Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə140/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
140
dan xatni tortib oldi. 
Shahnoza xonim vazminligini buzmay: 
— Bu yoqqa kel, Jamila! — dedi. 
Lekin Jamila tirgan yeridan qimirlamadi. 
— Bu yoqqa kel, deyapman senga, Jamila, nega bo‘ysunmaysan? 
Ozg‘in kasmalmand Shahnoza xonimning ovozi shu qadar kuchli ediki, men titrab ket-
dim. Sinfga chuqur bir sukunat cho‘kdi. Pashsha uchsa eshitilar edi. 
Jamila boshini solintirib, sekin-sekin yonimizga keldi. U o‘n olti-o‘n yetti yoshlarda, 
xushro‘ygina qiz edi. Men hamisha dugonalaridan qochib, bog‘da, burchak-burchakda 
o‘zi yolg‘iz xayolga cho‘kib yurganligini ko‘rar edim. Darslarda ham o‘ychan, g‘amgin 
o‘tirardi. 
Qiz yuzini yaqindan ko‘rib, uning iztirobda ekanligini angladim. Yuzida bir tomchi qon 
qolmagan edi. Qarshimizda bosh egib turar, lablari titrar, qovoqlari xuddi uchayotgan-
dek, kipriklari pirpirar edi. 
— Jamila, xatni menga ber. 
— ... 
Muovina xonim, g‘azabiga chiday olmay, yer tepindi. 
— Ber, nimaga anqayib turibsan? 
— Nega endi, muovina xonim, nega? 
Ana shu “nega” so‘zida, mana shu bir og‘iz so‘zda g‘amgin bir isyon bor edi. Muovina 
xonim qo‘pol bir harakat bilan qo‘lini cho‘zib, qiz changalidan maktubni oldi. Keyin: 
— Bor, joyingga borib o‘tir, — dedi. 
Shahnoza xonim konvertga qaradi-yu, qoshlarini chimirdi. Lekin o‘zini yo‘qotmadi. 
Chuqur sukunatda ekanligiga qaramay, hayajon ichida ekani oshkor sezilib turgan sinfga 
xitob qildi: 
— Xat Jamilaning Suriyadagi akasidan kelibdi. Lekin menga itoat qilmagani uchun 
xatni ertagacha bermayman, — dedi. 
Qizlar yana kitob o‘qishga tutindilar. Muovina xonim bilan chiqib ketayotib, sinfga yer 
ostidan ko‘z yugurtirdim. Orqa partalarda o‘tirgan bir necha qiz bir-biri bilan allanimalar 
to‘g‘risida shivirlashardi. Jamila esa boshini partasiga qo‘yib olibdi, yelkalari dir-dir tit-
rardi. 
Koridorda ketayotib, muovina xonimga: 
— Jazoingiz og‘ir bo‘ldi, — dedim. — Ertagacha qanday qilib chidaydi. Kim bilsin yura-
gi sabrsizlikdan yorilayotgandir. 
— Tashvish qilma, qizim. U bu xatni hech vaqt o‘qimasligini biladi, tushundi. 
— Qanday qilib, muovina xonim? Nahotki, akasidan kelgan xatni bermasangiz? 
— Bermayman, qizim. 
— Nima uchun? 
— Chunki akasidan kelgan emas. 
Muovina xonim ovozini yana ham pastroq qilib so‘zida davom etdi: 
— Bu Jamila tuppa-tuzuk odamning qizi. Shu yil bir yosh leytenantni yaxshi ko‘rib 
qolibdi. Otasi bo‘lsa hech ham rozi emas. Qiz uyda ham, maktabda ham nazorat qilib 
yuriladi. Leytenantni Bandirmaga yuborishdi. Biz bu qizaloqni sekin-sekin leytenantdan 
sovutmoqchimiz. Lekin u bechora qizning yarasini tez-tez yangilab turadi. Bu qo‘limga 
tushgan uchinchi xati. 
Biz gaplasha-gaplasha muovina xonimning kabinetiga kirdik. Shahnoza xonim dag‘al 
bir harakat bilan xatni g‘ijimladi-da, pechkaning qopqog‘ini ochib, ichiga tashladi. 
Vaqt yarim kechaga yaqinlashib qolgan edi. Men navbatchi muallimalar xonasida 
uyqum kelmay o‘tirgan edim. Nihoyat, qarorga keldim. Koridorda aylanib yurgan nav-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin