54
Retsipient qarashlariga ta’sir ko‘rsatish muammosi muhim hisoblanadi,
chunki dalil keltiruvchining bosh vazifalaridan biri – ham o‘zini, ham
argumentatsiya ob’ektini mantiqiylik, ishonchlilik va ob’ektivlikka ishontirishdir.
Dalillarning ajralmas tavsifi – uning retsipientga ishontiruvchi ta’sir ko‘rsatishi.
Vaziyatli yondashuvda argumentatsiya, uning o‘zidan, o‘zi uchun joriy
voqealarni faqat shaxsan o‘ziga tegishli va unga kirib borish zarur bo‘lgan vaziyat
sifatida aniqlashtirish zaruratini anglashdan boshlanadi. Bu erda dalil keltirish
motivatsiya bilan chambarchas bog‘liq. So‘ngra argumentatsiya vaziyatni bayon
qilishda, axborot manbalarini, material turini saralashda, ularni birlashtirishda va
hokazolarda kerak bo‘ladi. Keyinchalik argumentatsiya vaziyatni tahlil qilishda,
masalalarni saralashda, muammolarni aniqlashda zarur bo‘ladi. Va faqat shundan
so‘nggina argumentatsiya repitsientga nisbatan qo‘llanadi.
Bunday ta’sir ko‘rsatishning natijasi Platon fikricha, retsipient tomonidan
bilimni (fikr, ishonch) egallash bo‘lishi mumkin: “ishontirish – bu fikrni uqtirish
demakdir”. Biroq, ishontirishni oddiy ishonishdan farqlash zarur. I.Kantning
fikriga ko‘ra, «aynan etarlicha ob’ektiv asoslarning mavjudligi oddiy ishonishni
ishontirishdan farqlantiradi».
Shuni yodda tutish kerakki, ko‘p hollarda argumentatsiya asosan ishontirishga
emas, balki faqatgina retsipientni o‘z tomoniga “og‘dirish”ga qaratilgan. Bunda
“qabul qilinish” atamasi qo‘llanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: