Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə197/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
197
Qizginamning yuzida kasallikning na azobi va na qiynog‘i ko‘rinadi. Horg‘inlik uyqusi 
elitgan og‘zining atrofida tiriklikning so‘nggi alomatlari dildirar, kulimsiramoqchiday 
ochilgan lablari inju tishlarini ko‘rsatib turardi. Bu go‘zal, ayni zamonda sho‘rlik ne’mat-
lar, bir qorong‘i qishloq maktabida qalbimga jo bo‘lgan daqiqalardan to shu bugunga 
qadar meni baxtiyor qilib kelgan edi. 
Qushlar hamon shodlanishadi, grammofon hanuz tinmay chaladi, choshgoh quyoshi-
ning daraxt yaproqlarini taragan nurlari bu rangsiz bola yuziga ushlangan kapalak 
qanotlaridan barmoqlarda qoladigan yiltiroq changga o‘xshash bir rang beradi, peshona-
siga tushgan sariq sochlari bilan o‘ynashadi. 
Na faryod ko‘tardim, na ustiga o‘zimni tashlab yoqamni yuldim! Qo‘llarim qari doktor-
ning bo‘ynida, boshim uning yelkasida, bu alamli manzarani sehrlanganday tomosha 
etardim. 
O‘lim bechora bolamga oy yog‘dusi husni bilan yaqinlashar, unga xos hafiflik bilan pe-
shonasidan, lablaridan o‘par edi. 
* * * 
Doktorlar karavotga yaqin kelishdi. Ulardan biri shoyi ko‘rpani ochib tashlab, Munisa-
ning yalang‘och qo‘liga igna keltirganini ko‘rdim. 
Xayrullobey xiyol o‘girilib, gavdasi bilan meni to‘sib oldi. Yosh doktorlardan biri: 
— Odekolon, picha odekolon! — dedi. 
Qari doktor boshi bilan rafga imo qildi. 
Qushlar hamon tinmas, grammofon esa sho‘x kuylarini qo‘ymas edi. 
Birdan uy ichini atirgul moyining hidi tutib ketdi. Odekolon topisha olmay, atirgul 
moyini ishlatishibdi. 
Atirgul moyi!.. Kichkinamning qo‘lidan tortib olgan edim-a shu shishani!.. Menga 
baxsh etgan shuncha shodu xurramlik evaziga u yaxshi ko‘rgan arzimas bir narsani 
qizg‘anibman, shunday bag‘ritoshlik qilibman-a! 
Ingrayotgandek alamli tovush bilan: 
— Shishani ko‘rpaga bo‘shating, doktorbey. Kichkinam buning hididan xursand bo‘la-
di, — dedim. 
Xayrullobey sochlarimni silardi. 
— Yur, Farida, yur bolam, tashqariga chiqaylik, — dedi. 
Munisani oxirgi marta o‘pishni istardim. Lekin yuragim dov bermadi, faqat yalang‘och 
qo‘lini ushladim. Kichkinam ora-sira qo‘llarimni ushlar, hovuchimni ag‘darib kaftlarimdan 
o‘pardi. Men ham shunday qildim. Bechoramning qurishgan, so‘lishgan hovuchlarini ustma-
ust o‘pdim, opasiga qilgan butun yaxshiliklari uchun tashakkur etdim. 
Ana shu minutdan so‘ng Munisani qaytib ko‘rmadim. Meni joyimga olib borib yotqizdi-
lar, yolg‘iz qoldirib ketdilar. 
Butun vujudim dag‘-dag‘ titrar, hammayog‘imdan ter quyilar edi. Uy ichiga to‘lgan 
atirgul moyining hidi to‘lqin singari meni bag‘riga olar, nafasimni bo‘g‘ar edi. O‘sha on bu 
hid, bu choshgoh quyoshining nurlari, qushlarning sadolari menga yillar bo‘yi davom 
etayotganday tuyuldi. Keyin sekin-sekin ko‘z o‘ngim qoraydi. Ko‘zlarimga Munisa, qor 
bo‘ronlari ichida u yo‘qolgan qorong‘i kecha ko‘rindi. Kichkinamning eshikni taqillatgan, 
bo‘ronda chirqirab yig‘lagani quloqlarimga kirdi. 
Kechaning qaysi soati ekanligini bilmayman. Yorug‘ nur ko‘zlarimni qamashtirdi. So-
chlarimga, peshonamga qo‘l tekkanini sezdim. Ko‘zlarimni ochdim: qari doktor qo‘lida 
shamdon bilan yuzim ustida engashib turar, so‘niq moviy ko‘zlarida, oppoq kipriklarida 
yoshlar titrar edi. 
Xuddi tush ko‘rayotganday: 
— Soat necha? Uzildimi, a? — deb so‘radim. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin