Mavzu: Pul bozori instrumentlari


Xalqaro tajribaga koʻra, pul bozori instrumentlariga quyidagilar kiradi



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə2/3
tarix17.10.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#156597
1   2   3
MOLIYA BOZORI VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR 1-oraliq

Xalqaro tajribaga koʻra, pul bozori instrumentlariga quyidagilar kiradi:

Pul bozori instrumentlari

  • Davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari (T-Bills) asosan davlat qarzini qoplash uchun emissiya qilinadi. Yaʼni davlat oʻzining soliqlar orqali byudjetiga tushuvchi mablagʻlari kelguniga qadar qisqa muddatli qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qogʻozlarni emissiya qiladi. Ayrim davlatda bu qimmatli qogʻoz Moliya vazirligi tomonidan emissiya qilinsa, boshqalarida Gʻaznachilik tomonidan emissiya qilinadi. AQSH misolida koʻradigan boʻlsak, ushbu qimmatli qogʻoz Gʻaznachilik boshqarmasi (Treasury Department) tomonidan emissiya qiladi hamda T-Bills deb ataladi. Ularning muddati asosan 28; 91 va 182 kunni tashkil etadi.

Pul bozori instrumentlari

  • Qayta sotib olinuvchi shartnomalar (Repurchase agreemens). Korxonalar davlat qimmatli qogʻozlarini qayta sotib olish sharti bilan boshqa shaxsga sotishi mumkin. Bunda qancha miqdorda va qachon qaytarib sotib olish oldindan kelishib olinadi. Aksariyat qayta sotib olinuvchi shartnomalar 3 kundan 14 kungacha boʻlgan muddatga ega boʻlsada ayrim hollarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha ham boʻlishi mumkin.

Pul bozori instrumentlari

  • Depozit sertifikatlari bank tomonidan emissiya qilinuvchi qimmatli qogʻoz boʻlib, oʻzida muddatni hamda foiz stavkasini aks ettiradi. Ushbu turdagi qimmatli qogʻoz oraliq instrument boʻlib, belgilangan muddat tugagandan soʻng ushbu sertifikatni bankga taqdim etgan shaxs asosiy summani hamda foiz toʻlovini qoʻlga kiritadi. AQSH misolida koʻradigan boʻlsak, depozit miqdori $100 000 dan $10 milliongacha boʻladi.

Pul bozori instrumentlari

  • Real sektor korxonalari tomonidan emissiya qilinadigan pul bozori instrumenti bu tijorat qogʻozi (Sommercial paper) hisoblanadi. Tijorat qogʻozi taʼminlanmagan qarz majburiyatini ifodalovchi, korxonalari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻoz boʻlib, odatda muddati 270 kungacha boʻladi. Sababi ushbu qimmatli qogʻoz taʼminlanmagan boʻlib, buning muddatini uzaytirish bankrotlik riskini oshirib yuboradi. Faqatgina kreditga layoqatli korxonalar ushbu turdagi qimmatli qogʻozni emissiya qilish imkoniga ega. Ularni emissiya qilish talablari mavjud boʻlib, unga koʻra ularning muddati AQSH amaliyotida 270 kundan oshmasligi lozim. Bundan koʻzlangan maqsad ushbu qimmatli qogʻozni registratsiyadan oʻtkazishdan qochish, yaʼni qonunchilikda 270 kundan ortiq muddatga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar Qimmatli qogʻozlar va ularni ayriboshlash komissiyasidan roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Asosiy qimmatli qogʻozlar asosan 20 kundan 45 kungacha boʻlgan muddatga ega boʻlib, asosan diskontlash asosida emissiya qilinadi. Taxminan 60% tijorat qogʻozlari bevosita emitentdan investorga sotiladi. Bu turdagi qimmatli qogʻozlar uchun ikkilamchi bozor mavjud emas.

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin