Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
14
bir chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo bir dur yulduzga
o‘xshaydi» (Nur surasi, 35-oyat).
Ubay ibn Ka’b aytishlarcha, buning ma’nosi mo‘min kishi nurining va qalbi nurining
o‘xshashligidir.
«Yoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to‘lqin va yana uning ustidan
(qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga o‘xshaydi» (Nur surasi, 40-
oyat).
Bu oyat esa munofiq qalbining o‘xshatilishidir. Zayd ibn Aslam Alloh taoloning:
«Yo‘q, (ular yolg‘on, deyishayotgan narsa) Lavhul Mahfuzdagi (ya’ni, har
qanday buzilish, o‘zgarishdan saqlangan - himoyalangan Lavhdagi) buyuk
Qur’ondir» (Buruj surasi, 21-22-oyatlar) so‘zi to‘g‘risida «Bu mo‘minning qalbidir»,
deydilar. Sahl aytishlaricha, qalb va ko‘krak qafasining misoli arsh va kursiga o‘xshaydi.
Bular qalbning misollaridir.
Qalb sifatlarining majmui va uning misollari bayonida
Shuni yaxshi bilingki, albatta inson yaratilishida va uning tarkibida to‘rt xil unsur
yo‘ldosh bo‘lib yuradi. Ana shu sababli insonda to‘rt xil sifat jamlanadi. To‘rt xil sifat
quyidagilardir: yirtqichlik, hayvoniy, shaytoniy, robboniy sifatlari.
Agar insonga g‘azab egalik qilib olgan bo‘lsa, unda dushmanlik, yomon ko‘rish, urish,
so‘kish bilan insonlarga hujum qilishdan iborat yirtqichlik sifatlari o‘rin oladi. Agar unga
shahvat egalik qilib olgan bo‘lsa, ochko‘zlik, xarislik, shahvatparastlik va boshqa
narsalardan iborat hayvoniy sifatlari kuchayadi.
Agar uning nafsida robboniy bir ish sodir bo‘lsa, Alloh taolo aytganidek:
Dostları ilə paylaş: