Tarbiyachi : to`g`ri bolajonlar olov issiqlik, yorug`lik demakdir. Shu bilan birga olov xalokat, kulfat, hamdir. Ota-bobolarimiz olov bilan extiyotkorlik bilan foydalanishga harakat qilishgan. Lekin olov har doim ham insonlarga itoat qilmagan ularning boshiga kulfatlar solgan. Keyinchalik yong`in saqlash hizmatlari tashkil qilingan. O`t o`cherish xizmati uchun “01” raqami joriy qilingan. Hozirda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihoxlangan. Men sizlarga o`t o`chirish modulini ko`rsataman. Bolalarning e’tiborini uning rangiga, asbob-uskunalariga qaratadi. Yoritgich, o`t o`chirish shlangni nima uchun kerakligi haqida tushuntirib beradi.
Tarbiyachi : bolalar o`yinchoq mashinasini ko`rib chiqqandan so`ng o`t o`chiruvchi hodimning, maxsus kiyimda turgan suratini ko`rsatadi. Bolalar o`t o`chiruvchining ust-boshiga diqqat bilan qarashini taklif etadi. O`t o`chiruvchilarning ustidagi po`lat qalpog`idan qaysi vaqtida qanday foydalanishlari haqida tushuntirib beradi.
Tarbiyachi: bolalar sizlar nima deb o`ylaysizlar yong`in nimalardan kelib chiqadi.
Bolalar javobi: kattalarni e’tiborsizligidan, gugurt o`ynashdan, gazlarni ochiq qolishidan.
Tarbiyachi: to`g`ri bolajonlar. Shuning uchun bor imkoniyatimizni ishga solib yong`in chiqishlkarini oldini olaylik. Endi sizlarga “O`t o`chiruvchi” she’rini aytib beraman.
Eshiting o`g`il-qizlar,
Judayam yaxshisizlar.
O`ynamanglar o`t bilan,
O`ynamanglar gugurt bilan.
Degan gaplarni eslang,
Tag`in bir so`z bor sizga.
Tushuray esingizga,
“01” ga qilsak habar.
U bola mard bo`ladi,
Ko`pning ko`ngli to`ladi.
Tilagi omonlikdir,
Ashi qahramonlikdir.
Niyyatimiz eng katta,
Ko`pga ma’qul albatta.
Obod bo`lsin keng jahon,
Yoqilmasin hech qachon.
Urushlarning olovi
Topilsin yo`l qolovi
Endi bolajonlar sizlar bilan “O`t o`chiruvchi mashq” da harakatli o`yinini o`ynaymiz. O`yin o`ynatib Faoliyatyakunlanadi. Mashg`ulotda faol ishtirok etgan bola rag`batlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |