Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə192/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
192
— To‘g‘ri aytasiz. Biz ikkalamiz ham baxtsiz odamlarmiz. Dardlarimiz biriksa, baxtlari-
miz ochilib ketarmidi ekan, deb o‘ylabman... Yanglishibman... — Ke- yin devorda 
osig‘liq qilichga ishora qilib ilova etdim:— Sizning harholda tasallingiz bor. Boya aytga-
ningizdek, frontga qaytishingiz mumkin. Men esam xotin kishiman, sizdan ming marta 
baxtsizroqman... 
 
* * * 
Sovuq qish sabohlaridan birida kecha oqshom unashgan yigit bilan qiz ko‘kraklariga 
nozik, yashil nihollar taqib, lablarida ham xuddi o‘sha nihollar singari jonsiz tabassum bi-
lan bir-biriga jilmayib turardi. Ular o‘n minutchadan keyin ko‘zlarida yosh bilan baxtsiz 
aka va kimsasiz singil kabi bir-birlaridan ayrildilar. 
* * * 
Qusha-da-si, 2 ap-rel. 
Uch kun oldin maktabni o‘zimizga qaytib berishdi. Besh oylik tanaffusdan so‘ng kecha 
yana dars boshladik. Lekin bundan nima foyda? Axir o‘qish yili tugab qolayozdi-ku! 
Bahor sinflarni yorqin quyosh nurlari, ertangi gul bo‘ylari bilan to‘ldiradi. Devorlarda 
O‘rta yer dengizining yashil sayqali o‘ynaydi. Bolalarda ham, kattalarda ham o‘qish-
o‘qitishga mayl qolmadi. 
Bosh muallima Qushadasida qolmayman deb oyog‘ini tirab turib oldi. Shundan keyin 
uni bundan bir oycha avval boshqa yerga ko‘chirishib, o‘rniga meni tayinlashdi. “Bosh mu-
allima”lik unvonini bitirishib, o‘rniga “mudir” so‘zini kiritishdi. Men bir jihatdan bu narsaga 
xursand bo‘lmadim, chunki maktabimdagi muallimalar menga xunuk qaraydigan bo‘lib 
qolishdi. Garchi bular bunchalik ma’lumotli, o‘qimishli muallimalar bo‘lishmasa ham, 
harholda, yoshlari bir yerga borib qolgan xotinlardir. Maorif ministrligidagi amaldorlarning 
tili bilan aytganda, har biri o‘n besh-yigirma yillik tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar edi. 
O‘shalarning o‘rnida bo‘lsam, bir kun kelib qizim tengi bir zing‘archani boshimga keltirib 
katta qilib qo‘yishsa, albatta, men ham xafa bo‘lardim. 
Mart oyining boshlarida Xayrullobeyni pensiyaga chiqarishdi. U o‘zi badavlat odam, 
oylikka muhtoj emas. Shunday bo‘lsa ham izzat-nafsiga tegdi. 
— Sevgili ayiqchalarimdan bir qanchasining ko‘zini o‘z qo‘lim bilan yopdim. Mening 
ko‘zlarimni ham o‘shalar yopsa, mozorimga ham o‘zlari olib borib qo‘yishsa devdim, 
bo‘lmadi, — dedi. 
Xayrullobey butun yoshligini ilmu fanga bag‘ishlagan, natijada, mukammal ma’lumot-
ga ega bo‘lgan kishi edi. Uyida juda katta kutubxonasi bor. Shunday bo‘lsa ham 
dunyoda kitobdan bema’ni, bekorchi narsa bo‘lmaydi, kitobni yozuvchilar ham, uni 
o‘quvchilar ham hayotda hech nimaga tushunmaydigan pandavaqilar, deb yuradi. 
Kecha o‘rinli bir dalil bilan mot qilmoqchi bo‘ldim. 
— Xo‘p, unday bo‘lsa, nima uchun o‘zingiz shuncha ko‘p kitob o‘qidingiz, hatto meni 
ham o‘qishga tashviq qilasiz? — dedim. 
Bu shunday kuchli dalil ediki, oqar suvni ham to‘xtata olardi. Lekin u pinagini buzma-
di, aksincha, xaxolab kuldi, meni ermak qilib: 
— Rosa boplading-ku, kichkina! Lekin mening aytganimni qil, deb senga kim aytdi? — 
dedi. 
Bu qari doktorga hech tushuna olmayman. Nimaniki yaxshi ko‘rsa, shunga qarshi tu-
radi. Meni ham ozor bergan paytlarida harvaqtdagidan ko‘proq yaxshi ko‘rganligini sezib 
turaman. 
Xayrullobey armiyadagi xizmatidan bo‘shagandan beri kuni bilan uyiga bekinib olib ki-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin