O‘pka emfizemasi (kengayishi) kasalligi .
O‘pka emfizemasi -surunkali kasallik bo‘lib, o‘pka alveollarining kengayishi, alveollar devorlarining atrofiyasi va o‘pka to‘qimasining elastikligi (egiluvchanligi) pasayishi kuzatiladi.Bu kasallikda ko‘krak kafasi kengayadi, uning ekskursiyasi kamayadi, nafas chiqarish qiyinlashadi, nafas olish muskullarini xar doim zo‘r berib ishlashi, muskullarni tolikishini chaqiradi, yuzaki nafas olish o‘sib boradi va o‘pkaning xayotiy xajmi kamayadi, nafas olishning daqiqalik xajmi fakat nafas olish tezligi xisobiga taminlanadi.O‘pka emfizemasi bronxit, bronxial astma, pnevmoskleroz kasalliklaridai keyin paydo bo‘ladi.
O‘pka emfizemasida patologik jarayonning rivojlanishi 3 ta bosqichga bo‘linadi:
1.kompensatsiya (o‘rnini to‘ldirish) bosqichi;
2.nafas olishning yetishmasligini paydo bo‘lishi boskichi;
Z.yurak va nafas olish funksiyalarining yetishmasligi boskichi.
Birinchi boskichda - DJT ning vazifalari:
1) ko‘krak kafasining qo‘zgalishini oshirish;
2) nafas olish muskullarini mustaxkamlash;
3) diafragmal nafas olishga o‘rgatish;
4) yurakning muskullarini mustaxkamlash;
5) organizmni jismoniy xarakatlarga (nagruzkalarga) moslashtirish;
6) organizmni umumiy chiniqtirish va sog‘aytirish.
Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning quyidagi shakllari qo‘llaniladi: shifobaxsh gimnastikasi muolajasi, dozali eshkak eshish, suzish, changida yurish.Kasallikning ikkinchi boskichida o‘pka emfizemasining yaqkol ko‘rinishlari va nafas olishning yetishmasligi kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |