Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə122/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
Nihoyat, ko‘rinishdi. Ona-bolaning yonma-yon kelishi shu qadar g‘amgin, shu qadar 
hazin bir manzara kasb etgandiki... Bir-birlaridan tortinayotganday, uyalayotganday ay-
ri-ayri yurib kelishar, botqoqlarga botib qolishayotganday jo‘rttaga sustkashlik qilishardi. 
Bu xotinga muhabbat, shafqat to‘la narsalar aytishga tayyorlangan edim. Lekin, negadir 
uchrashganimizdan keyin bir-birimizga aytadigan so‘z topolmay qoldik. 
Uzun bo‘yli, nozikdan kelgan bir juvon ekan. Orqasidan yamoq tushgan eski chodra, 
yuz pardasi o‘rnida binafsharang harir durra, oyoqlarida tovonlari tushgan, mayishgan, 
yirtiq-yamoq kavush. Birovdan qo‘rqayotganday qaltirayotganini sezib turibman. Iloji 
boricha vazmin, bosiq ko‘rinishga tirishib: 
— Yuzingizni ochsangiz, — dedim. 
Bir oz ikkilanib turgandan so‘ng yuz pardasin ko‘tardi. Nihoyatda tozaligi ochiq-oshkor 
ko‘rinib turardi. Juda borsa o‘ttiz-o‘ttiz besh yoshlarda. Lekin sarg‘imtir chehrasi shu 
qadar horg‘in, tolg‘in ko‘rinardiki... 
Bunday xotinlarni men juda bo‘yalib yurishadi, deb o‘ylar edim. Holbuki, yuzida 
bo‘yoqdan asar yo‘q. Menga qattiq ta’sir qilgan narsa uning Munisaga juda ham o‘xsha-
shligi edi. Birdan Munisa o‘sgan, shu yoshga kelib qolganday tuyulib ketdi... Keyin, key-
in... 
Bolani g‘ayriixtiyoriy bir harakat bilan yelkalaridan ushlab tizzalarimga tortdim. 
O‘pkam og‘ir nafaslar bilan to‘lib, ko‘zlarimga yosh chiqib borardi. Uddamga olgan vazi-
fam katta, g‘oyat katta vazifa edi. Buni faqat men qilishim, Munisani yaxshi axloqli ayol 
etib tarbiyalashim kerak. Umrimning eng katta tasallisi shu bo‘ladi. Miyamdan 
o‘tayotgan fikrlarni u ham men bilan birga kechirayotganday: 
— Xonim afandim, bu kichkina qizchani o‘z qo‘lingizda voyaga yetkazish baxtini tole 
sizga nasib qilmagan ko‘rinadi, — dedim. — Nachora, dunyo shunaqa. Sizga aytadigan 
gapim shu: ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. Men Munisani bag‘rimga oldim. O‘z qizimday tarbiya 
qilman. Hech bir narsadan kamsitmayman. 
U birinchi marta so‘zlashga jur’at etdi: 
— Bilaman, kichik xonim. Munisa menga aytar edi. Gohida yo‘lim tushsa kelib ko‘rib 
ketib turardim. Xudo sizdan rozi bo‘lsin. 
— Bundan chiqdi, Munisani ko‘rib turgan ekansiz-da? 
Mitti qo‘lchalari bilan belimni quchoqlab turgan Munisaning yana titray boshlaganini 
sezdim. Yana bir qilmishi oshkor bo‘lgan edi. Demak, onasini yashiriqcha ko‘rib yurgan 
ekan. So‘ngra yana ham qayg‘uli tomoni shuki, mendan yashiriqcha ko‘rishayotganini 
onasiga aytib qo‘yishdan uyalgan. 
— Bu yerda qolganimizda-yu, bolani hammavaqt sizga ko‘rsatib turar edim, — dedim. 
— Afsuski, ertaga B...ga jo‘nayman. U yerdan qayoqqa ketishim hali ma’lum emas. 
Ko‘nglingizni to‘q tutavering, xonim afandi. Qizingizga ona bo‘laman deb, albatta, aytol-
mayman. Chunki onaning o‘rnini hech kim va hech narsa bosolmaydi. Faqat yaxshigina 
opa bo‘lishga harakat qilaman. 
Pastlikdagi qamishzorda birovning shitirlab yurganini ko‘rdik. U mening o‘quvchim Ja’-
far og‘aning otasi edi. Botqoqlikda yovvoyi o‘rdak ovlab yurardi. 
Munisaning oyisi birdan bezovta bo‘ldi. 
— Keta qolay, aylanay xonim, meni siz bilan ko‘rishmasin, — dedi. 
Bu so‘zlar bechora xotinning qalbi naqadar nozik ekanligini ko‘rsatardi. Men buni 
ahvolidan, o‘zini tutishidan, yuzidagi ma’nolardan ham fahmlagan edim. Dastlabki tax-
minim to‘g‘ri edi. Munisa qalbining ham yuzi kabi chiroyliligi va kiborligini baxtsiz onasi-
dan olgan ekan. Boyoqish xotinning gap-so‘zga qolishimdan bezovta bo‘lishi menda 
chuqur taassurot qoldirdi. Unda yaxshi hislar qoldirmasdan ajralolmas edim. G‘iybatlarga 
parvo qilmasligimni ko‘rsatish uchun: 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin