Mavzu: madaniy o’rmon barpo etish texnologiyasi


Ekish muddatlari va parvarish ishlari



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix11.04.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#95989
1   2   3   4   5   6
14....Madaniy o\'rmon barpo etish texnologiyasi

Ekish muddatlari va parvarish ishlari
• Madaniy o’rmon ekishning eng maqbul muddati
bahor xisoblanadi, ba’zan kuzda ham ekish ishlari
amalga oshiriladi.
• Madaniy o’rmonlarga ekilishi bilan, birinchi yildan
boshlab parvarish ishlari amalga oshiriladi.
Parvarish
2
turda
bo’ladi:
agrotexnik
va
o’rmonchilik.
Agrotexnik
parvarish
begona
o’tlardan tozalash va yumshatishni o’z ichiga
oladi. Ikkinchisida madaniy o’rmonlar o’sishiga
xalaqit
berayotgan
ildizbachkilagan
turlar
parvarishlash maqsadida kesish orqali yo’qotiladi.
Qatorlar orasida ishlov berish kultivatorlarda,
qatorlarda esa qo’lda amalga oshiriladi.



Ishni yakunlash
• 3-12 yoshdagi madaniy o'rmonlar o'rmon bilan qoplangan
maydonlarga
o'tkaziladi.
Quyidagi
o'rmonchilik
ko'rsatkichlari hisobga olinadi:
• 1. Asosiy turning yetarli miqdori va joylashuvining bir xilligi.
• 2. Shox-shabbalar tutashish bosqichining boshlanishi.
• 3. O'tgan yil davomida talab qilinadigan minimal ekish
balandligi va o'sishi.
• 4. Tuproqni parvarishlash tadbirlarini tugatish imkoniyati.
Madaniy o'rmonlarni o’rmon bilan qoplangan maydonga
o'tkazgandan so'ng, ularni yetishtirish jarayoni tugallangan
hisoblanadi.


15.12.2021
• Tuproqqa ishlov berish. Madaniy o’rmonlar
uchun tuproqqa uning suvhavo va issiqlik
rejimlarini yaxshilash, begona oʻtlarning zararli
taʼsirini
susaytirish
hamda
ko’chatlarning
yashab qolishi va oʻsishi uchun qulay sharoit
yaratish
maqsadida
mashina
va
mexanizmlarning ishchi organlari tomonidan
tuproqqa mexanik taʼsir koʻrsatishni oʻz ichiga
oladi.


• Namligi yetarli boʻlgan joylarda shudgorlash 25-
27 sm, qurgʻoqchil tekisliklarda esa tuproq 40-50
sm
chuqurlikda
ag’dariladi.
Sayoz
chirindi
qatlamiga ega bo'lgan tuproqlarga 25-27 sm
gacha chuqurlashtirib, to'liq quvvat bilan ishlov
beriladi
• Tuproqqa ishlov berishda eluvial qatlamni yuza
qismga
ko’tarish
(ag’darish)
unumdor
qatlamning
zaiflashuviga,
yomg’irdan
keyin
qotqaloq paydo bo’lishiga olib keladi. Bu esa o’z
navbatida xavo aylanishi va yog’ingarchilik
hisobiga tushadigan namgarchilikning tuproqqa
erkin singishiga xalaqit beradi.


• Tog’ qiyaliklarida tuproqni tayyorlash usuli ularning tikligi bilan
belgilanadi. Tikligi 8 ° gacha bo'lgan qiyaliklarda yalpi ishlov
berish mumkin (PLN-3-35, PLN-4-35, PLN-5-35 bilan), chunki
bunday
yerlarda
eroziya
jarayonlarining
rivojlanishi
kuzatilmaydi. Tikligi 8 dan 15 ° gacha bo'lgan qiyaliklarda
traktorda (PLN-3-35, PRN-40 va boshqalar) chiziqli ko’rinishda
ishlov berish mumkin. Shuningdek, ot puluglari bilan chiziqli
ishlov berish mumkin. Chiziqlarning kengligi 0,8 dan 1,5 m
gacha va undan ko'p. 16-35 ° bo'lgan tik qiyaliklarda teskari (2-
3°) qiyalikli terassalar (TS-2,5 va TR-2A, TR-3,0 va boshqa)
kengligi 2-3 m bo'lgan terassalar yaratiladi.
Chiziqlar va
terassalar gorizontal ko’rinishda yaratiladi. Chiziqlar va
terassalar orasidagi masofa qiyalikning tikligiga bog'liq bo'lib,
2 dan 8 m gacha o'zgarib turadi. 35 ° dan yuqori bo’lgan
qiyaliklarda, tuproqni mexanizmlar bilan ishlov berish mumkin
bo'lmagan joylarda, teskari qiyalikli to'rtburchak ko’rinishda
maydonchalar qilinib qo'lda ishlov beriladi. Maydonchalarning
kengligi 0,5-0,8, uzunligi 1-2 m. Maydonchalar shaxmat
ko’rinishida o'z markazidan qator va qatorlar orasiga 3 m dan
7 m gacha masofada joylashtiriladi.



Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin