Mavzu: “Jismoniy madaniyat ta`lim tarbiya tizimida harakatli o`yinlarning tizimi”



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə12/14
tarix16.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#114319
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Dars jaroyonida sport va harakatli oyinlarni tashkil etish

O’yin qoidalari. 1. To’pni tepib har bir g’o’lachaning birini o’ng tomondan, ikkinchisini chap tomondan aylanib o’tish kerak. 2.Atrofidan aylanib o’tilmasdan, qoldirib ketilgan har qanday g’o’lacha o’ynovchi tomonidan yiqitilgan hisoblanadi. 3.Yiqitilgan g’o’lacha o’z joyiga (rahbarning qursatmasi, buyrug’i) qo’llanadi. Pedagogikahamiyati futbol elementlari bilan o’tkaziladigan estafetalar futbol uyini uchun zarur bo’lgan malakani mustahqamlash va takomillashtirishga yordam beradi. Shuningdek, bu o’yinda harakat tezligini, chaqqonlikni, ziyraklikni rivojlantiradi. ular jamoa, o’rtoqlik hissiyotini tarbiyalashga yordam beradi.O’yinning o’ziga xos harakatlari to’pni tepib-tepib tez yugurish va to’pni olib yurishdir.
Metodikko’rsatmalar. futbol estafetasi, bu o’yinning bir turi hisoblanadi. Bunda o’yinchiiar rezina to’pni yoshlar bilan surib dumalatib, g’o’lachalar oraligidan olib o’tadilar.
O’yinga tayyorlanish. O’ynovchilar 3-4 ta jamoaga bo’linib, bir qatordan saflanib, chiziq orasida yonma-yon turadilar. Maydonchaning bir tomonidagi start chizig’idan 10-15 metr oraliqda parallel chiziq o’tkaziladi, shu chiziqda har bir jamoa qarshisiga diametri 1-1,5 metrli aylanalar chiziladi. Bu aylanalarda har bir jamoaning bittadan o’yinboshilari turadi, qatorlar oldida turgan birinchi o’yinchiiar bittadan to’p oladilar.
O’yin tavsifi. O’qituvchining signalidan keyin ular to’pni belgilangan chiziqgacha erga urib-urib olib borib, bir qo’llab o’yinboshiga uzatadilar va oldinga yugurib borib, aylanadan joy oladilar. Keyin to’pni olib, o’zlarining jamoalarigacha olib boradilar va navbatdagi o’yinchilarga uzatib, o’zlari qatorning oxiriga borib turadilar va hamma o’yinchiiar ana shu ishni bajaradilar. O’yin qatorda birinchi turgan o’yinchiiar yana o’z joylariga kelib turganlaridan keyin tugaydi.Berilgan vazifani tez va aniq bajargan jamoa g’olib hisoblanadi.Pedagogik ahamiyati. Bu o’yinda qo’l to’pi o’yini uchun zarur bo’lgan ayrim malakalarni mustahkamlaydi, takomillashtiradi, masalan, uloqtirish, to’pni olib yurish, to’pni uzatish, darvozaga aniq uloqtirishni, bundan tashqari, bu o’yinda o’yinchilarning harakat tezligini, yugurish, epchillikni va diqqatni ri vojlantiradi.
EPCHIL DARVOZABON” O’YINI

O’yinga tayyorlanish. 3-4 kishidan iborat jamoa galma-galdan musobaqalashadi. O’yinni boshlaydigan jamoa bir kishidan saflanib turadi. Oldinda 5 metr oraliqda uzunasiga 2 ta to’shak qo’yilgan bo’ladi. to’shaqdan 3 metr oraliqda rahbar turadi.


O’yin tavsifi. rahbarning signalidan keyin o’ynovchilar galma-galdan rahbar otgan to’pni oldinga umbaloq oshib o’rnidan turib, ilib olishlari kerak. Agar o’yinchi to’pni ilib olsa, jamoasiga bir ochko keltiradi. Jamoaning har bir o’yinchisi mashqni 3 marta bajarganidan keyin o’yin tugaydi. Raqib ham shunday haraqat qiladi. ko’p ochqo to’plagan jamoa o’yinda yutgan hisoblanadi.
Pedagogikahamiyati. O’yin darvazabonda diqqatni aniq, epchil va harakat tezligini va o’z-o’zini to’pga bo’lgan qobilyatini tarbiyalaydi. O’yin darvozabonning oldinga umbaloq oshib otilgan to’pni ilib olish malakasini tarbiyalaydi. O’yindagi asosiy harakat oldinga umbaloq oshib to’pni ilib olishdir.
SAVAT YOKI YASHIKKA TO’P TUSHIRISH” O’YINI

O’yinga tayyorlanish. O’ynovchilar bittadan bo’lib, 3-4 qatorga saflanadilar. Qatorlar soni qancha bo’lsa, shuncha savat (diametri 50 sm) yoki yashiklar o’rnatiladi. Savatlar qatordan 3-4 metr naridagi ustunlarga yoki daraxtlarga o’rnatiladi. Qatorlar boshida birinchi bo’lib turganlarning oyoqlari uchidan chiziq o’tkaziladi. qator boshida turganlarga bittadan to’p beriladi.


O’yin tavsifi. O’qituvchi signal berish bilan qator boshida turganlar to’plarini uloqtirib, savatga tushirishga harakat qiladilar. Qator oxirida turganlar esa erga tushgan to’pni olib kelib navbatdagi o’ynovchilarga topshiradilar, to’p irgitganlar to’pni olib keluvchilar o’miga borib turadilar. Savatga ko’proq to’p tushirgan jamoa g’olib chiqqan hisoblanadi.
O’yin qoidalari. 1. To’pni savatga irg’itganda chiziqdan nariga o’tish mumkin emas. Chiziqdan chiqib turgan holda savatga tushirilgan to’p hisobga olinmaydi. 2. Hamma o’ynovchilar navbat bilan savatga to’p irgitishlari lozim.
Pedagogikahamiyati. O’yinda bolalarda o’yin elementlarining ayrim malakalari, ayniqsa, to’pni tashlash qobiliyati mustahkamlanadi va takomillashtiriladi. Bundan tashqari, o’yinda bolalarda o’z kuchiga ishonishini, diqqatni va tezlik reakstiyasini rivojlantirishga yordam beradi. O’yinni o’ziga xos harakati to’pni savatga tashlash hisoblanadi.
TO’P UCHUN KURASH” O’YINI

O’yinga tayyorlanish. O’quvchilar kuchlari teng ikki jamoaga bo’linadi. Jamoalarni bir-biridan ajratish uchun ikki xil rangli kiyim bo’lishi kerak. Har bir jamoaning onaboshilari saylanadi, ular chek tashlashib, qaysi jamoa o’yinning


boshlashini aniqlaydilar. O’yinni boshlaydigan jamoa basketbol to’pini oladi. O’yin qatnashchilari butun maydon bo’ylab ikkitadan bo’lib joylashadilar, ya’ni har bir o’yinchining yonida qarshi jamoaning o’yinchisi ham bo’ladi, ular butun o’yin davomida bir-birini “Ushlashi”kerak.
O’yin tavsifi. O’qituvchining signalidan keyin to’pni olgan jamoa o’yinchilari oldindan kelishilgan usulda to’pni bir-birlariga oshira boshlaydilar. Har bir oshirilgan (5-10 marta) to’p uchun jamoaga bir ochqo beriladi. Ochko olingandan keyin, o’yinni yutqazgan jamoa boshlash huquqiga ega bo’ladi. Ko’p ochko to’plagan jamoa g’olib hisoblanadi.
O’yin qoidalari. 1. O’yinda basketbol o’yini qoidalarini qo’llash mumkin. 2.
O’yinni boshlashda to’pni olib yurish mumkin emas.

Pedagogikahamiyati. O’yin basketbol va qo’l to’pi o’yinlariga tayyorlash hisoblanadi. O’yin basketbol va qo’l to’pi uchun zarur bo’lgan, to’pni egallash malakalarini egallashga va takomillashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, o’yin tashkiliy o’yinlarni rivojlantirishga yordam beradi. O’yinni o’ziga xos harakatiga, darvozaga yoki halqaga tashlashdan tashqari, qo’l to’pini va basketbolni barcha elementlari kiradi.


Voleybolchilarning TO’PUZATISHI”o’yini

O’yinga tayyorlanish. O’quvchilar 4-5 jamoaga bo’linadi, har bir jamoada aylana hosil qilib turadi, uning o’yinchilari tartib bilan sanaydilar. Har bir jamoaning birinchi sonli o’yinchilari voleybol to’pini olib, aylana o’rtasida turadilar. Har bir jamoaga bittadan haqam biriktirib qo’yiladi, ular ochkolarni hisoblaydilar.


O’yin tavsifi. O’qituvchining signalidan keyin har bir jamoaning o’yinchilari to’pni bir-birlariga yuqoridan xohlagan tomonlariga ko’p marta uzatishga harakat qiladilar. Hakamlar esa ovozini chiqarib hisoblaydilar. agarda xatoga yo’l qo’yilsa, (bir o’yinchi to’pni ikki marta, bir qo’l yoki ikki qo’llab erga ursa), ikkinchi sonli o’yinchi o’rtaga chiqadi va o’yinboshidan boshlanadi, hisoblash oldingi hisobda
davom ettiriladi. Yana xatoga yo’l qo’yilsa, o’rtaga uchinchi sonli o’yinchi chiqadi va hoqazo. Jamoalardagi hamma o’yinchilar o’rtaga chiqib bo’lganlaridan keyin o’yin tamom bo’ladi. kim to’pni ko’p oshirgan bo’lsa, o’sha jamoa yutgan hisoblanadi.
O’yin qoidalari. 1. To’pni erga tushirish mumkin emas. 2. To’pni ikki marta bir qo’llab, ikki qo’llab pastdan urish man etiladi.
Pedagogikahamiyati. O’yin turli usullarda to’pni uzatish va ilib olish malakalarini takomillashtirishga yordam beradi. O’yin qatnashchilardan diqqatni, quzatuvchilikni, harakat tezligi reakstiyasini, harakat koordinatstiyasini to’g’ri bo’lishni talab qiladi. O’yinning o’ziga xos harakati turli usullarda to’pni uzatish va ilib olishdir.
TO’PNI ALMASHTIRISH”O’YINI

O’yinga tayyorlanish. O’yinchiiar ikkita jamoaga bo’linib va ikki qator bo’lib start chizigining orqasida turadilar. Qatorlar boshida turgan birinchi o’yinchiiar to’ldirma to’pni oladilar. Ikkala jamoaning qarshisiga 15-20 metr masofada diametri 1 metrli ikkita aylana chizilib, o’rtasiga bittadan to’p qo’yiladi.


O’yin tavsifi. O’qituvchining signalidan keyin birinchi turgan o’yinchiiar to’pni olib oldinga qarab yuguradilar, aylanaga etib borib, to’plarni almashtirib orqaga qaytib keladilar va to’pni ikkinchi o’yinchiga berib, qatorning oxiriga borib turadilar. O’yin shu tarzda davom etadi. yugurish va to’p almashtirishni hamma o’yinchiiar bajarishlar kerak. Ana shu harakatni oldin tamomlagan jamoa g’olib hisoblanadi.
Pedagogikahamiyati. O’yin estafeta tegishli topshiriqqa mos ravishda harakat qilishda epchillikni, tezqorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Bu o’yinda o’ynovchilar o’zlarining jamoalarini obro’sini saqlab qolish uchun o’zlarini harakatini kelishgan holda bajarishga o’rgatiladi. O’yinning o’ziga xos harakati - koptokni olib borib qo’yish, burilish, tez yugurishdir.
YUKLAR BILAN YUGURISH” O’YINI

O’yinga tayyorlanish. O’ynovchilar ikki jamoaga bo’linib, ikki qatorga saflanadilar (jamoalarda o’g’il va qiz bolalar soni teng bo’lishi kerak). Har bir jamoaning ro’parasiga 2-2,5 metr narida 4-5 ta g’o’lacha, bulava va to’plar qo’yiladi. Har bir jamoaning birinchi o’yinchilaridan 1-1,5 kg og’irliqdagi xaltacha bo’ladi.


O’yin tavsifi. O’qituvchining signalidan keyin birinchi bo’lib turgan o’yinchiiar g’o’lachalar yoki to’plar orasidan yugurib o’tib, orqa tomonga ham shu usulda qaytib kelib, xaltachani ikkinchi o’yinchiga beradilar va qatorning oxiriga borib turadilar. Ana shu harakatni hamma o’yinchiiar takrorlaydi. Bu ishni birinchi bo’lib tugatgan jamoa g’olib hisoblanadi. O’yinning boshqa variantlaridan ryukzak o’rniga ikki yoki uch oyoqli velosipedni haydab yoki basketbol to’pini erga urib yugurish ham mumkin.
Pedagogikahamiyati. O’yin o’yin qatnashchilaridan diqqat-etiborni va tezkorlik reakstiyasini talab qiladi. O’yinda bolalarni to’g’ri koordinatstiyasi va harakat tezligi rivojlanadi. O’yinni o’ziga xos harakati g’o’lachalar orasidan aylanib va tez yugurish.
OLIBQOCHAR”O’YINI

O’yin uchun 13 ta rangli toshlar yig’iladi. kengligi 3 qadamli doira chiziladi. Rangli toshlar doira o’rtasiga tashlab qo’yiladi. Boshlovchi aniqlanib, u doira ichidagi toshlarni olib qochishga yo’l qo’ymaydi. Doira tashqarisida turgan o’yinchiiar doira ichidagi toshlarni olib qoladilar. Boshlovchi o’yinchilarga qo’l tekkizadi. Qo’ltekkan “Tutilgan” hisoblanadi. o’yin davomida kim ko’p tosh yig’sa, shu o’yinchi yutgan hisoblanadi. Yutgan o’yinchi keyingi o’yinga boshlovchi bo’ladi. Boshlovchi kam tosh oldirsa, bu ham yutuq hisoblanadi. O’yin boshlovchi sinf o’quvchilariga va bog’cha bolalariga mo’ljallangan.


SOQQA”O’YINI

O’yinda 2 ta yoqi 3 ta o’yinchi qatnashishi mumkin. Har bir o’yinchi 1 kg yuk og’irligidagi toshni olib turadilar. Bir o’yinchi soqqani (tosh) o’zidan uzoqqa dumalatib tashlaydi. ikkinchi o’yinchi qo’lidagi soqqa bilan tashlangan soqqani mo’ljalga olib tekkizadi. O’yinda marra belgilanadi. misol uchun, o’yinchi 7 hisobigacha sherigining soqqasiga tekkizmasa, u o’quvchining eng yaxshi soqqasini sherigiga beradi. Yoki uni o’zi tanlab oladi.


O’yinchi soqqa turgan joydan o’tmasligi, ikkinchi o’yinchining soqqasini mo’ljalga olishi kerak. Soqqani soqqaga tekkizsa, o’yinchi soqqani tekkizgan o’yinchiga yana tashlab beradi. O’yinchining shartlaridan biri yutgan o’quvchi, maglub bo’lgan o’yinchiga shart qo’yadi. masalan: it bo’lib vovullash, xo’rozdek qichqirish va boshqalar.
CHAQQONLAR VA MERGANLAR” O’YINI

Bu o’yin uchun sport o’yinlari maydonidan foydalaniladi. o’yinchilar ikki jamoaga bo’linib 16 metr oralig’ida bir-biriga qarab turishadi. O’rtaga 2 qadam kengligida aylana chiziladi. Har bir jamoadan bittadan eng chaqqon o’quvchilar tanlanib, aylana ichiga turadi. Ikki tomondagi o’quvchilar to’p bilan aylana ichidagi o’yinchilarni uradilar. To’pga tekkan o’yinchi o’sha o’yinchining o’rniga kirib o’yinni davom ettiradi. Umuman, ikkovi o’rin almashadi. merganlar va chaqqonlar taqdirlanadi. oraliq masofa o’qituvchi tomonidan o’zgartirilishi mumkin.


CHIRKASH”O’YINI

Ikki qadamli kengliqda doira chiziladi. O’yinga ikki jamoa ishtirok etadi. Qur’a tashlash yoki bilan “Himoyachi” va “Hujumchi” jamoalari aniqlanadi. Doira chetida himoyachilar aylanib turishadi, hujumchilar esa ulardan 2-3 metr tashqarida aylana shaklida turadilar. Himoyachilar hujumchilarni doira tashqarisiga quvib, qo’l tekkizib “Oldirish”ga harakat qiladilar. Himoyachilarning orqa


tomonidan boshqa hujumchilar yugurib o’tib ketsa, himoyachi o’zi “Oladi”. Hujumchilar doira ichiga kirsa yutgan hisoblanadi. O’yin davomida bir marta bo’lsa ham o’yinchilar o’rin almashadilar.
TEPKI”O’YINI

Xalqimiz to’y va sayillarda, kurash tushush, ko’pkari chopish kabi har xil xalq o’yinlarini o’ynab kelganlar, bu o’yinlar uzoq tarixga ega bo’lib, afsuski, bizgacha juda oz qismi etib kelgan. “Tepki” o’yini uchun 8 qadam kenglikda doira chizladi. O’yinchlar yakkama-yakka yoqi guruh-guruh bo’lib, ya’ni jamoa bo’lib o’tkaziladi. o’yinchiiar doira ichida tepadilar. O’yinga chida-magan o’yinchi, doira ichidan chiqib ketadi va engilgan hisoblanadi, bunga usul ishlatish vaqtida chiqib ketgan kirmaydi, o’yinda oyoqdan ushlab qolib ag’darib tashlash yoki burab yiqitish, chiziqdan chiqarib yuborish mumkin. O’yinda taqiqlangan harakat, yuzga, qoringa, pastiga tepish mumkin emas. O’yinni hakam boshqaradi.


QIRQTOSH” O’YINI

Bu o’yin tarixi uzoqlarga borib taqaladi. O’tmishda ham uzoq masofalarga yugurish bahsi bo’lib turgan. Shulardan biri “Qirq tosh” o’yinidir. Qirq qadam olchanib, har bir qadamga tosh qo’yilib chiqiladi. Ikkala jamoa yuguruvchilari qirqinchi toshni olib kelgandan keyin boshqa yuguruvchlar ham shunday birma-bir olib kelishlari kerak.


Qadimda shuncha yo’lni bir kishi yugurib hamma toshlarni yig’ib chiqqan. Uzoq masofaga yugurishda o’yinchilarning yoshi hisobga olinishi lozim. Har ikki jamoada 3 tadan yoki 4 tadan o’yinchi qatnashishi mumkin. Ikkita parallel qilib 40 qadam o’lchanib chiziq chiziladi va chiziq bo’ylab toshlar qo’yib chiqiladi. Jamoa o’yinchilari musobaqa sifatida yuguradilar.
TO’QQIZTOSH” O’YINI

Bu o’yinda faqat qizlar ishtrok etadi. 9 ta kichik yumaloq tosh tanlab olinadi. ular qo’lkaftiga olinib yuqoriga otiladi. So’ngra toshlar qo’lning ustki qismiga


olinadi. Agar toshlardan birortasi tushib ketsa, qo’lni ustiga toshlarni havoga otib, erdagi toshlar bilan birgalikda ilib olinayotganda toshlarning birortasi tushib ketsa, keyingi o’yinchi o’yinni boshlaydi. Agar o’yinchi hamma toshni ilib olsa, o’sha o’yinchi g’olib hisoblanadi. o’yin shu zaylda davom etadi.
PODSHO VA VAZIR” O’YINI

Bunda 4 ta kichik qog’ozga podsho, vazir, askar va o’g’ri deb yoziladi. Buklab erga sochib yuboriladi. uni 4 ta o’yinchi oladi. Kimga nima tushsa, sezdirmay o’zi o’qiydi. Podsho yozuvi tushgan o’yinchi (vazir o’g’rini) topsin deb buyruq qiladi. vazir o’g’rini topsa, askar o’g’riga jazo beradi. Agar topmasa, o’g’ri oladigan jazoni vazir oladi. Shu tariqa o’yin davom etadi.


DO’PPI YASHIRAR”. O’YINI

O’yinchiiar 2-guruhga bo’linib, har bir guruhda 4-5 tadan o’yinchi qatnashadi. Guruhlar 1,5-2 metr masofada bir-birlariga qarama-qarshi o’tirishadi. Ikkala guruhda ham bittadan do’ppi bo’lib, avval, qaysi guruh o’yinni boshlashi qur’a tashlab aniqlanadi. O’yinchilardan biri- guruhga ko’rsatmay do’ppini yashiradi. Bo’ladi deyilgandan so’ng hamma qo’lini qovushtirib o’tiradi. 2-guruh o’yinchilaridan birortasi do’ppini kim yashirganligini ko’rsatadi. Agar to’g’ri topsa, guruhga 1 ochko beriladi. Topa olmasa, o’sha guruh mag’lub bo’lgan hisoblanadi. Bu o’yin navbatma-navbat davom ettiriladi va oxirida yutuqlar jamlanib, g’olib guruh aniqlanadi.


XO’ROZ-XO’ROZ” O’YINI

Bu o’yin asosan bayramlarda va to’ylarda o’ynaladi. O’yin qoidasi quyidagicha: 1,5-2 m etarli aylana chizilib, 2-guruhdan bittadan o’yinchi chiqib, chap qo’li bilan ushlaydi va saqrab bir-birini to’g’ri qelgan elkasi bilan turtadi. Qaysi biri raqibini aylanadan siqib chiqarsa, o’sha g’olib hisoblanadi. O’yin guruhdagi o’yinchiiar tamom bo’lguncha davom etadi. natijasi yig’ilib, qaysi guruh g’olibligi aniqlanadi.


OLOMAN POYGA” O’YINI

Bu o’yinda 3 juft o’yinchi qatnashib o’yin maydoniga chizilgan chiziqdan 10- 15 m uzoqda turadi. o’qituvchining ishorasi bilan o’yinboshi ro’molchani chiziqqa tashlaydi. ular, ya’ni “Chavandozlar” ro’molchani olib o’qituvchiga berish uchun kurashadilar. O’yin davomida ular “Vazifa”larini almashadilar.


ULOQ” O’YINI

Bu o’yin asli otda o’ynaladi, lekin bolalar ham o’ynashlari mumkin. o’ynovchilar bir parcha echki terisi yopishtirilgan koptokni olish uchun qurashadilar. Diametiri 12-15 m li aylana chizilib, o’yinchiiar har bir guruhga 3 yoki 5 tadan bo’linadi va davra tashqarisida o’tiradi. O’qituvchi koptokni davra o’rtasiga qo’ygach, birinchi 3 yoki boshliq guruh davraga kirib to’pni olib chiqib berishga intiladi va har beshlik yoki 3 guruhdan 1 tasi g’olib bo’ladi. Keyin g’oliblar musobaqasi boshlanadi. Ana shu musobaqada yutgan o’yinchi g’olib hisoblanadi.


DORBOZ” O’YINI

Bu o’yinda xohlagancha o’yinchi qatnashadi. ularni o’qituvchi boshqaradi. Ularga boshga sig’maydigan karton (qog’oz) qalpoq beradi har bir o’yinchi shuni maydonda kiyib, chizilgan uzunligi 6-10 m eni 70 sm bo’lgan yo’lakchadan yugurib o’tishi kerak. Agar shu holatni biror o’yinchi xatosiz bajarsa, u g’olib demakdir.


CHILLAK”O’YINI

O’yin o’tloq joyda yoki sport maydonchasida o’tkaziladi. o’yin uchun uchi yassilangan uzunligi 80-100 sm, eni 2-2,5 tayoq (dasta) va uzunligi 20 sm tayoqcha - chillakkerak bo’ladi.O’yinda 2 tadan 10 tagacha o’quvchi qatnashishi mumkin. O’yinni yakkama-yakka yoqi guruhlarga bo’linib o’ynasa ham bo’ladi. Oldingi chiziqdan 2 m nariga dasta qo’yiladi. o’yinchiiar chillakni erda yotgan ana shu dastaning ustiga irg’itadilar. Chillakni birinchi bo’lib dastaga tekkizgan


o’yinchi o’yinni boshlash huquqiga ega bo’ladi. Buning uchun o’yinchi chillakni dastaning uchiga qo’yib turib, egilgina ko’tarib tashlashi va chillak qayta tushib dastaga tegishi va yana sakrab ko’tarilib, qayta dasta ustiga tushishi kerak. Chillakdastgohi bir tekkani uchun bittadan ochko beriladi. O’yinchi shu tartibda nechta ochko to’plasa, shuncha marta dasta bilan chillakni urib, uni to’g’riga otadi. har otganda chillak 20-30 mlariga borib tushsa, 3-4 ochko olish uchun 90-100 metr masofaga etkazilishi mumkin. yutkazgan o’yinchi yoki raqib guruh o’yinchisi ana shu masofani to’liq yugurib o’tishi kerak. Bunda u nafas olmay yugurishi lozim. Chopib ketayotganida nafas olsa, o’sha joyda yana dasta bilan chillakni sakratib urib qaytadan yugurib o’tadigan masofa belgilanadi.



Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin