1-bola: Har kimki vafo qilsa vafo topqusidir
Har kimki jafo qilsa jafo topqusidur
Yaxshi kishi ko`rmagay yomonlig` argiz
Har kimki yomon bo`lsa, jazo topqusidir
2-bola: Charxning men ko`rmagan jabru jafosi qoldimu
Xasta ko`nglim chekmagan dardu balosi qoldimu
Meni xor etti-yu qildi muddaini parvarish
Dahri dunparvarning o`zga muddaosi qoldimu
3-bola: Tod etmas emish kishining g`urbatda kishi
Shod etmas emish ko`ngilni mehnatda kishi
Ko`nglim bu g`ariblikda shod bo`lmabdi-oh
G`urbatta sevilmas albatta kishi
Mana bolajonlar Bobur ruboiylaridan ham o`rganib oldik. Endi go`zal Andijonimizga sayohat qilamiz. Andijon deganda ko`z oldimizda Bog`ishamoldagi Bog`i-Bobur maskani va u yerdagi Z.M. Bobur hamda muzeyi namoyon bo`ladi.
Andijonda yashab turib bu maskanga bormagan inson bo`lmasa kerak. U yerda sayoxat qilish dam olish va o`ynash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Bundan tashqari shahrimizda juda katta o`zgarishlar, qurilishlar va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Shunga javoban biz bolajonlar buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo`lishga, ona yurtimizni asrab-avaylashga harakat qilishimiz kerak.
Yuragimni ardog`isan jon Andijonim
Jannat yurtim ko`ksidagi duru-marjonim
Beshik bo`lding qancha-qancha iste’dodlarga
Ijod chashma bulog`isan ko`hna oshyonim.
Zaxiriddin Muhammad Bobur – andijon farzandi. Shuning uchun ham Andijon xalqi Boburni chuqur hurmat va ehtirom bilan tilga oladi.
Andijonda bobur xotirasini abadiylashtirish uchun Bobur jamg`armasi tashkil etilgan. Unga Z. Mashrabov rahbarlik qiladi. Shaharning qoq markazida Bobur maydoni tashkil etilib unda adib haykali o`rnatilgan.
Bog`ishamol dahasida Bog`I Bobur muzeyi tashkil etilgan. Qobul shahridagi Boburning qabridan tuproq keltirilib, Bog`i Boburda adibning ramziy qabri o`rnatilgan.
Andijon Davlat universiteti, Andijon viloyat markaziy kutubxonasi, ishlab chiqarish korxonalari, ko`plab ko`chalar Z.M. Bobur nomi bilan ataladi.
Shoirlarimiz Bobur dardlarini unga hamohang tarzda kuylashmoqdalar.
Qalbimda firoqing dardi ketmadi
Ohim ko`kka yetdi, senga yetmadi
Tuprog`ingni o`pib, ey Andijonim
Bag`ringda o`lmoq ham nasib etmadi.
Dostları ilə paylaş: |