Maykl porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunligi. Reja: kirish I bob. M. Porter uslubiyati va raqobat ustunligi



Yüklə 65,56 Kb.
səhifə18/24
tarix20.11.2023
ölçüsü65,56 Kb.
#162388
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Maykl porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunlig-fayllar.org

Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati,milliy iqtisodiyotida raqobat oldidan shakllanib bo’lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga,bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan shakllantirishga qaratiladi.Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun moliya vazirligi tizimidan monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tuzildi.Unga ro’yhatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo’yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996-yil 1-iyul holati bo’yicha Respublika va mahalliy bozorlar Davlat reestrida 5153-ta mahsulot,tovarlar,ishlar va xizmatlar turi bo’yicha jami 878 korxona hisobga olingan.Respublikada monopol mavqeiga ega bo’lgan korxonalarni Davlat reestriga kiritish uchun mezonlarini belgilashda jahon tajribasi hamda o’tish davrining o’ziga xos jihatlari hisobga olinadi. 

2.2. Raqobat strategiyasi va raqobatning har xil yondashuvlari.

Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar,tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35% dan ortiq bo’lsa,bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestririga kiritiladi.Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi qilib 20% belgilangan.

Respublikada monopoliyalar ro’yxatga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi.Bu usullardan ikkitasini ajratib ko’rsatish lozim: 


  • Monopol mavqeidagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabillkning chegarasini belgilab qo’yish;

  • O’z monopol mavqeini suiste’mol qilgan monopolik birlashmalarni bo’lib tashlash yoki maydalashtirish.Bu usul Vazirlar Mahkamasining qarori (1994-yil 18-iyuldagi 366-sonli) bilan tasdiqlangan “Obyektlarning xo’jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to’g’risidagi Nizom” asosida amalga oshiriladi.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin