Mavzu: rp (rapid prototype – tezkor prototiplash) texnologiyasi



Yüklə 3,22 Mb.
səhifə2/3
tarix16.09.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#144160
1   2   3
4-mavzu ma\'ruza

Birinchi 3D chop etish jarayoni rivojlanishi bilan prototip qurishning yangi davri boshlandi. 1984-yilda amerikalik Chak Xall Stereolitografiya (SLA) tezkor prototiplash texnologiyasi, ya’ni fotopolimerlarni ultrabinafsha nurlar yordamida birlashtirish jarayoni uchun patent oladi.

  • Birinchi 3D chop etish jarayoni rivojlanishi bilan prototip qurishning yangi davri boshlandi. 1984-yilda amerikalik Chak Xall Stereolitografiya (SLA) tezkor prototiplash texnologiyasi, ya’ni fotopolimerlarni ultrabinafsha nurlar yordamida birlashtirish jarayoni uchun patent oladi.
  • Hozirda bir nechta RP texnologiyalari mavjud:
  • • stereolitografiya (SLA);
  • • termoplastikalarni yotqizish (FDM – Fused Deposition Modeling);
  • • kukunli materiallarni lazer bilan sinterlash (SLS – Selective Laser Sintering);
  • • obyektlarni laminatsiyadan foydalangan holda ishlab chiqarish (LOM – Lamineted Object Manufacturing).

SLA — (Stereo Lithography Apparatus). Stereolitografiya – CAM/CAD dasturlari yordamida oldindan dasturlashtirilgan, kompyuter tomonidan boshqariladigan harakatli lazer nuridan foydalanuvchi 3D bosib chiqarish jarayoni. SLA juda aniq va nozik detallar ishlab chiqarishni talab qiluvchi tezkor prototip hamda loyiha dizaynlari uchun maxsus texnologiya bo‘lib, undan konseptsiya g‘oyalarini tasdiqlash, ergonomik testlarni o‘tkazish uchun namoyishtomosha qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.

  • SLA — (Stereo Lithography Apparatus). Stereolitografiya – CAM/CAD dasturlari yordamida oldindan dasturlashtirilgan, kompyuter tomonidan boshqariladigan harakatli lazer nuridan foydalanuvchi 3D bosib chiqarish jarayoni. SLA juda aniq va nozik detallar ishlab chiqarishni talab qiluvchi tezkor prototip hamda loyiha dizaynlari uchun maxsus texnologiya bo‘lib, undan konseptsiya g‘oyalarini tasdiqlash, ergonomik testlarni o‘tkazish uchun namoyishtomosha qismlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
  • SLA ultrabinafsha lazer yordamida model shaklini sezgir qatroni bilan ketma-ketlikda nurli idish yuzasiga o‘tkazadi. Suyuq plastik faqat lazer nurlari o‘tgan joydagina qattiqlashadi. So‘ngra qotib qolgan qatlam ustiga yangi suyuqlik qatlami oqadi va yangi kontur lazer yordamida tasvirlanadi. Jarayon 3D modelning qurishi tugaguniga qadar takrorlanadi.
  • FDM (Fused Deposition Modeling) texnologiyasida eritilgan materialni oldindan belgilangan yo‘l bo‘yicha ustma-ust qatlamlar tarzida tanlab biriktirish orqali 3D obyekt yaratiladi. FDMda ishlatiladigan asosiy materiallar termoplastik polimerlar bo‘lib, filament shaklida bo‘ladi.
  • SLS (Selective Laser Sintering – selektiv lazer sinterlash) – yuqori quvvatli lazer yordamida polimer kukunining zarralarini 3D modelga asoslangan mustahkam tuzilishga singdirish uchun additive manufacturing (AM) texnologiyasi.

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin