Mavzu: Sulfidli oltin rudalarini flotatsiya usulida boyitishga tayyorlash sxemasini tanlash va hisoblash. Bajardi


SHovqin va tebranishlardan himoyalash



Yüklə 260,76 Kb.
səhifə22/23
tarix01.12.2023
ölçüsü260,76 Kb.
#170939
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
abror

SHovqin va tebranishlardan himoyalash

SHovqin deb, insonda yoqimsiz sub’ektiv hislarni keltirib chiqaradigan har xil, darajasi va tovush chastotasi bo‘yicha tartibsiz tovushlar jamlanmasiga aytiladi.


GOST ga asosan spektral xarakteriga asosan shovqinlar: uzluksiz spektrli bir oktavadan ko‘p bo‘lgan tonli, keng diapazonli, ularning spektrida eshitish mumkin bo‘lgan diskret tonlar bo‘ladi. Vaqt xarakteristikalari bo‘yicha shovqin quyidagi turlarga bo‘linadi: doimiy, tovush darajasi 8 soatlik ish kunida 5 dB dan ko‘p o‘zgarishga ega emas; doimiy bo‘lmagan, tovush darajasi ish kuni davomida 5 dB dan kup o‘zgaradigan. Gravitatsiya bo‘linmasida shovqin doimiy bo‘ladi.
Ish joyidagi shovqin xarakteristikasi tovush bosimining oktava chiziqlaridagi o‘rta geometrik chastotali darajasi bo‘lib hisoblanadi. Ularning keng chiziqlardagi mumkin bo‘lgan shovqin darajasi 3.1 jadvalda keltirilgan.
Ventelyasion quoilmalar chiqaradigan shovqin bosimining darajasi quyida ko‘rsatilganlardan 5 dB dan oshmasligi kerak.
Jadval 4 Ruhsat etilgan shovqin va tovush bosimi darajalari

Ish joylari

Tovush bosimining darajasi (dB) oktava chiziqlarida o‘rta geometrik chastota bo‘yicha, Gs



Tovush darajasi va tovush darajasi ekvivalentlari, DBA

63

125

250

500

1000

2000

4000

8000

Ishlab chiqarish binolaridagi doimiy ish joylari.

95

87

82

78

75

73

71

69

80

YUqori shovqin darajasiga ega texnologik dastgohlar

99

92

86

83

80

78

76

74

85

Insonning eshitish diapazoni tahminan 130 dB, 140 dB shovqinga odam chidolmaydi. 80 dB dan yuqori bo‘lgan shovqinlar vaqtinchalik ish qobiliyatining yo‘qolishiga va eshitish qobiliyatining susayishiga olib keladi.


SHovqinning insonga doimiy ta’siri eshitish organlari va markaziy nerv sistemasiga yomon ta’sir qiladi. SHovqinning zararli ta’siri bilan kurashish maqsadida quyidagi choralar kiritilmoqda: Avtomatlashtirish va mexanizatsiyalao‘, masofadan boshqarish, shovqin bo‘lmagan joydan turib mashinaning ishini kuzatishi mumkin bo‘ladi. Bunday himoya qurilmalari sifatida binolarda tovush yutuvchi to‘siqlar, qoplamalar va boshqalar o‘rnatiladi.


Yüklə 260,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin