Сhunki, bosh miya katta yarim sharlari po'sti barcha tushib kelayotgan impul'slarni qabul qilib oladigan va ularning hammasiga javob reaktsiyasini bildira oladigan organizmni tasavvur qilish mumkin emas. Ma'lumki, bosh miya katta yarim sharlarining po'sti organizmning hayotiy manfaatlarini muhofaza qilib turadi, shuningdek, o'z qo'zg'alish chegarasini oshirish bilan faollashmagan (aktuallashmagan) impul'slarni po'stloq ostiga, ya'ni quyi markazlarga uzatadi, buning natijasida organizm ortiqcha reaktsiyalardan musaffo bo'ladi.
Idrok tushunchasi lotin tilida «perceptio» qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appertsentsiya» (lot-ad ga perceptio-idrok, qabul qilish) deyiladi. Appertseptsiya- idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar o'zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tavofutlanadilar, ya'ni ular aynan bir xil narsani o'ziningbilim saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar o'simliklarning moddiy asosi sifatida, mamavzutiklar sonlarning ildiz ostidagi ko'rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh-urug'chilik shaklida ko'z o'rgiga keltiradi. Mazkur tushuncha ba'zi hollarda idrokning aniqlik, to'liqlik, ravshanlilik, predmetlilik, tanlovchanlik (saralash) kabi sifatlarning ma'nosi o'rnida qo'llanilgan. Psixologiya nazariyalariga ko'ra appertseptsiya hodisasi barqaror va vaqtincha (muvaqqat) deb yurituvchi ikki ko'rinishga (turga) ajratiladi. Barqaror appertseptsiya xodisasi shaxsning dunyoqarashi, qat'iy maslagi, ideali, pozitsiyasimotivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma'naviyati va kasbiy tayyorgarligiga boleznig'liq bo'lib, u o'ta murakab tuztilishga egadir. Muvaqqat (vaqtincha) appertseptsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilish jarayonidagi emotsional holatiga, ya'ni uning kayfiyati, ruhlanishi, shifoati, stress, affektiv ko'rinishdagi his-tuyg'ularida, ularning sur'ati, davomiyligi, tezligida o'z ifodasini topadi.
Biosfera va noosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning (ba'zan nisbiy jihatdanboshqa ijtimoiy, siyosiy tabiiy holatlarning) fazodagi (ijtimoiy hayotdagi) o'rin almashinuvini bevosita (bavosita) in'ikos ettirshdan iboratdir. Xuddi shu sababdan harakat nisbatan (qiyosiy) va nisbat berilmasdan (taqqoslanmasdan) idrok qilinishi ilmiy psixologik manbalarda qayd qilib o'tiladi. Mabodo harakatdagi jism uni qurshab turgan haraktsiz boshqa jismlarga taqqoslangan holda idrok qilinsa, bunday toifadagi harakat nisbatan idrok qilish deb ataladi. Agarda harakatlanayotgan jism hech qanday narsa bilan taqqoslanmasdan idrok qilinsa, bu ko'rinishdagi harakat esa nisbat berilmasdan (nisbatsiz) idrok qilish deyiladi. Fazoni idrok qilish-voqelikdagi narsa va xodisalarning fazoda egallagan o'rnini, shaklini, miqdorini va bir-biriga nisbatan munosabatlarini iborat bilish jarayoninig shaklidir. Voqelikni idrok qilish orqali inson borliq to'g'risida, uning xususiyatlari, hajmi, masofasi (ich tomoni, chuqurligi) yuzasidan muayyan ma'lumotlar, xossalar, axborotlar to'plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Idrokning har uchala shaklining yordami bilan dunyoni bilish jarayoni amalga oshadi, verbal va noverbal holatlar bilan bevosita va bilvosita yo'l yordamida muayyan obrazlar (timsolar, tavsiyalar, imij) mujassamlashadi, natijada yaxlit in'ikos etishholati yuzaga keladi, bilishga oid aksariyat mahsullar to'planadi.
Timsollarning shakllanishi idrokning mavjud manbalari asosida
Idrok jarayonida uning fenoienlari (yunoncha «phainomenon»-noyob, g'ayriodatiy holat degan ma'no anglatadi) muayyan hodisalarni aks ettirishda ishtirok etadi, in'ikosning turlicha aniqlikda namoyon bo'lishi mumkinligi to'g'risida ma'lumot beradi. Ular jahon psixologiyasi fanida gallyutsinatsiya (lotincha hallucinftio» alahlash, bosinqirash, valdirlash, ya'ni yo'q narsalarning ko'rinishi, eshitilishi, sezilishi), illyuziya (lotincha «illusio» –xato, adashish, yanglashish degan ma'noni bildiradi), attraktsiya (frants. attraction»-o'ziga tortish, mahliyo etish, jalb qilish ma'nosini beradi), yaqqol ko'rinish (ruscha «yasnovidenie»-yaqqol oldindan ko'rish, yaqqol g'oyibdan xabar olish demakdir) tushunchalar orqali nomlanadi.
Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a'zolarini qabul qilish analizatorlariga bevosita ta'sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo'lishidan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyutsinatsiya deyiladi. Gallyutsinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo'lib, ba'zan qo'rqich hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig'idagi qo'zg'alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patalogik) harakati natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelish mumkin. Bizningcha, gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko'rinishga ega bo'lish mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a)yo'q narsalarningko'zga ko'rinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi; v) yo'q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar.
Illyuziya hissiy a'zolarimizga bevosita ta'sir etib turgan narsa va hodisalarning noto'g'ri (noadekvat), yanglish, xato idrok qilishdan iborat jarayoninig noyob hodisasidir. Ba'zan psixologik fanida noto'g'ri (noadekvat) idrok qilishga olib keluvchi qo'zg'atuvchilar konfiguratsiyasining (lotincha «contiguratio» tashqi tuzilishida o'xshashlik, o'zaro o'xshashlik, joylashuvda yondashuvlik deganidir) o'zi ham illyuziya deb ataladi. «Adekvat» tushunchasi lotincha «adae gguatus», ya'ni teppa-teng, mutloqo mos, ayni to'g'ri demakdir. Hozirgi davrda ko'rish idrokini kuzatishning eng samaralisi-bu tasvirlarning ikki o'lchovli ifodalanishidir. Illyuziyalarning bir turkumi optik geometrik illyuziyalar deb nomlanib, ular asosiy tasvir bilan uni qurshab turgan fazoviy joylashuv bilan farq qiluvchi boshqa shaklar o'rtasida o'lchov munosabatining buzilishida namoyon bo'ladi. Tasvirlar yorug' fonda qora fonga nisbatan qoraroq tuyuladi, ya'ni holat mahsuli deyiladi. Kontrast frantsuzcha «Contraste» –keskin qarama-qarshilik demakdir, boshqacha so'z bilan aytganda yorug'lik bilan fon o'rtasidagi munosabat ifodasidir. «Fon» tushunchasi frantsuzcha «fond» deb atalib, asos, negiz, tag ma'nosini bildiradi.
Aksariyat illyuziyalar ko'rinadigan harakatlar bilan boleznig'liqdir, chunonchi: a) qorong'ilikda harakatsiz yorug'lik manbaidan nurlarning tartibsiz tarqalishi (avtokinetik harakat); b) fakzoviy jihatdan yaqin joylashgan ikki harakatsiz stimulning tez sur'atlar bilan namoyon etib turish harakat taasuortini vujudga keltiradi (stroboskopik harakat); v) harakatsiz ob'ektni uni qurshab turgan fonga qarama-qarshi yo'nalishga qo'yish harakat tuyg'usini paydo qiladi (induktsion harakat) kabilar.
Attraktsiya insonni (o'zi bilan o'zga o'rtasidagi munosabatda namoyon bo'lib,) o'ziga mahliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taaluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. Bu hodisa bir qancha manbalar, qo'zg'atuvchilar, motivlar ta'sirida vujudga keladi, jumladan: 1) dastlabki tashqi ko'rinish, istarasining issiqligi; 2) sub'ektga nisbatan rishtasiz boleznig'lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik; 3) shaxslarning xarakteridagi o'xshashlikning mavjudligi; 4) sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar.
Psixologiya fanida juda kam tadqiq qilingan idrok fenomenlaridan bittasi-bu yaqqol ko'rinish (yasnovidenie) deb atalib, voqealik, holat, hordisa va tasodifni yaqqol oldindan ko'rish, yaqqol g'oyiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir. Faqat ayrim hollardagina yaqqol ko'rinishning aniq ilmiy hisoblashlarga asoslangan mahsuli namroyon bo'lishi mumkin, xolos. aksariyat vaziyatlarda yaqqol ko'rishlik bilish sub'ektining shaxsiy xayoloti, o'zgalarning diqqatini tortishiga, jalb qilishga aloqador hissiy kechinmalardan boshqa narsa bo'lmasadan, uning yaqqollilik ehtimoli darajasi juda pastdir. Biroq shu narsani rad etmaslik kerakki, ayrim allomalarning bashoratlari, yaqqol oldindan ko'rish imkonining yuksavukligi aniqligi kishini hanuzvgacha hayajonga soladi.
Xissiyot va idrok
Hissiyotlar shaxs faoliyatining muhim jabhasi sifatida insonni keng emotsional sohasini rang-barangligi, ko'pqirraligi haqida hissiy ton (yunoncha tonos zo'riqish, urg'u berish ma'nosini bildiradi), emotsiyalar (latincha emovere qo'zg'atish, hayajonlash demakdir), affektlar (latincha affectus ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma'nosini anglatadi), stress (inglizcha stress zo'riqish deganidir) va kayfiyat kabi tushunchalar muayyan tasavvur bir imkoniyatga ega.
Hissiyot ton (tus). Hissiyot aksariyat hollarda faqat emotsional tus sifatida ruhiy jarayonning o'ziga xos sifat (sifatiy) jihati tariqasida vujudga keladi. Hissiyot bu o'rinda o'ziga o'zi emas, balki bilishga intilayotgan, o'zgartirayotgan, egallayotgan shaxsda ma'lum munosabatni namoyon qiluvchi narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida xossasi, xislati hamda xususiyati ma'nosida gavdalanadi. Mazkur narsalarga nisbatan inson shaxsining sub'ektiv munosabatlari to'g'risida mulohaza yuritilayotganini odam hamisha ham payqay olmaydi. Masalan, yoqimli muloqotdosh, kulgili hangoma, badbo'y hid, behayo kino, ishtiyoqli mashg'ulot, iboli qiz, yaramas xulq, xushchaqchaq yigit, xotirjamlantiruvchi xabar, zahmatli mehnat va boshqalar.
Emotsional ton yoki hissiy tus (masalan, affektiv ton) ba'zi hollarda barcha shaxslarda tug'ma, nasliy xususiyat kasb etishi mumkin Jumladan, og'riq hissi va boshqa xususiyatli kuchli qo'zg'atuvchilar bir davrda aks etgan yoqimsiz (noxush) hissiy ton bilan ajralib turadi. Masalan, merkaptan (latincha merc simob, captans egallovchi degan ma'no anglatadi), ya'ni simob bilan boshqa organik moddalar birikmasidan tarqalgan hidlar har qaysi ruhan sog'lom insonlar uchun yoqimsiz, jirkanch taassurot uyg'otadi. Shuningdek, ba'zi ranglar birikmasi (omixtasi), shilimshiq pardalarning qo'zg'olishi, qamishlarning ishqalanishi, egovning ovozi ham xuddi shunday iz qoldiradi. Shu bilan birga idrok obrazlari va tasavvurlarining aksariyat hissiy tonlari (tuslari) oldingi emotsional jarayonlaridan saqlanib qolgan izlar, turmush tajribaning saboqlari ((aks sadolari) insonlarda o'xshashligi tufayli «tug'ma» deb baholanishi mumkin. Hissiy ton shaxsning ehtiyojlarini atrofdagi narsalar va vaziyatlar qoniqtirishi yoki qoniqtimasligi, faoliyatning esa muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz kechishini yaqqol namoyish etishiga xizmat qiladi. Shaxsning psixologik xislatlariga binoan hissiy ton (tus) o'ziga xos idiosinkraziya (yunoncha idios o'ziga xos synrasis qorishmoq, qorishuv ma'nosini bildiradi) xususiyatini kasb etadi, bunday ta'bli odam boshqalar uchun befarq tuyulgan narsalarga ham jirkanch munosabatini namoyish qiladi, masalan, duxobaga tegishni, baliq, yog', gul hidlarini yoqtirmaydi.
Idrokning muhim tomonlaridan biri uning xususiyatlarining turli jabhalar, vaziyatlar, vsharoitlarda namoyon bqo'lishida. Idrokning muhim xususiyatvlaridan biri bu faol ravishda bevosita aks etti rish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish faoliyati uning o'zlashtirilgan bilimlari, to'plangan tajribalari, shuningdek, murakkab analitik, sinvtetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. Bu holat idrok qilinishi zarur bo'lgan o'quv fani mohiyatiga bog'liq ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish yaqqol voqelik bilan tasavvur qilinayotganining o'zaro mosligini aniqlash singaqri bosqichma bosqich o'zaro bir-birini taqozo etuvchi tarkibiy qismslardan iboratdir.
Idrokning yana bir muhim xususiyati uning umumlashgan holda narsa va hodisalarning aks ettirishidir. Ma'lumki, chinson psixikasiga kirib borayotgan ko'pqirrali ko'pyoqlama alomatlardan idrok qilish bilan cheklanib, chegaralanib qolmaschdan, balki o'sha majmua aniq jism yoki hodisa sifatida baholanadi. Jimsmlarning o'ziga xos xususiyatlarini belgilash bilan qanoat homsil qilmasdan, balki mavzkur narsalarni ma'lum ma'noviy qismslarga ajratadi. Jumladan, «soat», «bino», «hayvonot» va hokazo.
Idrokning navvbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir. Masalan, toshko'mir yorg'likda yog'du sochadi, oq qog'ozdan ko'proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsaklarni «qora» va «oq» deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita sub'ektiv taassurotlarga nisbatan o'zchgartishlar, tuzatishlar kiritadi. Сhunki idrok jarayoni inson oldida turgan maqsadga, maqsad qo'ya olishga, unga berilgan ustanovkaga (ongli, ixtiyoriy ko'rsatmaga) uzviy bog'liq holda irodaviy 'boshqarilish xususiyatiga egadir. Shuning uchun insonni idrok qilish (pertseptiv) faoliyatida ongli boshqariluo'v imkoniyati mavjud bo'lib, analitik, sintetik, harakastlar negizida verbal orqali amalga oshiriladi.
Ranglarni idrok qilish
Hozirgi zamon psixologiya fanining nazariy muammolari qatoriga insonni inson tomonidan idroq qilish masalasini kiritish mumkin. Ilmiy manbalarning tahliliga ko'ra, insonning ba'zi psixologik xususiyatlari, fazilatlari uning yuz alomatlari va tana a'zolarining turli harakatlari yordamida aniqlanadi. Insoning tashqi qiyofasining tuzilishi bo'yicha shaxs xarakteri xususiyatlari va uning fazilatlariga oid ishonchli fikr bildirish o'zining uzoq tarixiga ega bo'lsada, lekin muammoning ilmiy negizi, uning mexanizmi hozirgi davrdagina tadqiq qilina boshlandi. Odamning tashqi qiyofasini tahlil etish orqali uning ruhiy dunyosiga baho berish yuzasidan jahon psixologlari tomonidan yaratilgan nazariyalar, to'plangan amaliy ma'lumotlar umulashtirilsa, quyidagi tasnifnomani yuzaga keltirish mumkin:
Insonning tashqi qiyofasidagi har bir o'zgarish uning yaqqol shaxsiy xususiyati bilan uzviy boleznig'liq ekanligini tushuntirishga asoslangan analitik talqin uslubi (labni qattiq qisib yurish-odam irodasining mustahkamligi nishonasidir). Boshqacha so'z bilan aytganda, insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan to'plangan tajribalarga asoslanib, shaxsning ruhiy dunyosini baholash imkoniyati mavjudligi demakdir.
Insoning tashqi qiyofasidagi beixtiyor, tabiiy ko'rinishdagi sernafosat nozik ado, boshqa kishilar hissiyotini o'ziga tortuvchi joziba, maftunkorlik, xushbichimlik shaxsning kechinmalari bilan uyg'unlashuvini e'tirof qilishga qaratilgan yondashuv (shaxsning didi bilan kiyinishi, me'yor bilan o'ziga aro berishi uning ibosida ifodalanishining ruhiy dunyosi bilan mutanosibligi). Idrok qilinayotgan inson muayyan masofada muomala va muloqotga kirishuvchi shaxs tomonidan qay yo'sinda qabul qilinsa, demak o'sha odam to'g'risidagi taassurot bevosita favqulotdagi holatga, vaziyatga bog'liq bo'ladi, chunki yoqtirish yoki yoqtirmaslik, simpatiya, antipatiya, empatiya bir lahzalik idrok mahsulida mujasssamlashishi mumkin.
Idrok qilinayotgan insonin tashqi ko'rinishining alomatlari iliq taassurot va tasavvur uyg'otuvchi tanish odamning psixologik xususiyatlari notanish kishiga o'xshashligi tufayli ixtiyorsiz ravishda unga qiyos beriladi. Oldin idrok qilingan tanish insonning barcha fazilatlari va hislatlari tashqi qiyofa evaziga notanish kishiga ko'chiriladi. Shunisi ajablanarliki, mazkur jarayonda na mantiqiy tahlil, na uzviylik talqini ishtirok etadi. Xuddi shu boisdan bu tarzda insonni inson tomonidan idrok qilish o'xshashlikka asoslanishi ta'kidlab o'tish maqsadga muvofiq.
Insoning tashqi qiyofasini idrok qilish negizida uni u yoki bu ijtimoiy (ishchi, dehqon, ziyoli) guruhlarga, ya'ni toifalarga aloqadorligi to'g'risida muayyan qarorga kelinsa, odamning shaxsiy sifatlarini baholash xuddi shu nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Kishining tashqi ko'rinishiga nisbatan bundayo yondashish ijtimoiy kelib chiqishga asoslanuvchi o'xshashish deyiladi.
Bizningcha, insonin inson tomonidan idrok qilish jarayoni qat'iy ravishda quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin:
-idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o'zining shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo'yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi; bunday idrok qilish tarzida insonin inson tomonidan aks ettirish, o'xshatish, unga taqlid qilish, undan ibrat olish ulublari orqali yuzaga keladi, ya'ni identifikatsiya bosqichi bevosita amalga oshadi;
-idrok qilinayotgan shaxsning o'rniga idrok qiluvchi o'z xohishi bo'yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilish o'z-o'zini anglash negizida nmmoyon bo'ladi, ya'ni refleksiya bosqichi vujudga kelagnligi to'g'risida muayyan qarorga kelinadi;
o'zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg'ulariga nisbatan hamdardlik bildirish, mehr-oqibatliligini amaliy ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati tug'iladi, buning natijasida tub ma'nodagi empatiyaga asoslangan idrok qilish bosqichi yuzaga keladi;
o'zga kishilarga ijtimoiy guruh a'zolariga nisbatan berilgan xislatlarni ommaviy tarzda yoyish, tavsif berish va baholash negizida idrok qilish jarayoni tug'iladi, ya'ni qadimgi mezonlar bo'yicha in'ikos qilish stereotipizatsiya deyiladi.
Idrok illyuziyasi
Illyuziya hissiy a'zolarimizga bevosita ta'sir etib turgan narsa va hodisalarning noto'g'ri (noadekvat), yanglish, xato idrok qilishdan iborat jarayoninig noyob hodisasidir. Ba'zan psixologik fanida noto'g'ri (noadekvat) idrok qilishga olib keluvchi qo'zg'atuvchilar konfiguratsiyasining (lotincha «contiguratio» tashqi tuzilishida o'xshashlik, o'zaro o'xshashlik, joylashuvda yondashuvlik deganidir) o'zi ham illyuziya deb ataladi. «Adekvat» tushunchasi lotincha «adae gguatus», ya'ni teppa-teng, mutloqo mos, ayni to'g'ri demakdir. Hozirgi davrda ko'rish idrokini kuzatishning eng samaralisi-bu tasvirlarning ikki o'lchovli ifodalanishidir. Illyuziyalarning bir turkumi optik geometrik illyuziyalar deb nomlanib, ular asosiy tasvir bilan uni qurshab turgan fazoviy joylashuv bilan farq qiluvchi boshqa shaklar o'rtasida o'lchov munosabatining buzilishida namoyon bo'ladi. Tasvirlar yorug' fonda qora fonga nisbatan qoraroq tuyuladi, ya'ni holat mahsuli deyiladi. Kontrast frantsuzcha «Contraste» –keskin qarama-qarshilik demakdir, boshqacha so'z bilan aytganda yorug'lik bilan fon o'rtasidagi munosabat ifodasidir. «Fon» tushunchasi frantsuzcha «fond» deb atalib, asos, negiz, tag ma'nosini bildiradi.
Aksariyat illyuziyalar ko'rinadigan harakatlar bilan boleznig'liqdir, chunonchi: a) qorong'ilikda harakatsiz yorug'lik manbaidan nurlarning tartibsiz tarqalishi (avtokinetik harakat); b) fakzoviy jihatdan yaqin joylashgan ikki harakatsiz stimulning tez sur'atlar bilan namoyon etib turish harakat taasuortini vujudga keltiradi (stroboskopik harakat); v) harakatsiz ob'ektni uni qurshab turgan fonga qarama-qarshi yo'nalishga qo'yish harakat tuyg'usini paydo qiladi (induktsion harakat) kabilar.
Attraktsiya insonni (o'zi bilan o'zga o'rtasidagi munosabatda namoyon bo'lib,) o'ziga mahliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taaluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. Bu hodisa bir qancha manbalar, qo'zg'atuvchilar, motivlar ta'sirida vujudga keladi, jumladan: 1) dastlabki tashqi ko'rinish, istarasining issiqligi; 2) sub'ektga nisbatan rishtasiz boleznig'lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik; 3) shaxslarning xarakteridagi o'xshashlikning mavjudligi; 4) sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar.
Psixologiya fanida juda kam tadqiq qilingan idrok fenomenlaridan bittasi-bu yaqqol ko'rinish (yasnovidenie) deb atalib, voqealik, holat, hordisa va tasodifni yaqqol oldindan ko'rish, yaqqol g'oyiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir. Faqat ayrim hollardagina yaqqol ko'rinishning aniq ilmiy hisoblashlarga asoslangan mahsuli namroyon bo'lishi mumkin, xolos. aksariyat vaziyatlarda yaqqol ko'rishlik bilish sub'ektining shaxsiy xayoloti, o'zgalarning diqqatini tortishiga, jalb qilishga aloqador hissiy kechinmalardan boshqa narsa bo'lmasadan, uning yaqqollilik ehtimoli darajasi juda pastdir. Biroq shu narsani rad etmaslik kerakki, ayrim allomalarning bashoratlari, yaqqol oldindan ko'rish imkonining yuksavukligi aniqligi kishini hanuzvgacha hayajonga soladi.
Idrokning muhim tomonlaridan biri uning xususiyatlarining turli jabhalar, vaziyatlar, vsharoitlarda namoyon bqo'lishida. Idrokning muhim xususiyatvlaridan biri bu faol ravishda bevosita aks etti rish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish faoliyati uning o'zlashtirilgan bilimlari, to'plangan tajribalari, shuningdek, murakkab analitik, sinvtetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. Bu holat idrok qilinishi zarur bo'lgan o'quv fani mohiyatiga bog'liq ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish yaqqol voqelik bilan tasavvur qilinayotganining o'zaro mosligini aniqlash singaqri bosqichma bosqich o'zaro bir-birini taqozo etuvchi tarkibiy qismslardan iboratdir.
Idrokning murakkab fomasi
Biz idrok qilishda masofalarni baholashda aylanalarning ta'sirini mazkur masofalarning ular uchun ob'ektiv tarzda bir xil ekanligini inobatga olgan holda taqqoslab aniqlashimiz mumkin. Odatda idrok qilanayotgan jism (buyum, shakl) sirtlari orasidagi masofani biz idrokdagi haqiqiy va o'zgarmas masofalar bilan taqqoslash imkoniyati yo'q holatlarda, ba'zan esa ularning bilinar yoki bilinmas ta'sirini hisobga olishimiz zarur.
Filogenezda jismlar (buyumlar) va ularning orasidagi masofani baholash ko'rsatkichi ustunlik qiladi.
Alohida jism sirtlari orasidagi masofani solishtirish va aniqlash zaruriyati inson rivojlanshining keyingi bosqichlarida paydo bo'lgan. Ushbu zaruriyat qachon inson xo'jalik buyumlari va mehnatning murakkab qurollarini ishlatsagina yuzaga keladi. Shaxs ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida ko'z bilan chamalash bilan aniqlanadigan masofani mukammallashtirmasdan turib, undan foydalanish mumkin emasligiga iqror bo'la boshlagan. Masofani ko'z bilan chamalash (kuzatish)ning o'rniga dastavvaliga o'lchami bir xil buyumlarni bevosita solishtirish orqali, keyinchalik esa uzunlikning tasodifiy mezonlari (etalonlari) yordamida aniqlash vujudga kelgan.
Insonlar tomonidan foydalana boshlangan o'lchamlar davr o'tishi bilan ko'z bilan chamalab (kuzatish orqali) baholangan buyumlar (jismlar) sirtlari orasidagi masofani mukammal o'lchashga to'sqinlik qila borgan.
Illyuziya fenomenlarini tadqiq etish yuzasidan bir qancha nazariyalar paydo bo'lgan va ular ichida geshtal'tnazariya alohida ahamiyat kasb etadi. Geshtal'tpsixologiya maktabi boshqalardan farqli o'laroq ko'proq inson idrok qilayotgan narsalardan stimullarning o'zaro aloqasining ahamiyatliligini alohida ta'kidlaydi hamda konstantlik gipotezasi (farazi)ning xato ekanligini ko'rsatib beradi. Aynan xuddi shu nazariya umumiy ta'limot sifatida illyuziyalarni o'rganish jarayonida muayyan darajada yaroqli hisoblanadi.
Ma'lumki, shaxs tomonidan idrok qilinayotgan narsa va hodisa faqatgina alohida (yakka) stimulga bog'liq bo'lmaydi, albatta. Shuningdek, ko'rish maydoniga kiruvchi boshqa stimullarga ham bog'liqdir, chunki illyuziya qandaydir anomal yoki kutilmagandek bo'lib ko'rinmaydi, binobarin, u oldindan kutilayotgan illyuziyadir. Masalan, neytral yorug'lik boshqa intensiv (jadal) ravishda qo'shni ruhiy maydonlar (bo'linmalar) bilan munosabatlarga asoslanadigan bo'lsa, u holda kontrast (qarama-qarshi) illyuzor bo'lishiga qaramasdan, uni oldindan aytib berish mumkin yoki idrok qilanayotgan tezlik koordinatalar tizimiga nisbatan aniqlanadi. Agarla harakatning mutlaq tezligi mavjud bo'lmasa, u taqdirda uni o'lchamlarining o'zgarishi koordinatalar tizimida kuchli tezlik illyuziyasini keltirib chiqarishi mumkin.
Psixologiyada ko'z harakatlari nazariyasi bir qator tadqiqotchilar tomonidan muayyan darajada o'rganilgan. Jumladan, Myuller -Layer illyuziyasida monometrning tashqariga yo'nalgan uchi boshqa strelkaga qaraganda uzunroq tuyuladi va buning oqibatida mazkur strelkalar turlicha uzunlikda degan noto'g'ri idrok qilinadi, ya'ni illyuziyalanish hodisasi yuzaga keladi.
Darhaqiqat strelka uchlarining o'tkirligi ko'z harakatlariga ta'sir qilishi haqida ma'lum darajada dalillar mavjud. Shuningdek, shu narsani alohida ta'kidlash joizki, ko'zlarning vertikal-gorizontal harakatlaridagi vertikal harakatning tahlili shuni ko'rsatadiki, uzunlik qisman ko'z harakatiga sarflangan zo'r berishga bog'liqdir. Myuller-Layer illyuziyasi va ko'zning vertikal-gorizontal illyuziyasini kuzatish juda ham qisqa vaqt oralig'ida sodir etiladi.
Ushbu nazariyaning XX asr variantiga ko'ra illyuziyani ko'z harakati keltirib chiqarmaydi, balki taradudlanish yoki ko'z muskullariga berilgan xato kuchlanishidan boruvchi nerv tizimi buyrug'iga bog'liqdir. Nazariyaning variantiga, shuningdek, ko'z harakatlari amalga oshmagan davrda, ya'ni qisqa muddatli kuzatuvda illyuziyaning hosil bo'lishi kabi omillar ham go'yoki qarama-qarshi kelmaydi. Ba'zi bir psixologlarning mulohazasicha, joyni, uzunlikni va shaklni idrok etishdagi ko'z harakatlari stimul konfiguratsiyasining har bir bo'linmasini qayd qilish (fiksatsiyasi) uchun talab qilinadi, deb taxmin etiladi. Xuddi shu bois bu nuqtai nazarga binoan ko'z burchagi bilan ajratilgan strelka egallagan katta maydonda harakatlantirishda Myuller-Layer illyuziyasiga ko'ra uchlarini birlashtiruvchi strelka band qilgan maydon bo'yicha harakatlantirilganda birmuncha kamroq uzunlik tasavvurini yuzaga keltiradi.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin