14-jadval. Xodimlarni boshqarish tizimi
T/r
|
Tizim osti tizimlari
|
Boshqarish ob'ektlari
|
|
Ish sharoiti
|
- mehnatning ruhiy-fiziologik talablariga rioya qilish;
- mehnat ergonomikasi talablariga rioya qilish;
- mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta'minlash;
- tabiatni muhofaza qilish va hk.
|
|
Mehnat munosabatlari
|
- shaxsiy va guruhlar munosabatlarini tahlil qilish va muvofiqlashtirish;
- rahbarlar munosabatlarini tahlili qilish va muvofiqlashtirish;
- ishlab chiqarishdagi ixtiloflar, nizolar, asabbuzarliklarni boshqarish;
- kasaba uyushmalari bilan o’zaro munosabatlarni boshqarish va hk.
|
|
Kadrlarni hisobga olish va rasmiylashtirish
|
- ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish, bir joydan ikkinchi joyga o’tishlarini rasmiylashtirish;
- kadrlar boshqaruv tizimini axborotlar bilan ta'minlash;
- kasbiy yo’nalishlarni aniqlash;
- bandlikni ta'minlash.
|
|
Xodimlarni rejalashtirish va xodimlar marketingi
|
- xodimlarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish;
- kadrlar salohiyatini tahdlil qilish;
- mehnat bozorini o’rganish, xodimlarga bo’lgan ehtiyojni rejalashtirish, reklamani uyushtirish;
- korxonani kadrlar bilan ta'minlovchi tashqi manbaalar bilan aloqasini o’rnatish;
- vakant (bo’sh) joylarga nomzodlarni aniqlash va baholash;
- kadrlarni joriy baholab borish.
|
|
Kadrlarni rivojlantirish
|
- kadrlarga iqtisodiy va texnikaviy bilimlar berish;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish;
- zahiradagi kadrlar bilan ishlash;
- amal va martabani nazorat qilish va rejalashtirish;
- yangi xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik ko’nikmalarini ta'minlash
|
|
Mehnatni rag’batlantirish vositalarini takomillashtirish
|
- mehnat jarayonlarini me'yorlashtirish va tarifikatsiyalash;
- ish haqi tizimini ishlab chiqish;
- ma'naviy rag’batlantirish vositalaridan foydalanish;
- foyda va kapitalga qatnashish hissasini ishlab chiqish;
- motivatsiya va uni boshqarish
|
|
Huquqiy xizmat
|
- mehnat munosabatlaridagi huquqiy masalalarni echish;
- xodimlarni boshqarishga taalluqli, farmoyishli hujjatlarni kelishtirish;
- xo’jalik faoliyatidagi huquqiy masalalarni echish;
|
|
Ijtimoiy tuzilmani rivojlantirish
|
- umumovqatlanish muassasalarini boshqarish;
- kommunal xo’jalik sohasini boshqarish;
- jismoniy tarbiya va madaniyatni rivojlantirish;
- sog’liqni muhofaza qilish va hordiq chiqarishni ta'minlash;
- bolalar muassasalari bilan ta'minlash;
- ijtimoiy nizolarni boshqarish;
- xalq iste'mol mollari va oziq-ovqat mahsulotlarining sotilishini ta'minlash
|
|
Boshqarishning tashkiliy tarkibini ishlab chiqish tizimi
|
- boshqarishning shakllangan tashkiliy tarkibini tahlil qilish va loyihalashtirish;
- shtatlar ro’yxatini ishlab chiqish;
- boshqarishning yangi tashkiliy tarkibini tuzish.
|