Plevra bo’shlig’ini drenajlash.
(Byulau usulida drenajlash)
Kerakli asboblar.
Sterillangan lotok, Bobrov apparati, pinsetlar, qaychilar, qisqichlar, ipakli ip, furatsilin eritmasi, rezina qo’lqoplar.
Bajarilish tartibi.
Bobrov apparati idishiga 200 ml gacha furatsilin eritmasini quyish.
Pinset yordamida Bobrov apparatining uzun shishali naychasiga barmoqqa kiyiladigan rezina xaltachani kiygizish.
Barmoqqa kiyiladigan rezina xaltachani apparatning shishali naychasiga ipak ip bilan bog’lam qo’yish.
Barmoqqa kiygiziladigan rezina xaltachaning erkin tomonini 1 sm ini qaychi bilan kesish.
Shishali naychani Bobrov apparatiga tushirish.
Bobrov apparatini qopqoq bilan mahkam yopiladi.
Bemorga o’rnatilgan drenajning tashqi uchini, qopqoq teshigidan chiqib turuvchi uzun shishali naychasiga ulash.
Drenajdagi qisqichni olish.
Bobrov apparatidagi qisqa shisha naychasini ochiq qoldirish.
Bobrov apparatini bemor tushagidan pastga, stulga quyish.
Bobrov apparatining to’lishini kuzatish.
Dostları ilə paylaş: |