Maqsad: Bolalarni narsa buyumlarini qadrlashga, extiyot qilishga, ezozlashga o`rgatib boorish.
Ta’limiy: Bolalarni Vatanga bo`lgan mexr muhabbatlarini, uni ardoqlashga, oila azolariga hurmat, do`stlarga sadoqat kichiklarga esa izzatda bo`lishga o`rgatish.
Tarbiyaviy:Bolalarni nutqini rivojlantirish, so`z boyligini oshirish, uy ro`g`or buyumlarini bilan tanishtirish ularni extiyot qilishga ezozlashga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: mustaqil fikrlash qobilyatini o`stirish
Kerakli jixozlar: O`yinchoq idishlar jamlanmasi, mavzu asosida rasmlar.
Mashg`ulotning borishi: Tarbiyachi:Bolalar bizning Vatanimiz qayer
Bolalar: O`zbekiston Respublikasi
Tarbiyachi: Bolajonlar buyuk tarixga ega o`zbek xalqimiz. Ajdodlarimiz ananalari va o`gitlari bilan yashaymiz. O`zbek oilasi borki mehmon kutishni yaxshi ko`radi. Mehmonlar oldiga dasturxon tuzaydi shirinligu nonlarni maxsus idishlarga soladi.
Tarbiyachi: Sizlarga topishmoq aytaman sizlar javobini topasiz. Topishmoqlar javobini o`yinchoq idishlar ichidan topishingiz va ularni nomlarini o`zbek va rus tilida aytasiz. Stol ustiga oshxona buyumlarini qo`ygan xolatda topishmoqni aytaman.
1. Kosaga shoshilib qaytadi
Og`izga borib yetadi
Bola:Qoshiq (lojki)
2. Laylak uyida, quyrug`i ziyoda
Bola: cho`mich (polovnik)
O`yin shu tarzda davom etadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar sizlar o`yinda juda faol qatnashdingiz, kelinglar ayni paytda yan bir o`yinni o`ynaymiz. Idishlarni xurmati deb nomlanadi.
Tarbiyachi: Idishlar nomini aytadi bolalar esa ularni hurmatini aytib beradi.
Tarbiyachi: Choynak
Bolalar: choy qaynatadi
Tarbiyachi: Qozon
Bolalar: ovqat pishiradi