Quyosh: Bolalar men haqimda she’rlar bilasizlarmi?
Bolalar: Oltinquyosh (Miraziz A’zam)
Quyosh chiqdi,
Oltin quyosh
Oltin quyosh ufqda,
Oltin quyosh chiqganini
Kalaytamiz qo`shiqda
Turing qani o`rningizdan
Turing oppoq bolalar
Oltin quyosh chiqqaniga
Qutlamoqda dalalar
Tarbiyachi:Bolalar sizlarga “Shamol va quyosh” hikoyasini so`zlab beraman.
Bir kuni shamol va quyosh baxslashib qolibdi. Ular bu tortishuvni yo`lda keayotgan yo`lovchi yordamida hal qilishga kelishibdi. Kim birinchi bo`lib yo`lda kelayotgan yo`lovchining egnidagi po`stinini yecha olsa o`sha kuchli hisoblanadigan bo`ldi. Shamol o`z navbatidan foydalanib qattiq esa boshlabdi yo`ldagi odam yurishga qiynalib zo`rga qadam tashlabi. Shamol kuchaygan sari yo`lovchi ham kiyimiga mahkamroq o`ranib olibdi qancha harakat qilmasin yo`lovchining kiyimini yecha olmabdi. Navbat quyoshga kelibdi. Quyosh o`zining nurlarini sochibdi keyin esa taftini zo`raytirib yo`lovchini qizdira boshlabdi. Shunda yo`lovchi isib ketganini his qilib p`ostinini yechibdi.
Qissadan qissa shuki ko`p narsaga zo`ravonlik bilan emas oliyjanoblik bilan erishsa bo`ladi.
Tarbiyachi: Bolalar shamol va quyoshning baxslashishidan qanday hulosa chiqardingiz?
Bolalar javobi:
Guruh xonasiga Qimmat tashrif buyuradi.
Qimmat: Uff bu quyosh qizdiraverib jonimga tegib ketti qachon kech tushadiyu va yulduzlarni tomosha qilib yotaman.
Tarbiyachi:Qimmatxon senga topishmoq aytaman topsang quyosh o`z navbatini oy va yulduzlarga beradi, agar topa olmasang quyosh taftidan uhlayolamay yuraverasan.
Qimmat: Kelishdik men albatta topaman
Tarbiyachi: Unday bo`lsa diqqat bilan tingla
Dum dumaloq barkash non
Ko`k yuzida suzadi (Oy)
Tarbiyachi: Bolalar u to`g`ri javob berdimi
Bolalar: Yo`q topishmoqning javobi Oy