Mavzu: ms wordda kitob va broshuralar uchun muqovalar yaratish. Titul varaqlarini tayyorlash



Yüklə 0,68 Mb.
tarix01.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#170518
3. MS Wordda kitob va broshuralar uchun muqovalar yaratish. Titul varaqlarini tayyorlash.

Mavzu: MS Wordda kitob va broshuralar uchun muqovalar yaratish. Titul varaqlarini tayyorlash.

  • 5 MT-21S guruh

Reja:

  • Broshyurani qo'lda yaratish.
  • O‘rnatilgan MS Word shablonlaridan foydalanish.
  • Muqova yaratish.
  • Titul varaqlari bilan ishlash.

O'rnatilgan vositalar yordamida Microsoft Word muharririda o'zingiz broshyura yaratishingiz mumkin. Ushbu usul dasturning barcha versiyalari uchun javob beradi. Buning uchun quyidagi amallarni bajariladi:

  • Yangi hujjatda "Макет" yorlig'iga o'ting, so'ngra "Параметры страницы" blokida qo'shimcha oyna ochish uchun kursorni bosing.

"Поля" yorlig'ida bir xil nomdagi bo‘limga kerakli parametrlarni kiritiladi. Agar varaqlar bog‘lanish nuqtai nazaridan bog‘langan bo‘lsa, maydonni sozlash kerak. Keyin, sahifalar bilan blokdagi "Несколько страниц" bandining qarshisida menyuni ochish va "Брошюра" ni tanlash kerak.


Shundan so'ng, Word hujjatida shablon yaratiladi va sahifaning yo'nalishi avtomatik ravishda gorizontalga o'zgaradi. Broshyurani kerakli ma'lumotlar bilan to'ldirishgina qoladi.

O'rnatilgan MS Word shablonlaridan foydalanish

  • Keyingi usul Microsoft kompaniyasining tayyor shablonlardan foydalanishni o'z ichiga oladi. Bu xususiyat matn muharririning yangiroq variantlarida amalga oshiriladi. Tayyor broshyura shablonini ishlatish uchun quyidagi ko'rsatmalarga amal qiling:
  • Hujjatni oching, so'ng "Файл" yorlig'ini bosing.

Ko‘rsatilgan menyuda "Создать" tugmasini bosing. Har xil hujjatlar, titul varaqlari uchun ko‘p sonli shablonlar mavjud bo‘lgan qo‘shimcha oyna ko‘rsatiladi. Yuqori qismida qulaylik uchun qidiruv paneli o‘rnatilgan, unda siz "Брошюра" so‘rovini berishingiz kerak, so‘ngra natijalarni ko‘rsatish uchun "Enter" tugmasini bosing.

Tegishli variantni tanlang va sichqonchaning chap tugmasi bilan ustiga bosing.


Ko'rsatilgan oynada "Yaratish" tugmasini bosing.
Yangi hujjatda namunaviy broshyura paydo bo'ladi, uni o'z ehtiyojlaringizga ko'ra o'zingiz to'ldirishingiz kerak.

Muqova yaratish

  • MS Word asboblar to'plami broshyura uchun tayyor muqova shablonlaridan foydalanish imkonini beradi. Kutubxonadan sarlavha sahifasini qo'shish uchun quyidagi amallarni bajaring:

"Вставка" bo'limini oching, so'ng "Страницы" blokidagi "Титульная страница" bandini bosing.
  • Ko'rsatilgan oynada sizga yoqqan variantni tanlang. Shablonni kerakli ma'lumotlar bilan to'ldiring: broshyurada ko'rsatiladigan nomlanish, sarlavhalar va boshqa ma'lumotlarni kiriting.

Muqova sahifasida to'ldiriladigan ma'lumotlar turi tanlangan shablonga qarab farq qilishi mumkin. Ba'zi hollarda "Delete" tugmasi yordamida o'chirilishi mumkin bo'lgan sana yoki izoh beriladi.

Titul varaqlaridan foydalanish

Titul varaqlari nima?

Titul varaqlari – hujjatning har bir sahifasining yuqori va pastki chetlarida joylashgan joylar.

Ular nimaga kerak?

Titul varaqlari matn va rasmlarni o'z ichiga olishi mumkin:

  • Betlarning raqamlari
  • Vaqt
  • Sana
  • Kompaniya emblemasi
  • Hujjatning nomlanishi
  • Faylning nomi
  • Muallifning familiyasi
  • va boshqalar.

Titul varaqlarni yaratish


Birinchi va keyingi sahifalardagi titul varaqlari boshqacha bo'lishi kerak bo'lsa, katakchani belgilang
Muhim! Rasmni qo'shgandan so'ng, paydo bo'lgan "Формат" yorlig'ida "Обтекание текстом" - "yuqoriga va pastga" ni tanlang.
Titul varaqlar bilan ishlashni yakunlash uchun bosing
Agar kerak bo'lsa, matnni kiriting va formatlang
Giperssilkani yarating
Sahifa raqamlarini kiritish

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin